G‘afforova Mushtariybonu Furqat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tog‘oldi kichik daryolardagi o‘zan deformatsiyasi parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/T4030
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxom Ernazarovich texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudaqulov Savet Ishanqulovich– Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti texnika fanlari doktori professor, (05.09.07).  Ibragimov Ilxom Axrorovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro suv resurslarini boshqarish instituti PhD., dots.  (05.09.07).
Yetakchi tashkilot – O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘oldi kichik daryolar o‘zanlarining deformatsiya parametrlarini hisoblashning gidravlik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘oldi kichik daryolar havzalarida sodir bo‘layotgan sel-toshqinlarni baholash va turli ta’minlanganlikdagi maksimal suv sarfini aniqlash usuli oqim rejimi elementlarini hisobga olgan takomillashtirilgan;
tog‘oldi kichik daryolarning turli ta’minlanganlikdagi maksimal suv sarflarini aniqlash usuli Gumbelning 1–tip taqsimotidan foydalanilgan holda takomillashtirilgan;
daryo havzasidagi irrigatsion kanallarning texnik holati baholangan va foydali ish koeffisienti (FIK) gidrometrik usul asosida aniqlangan;
Eksner tenglamalar tizimi asosida G‘ovasoy daryosidagi suv oqimi dinamikasi va o‘zan jarayonlari deformatsiyasini prognoz qilishning matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘oldi kichik daryolarning gidrologik va gidravlik parametrlarini aniqlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘ovasoy daryosining gidrologik rejimi elementlari aniqlashtirildi va turli ta’minlanganlikdagi maksimal suv sarflari aniqlashning takomillashtirilgan usuli Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Chust tumani Irrigatsiya bo‘limi faoliyatiga tatbiq qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 23 yil 27 sentyabrdagi № 03/37-3095 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, daryo havzasidagi inshootlarni suv o‘tkazish qobiliyatini aniqlash va ular xavfsiz foydalanish imkoniyati yatatilgan.
Suv resurslari va havzasidagi gidrotexnik inshootlardan samarali foydalanish maqsadida irrigatsion kanallarning foydali ish koeffisienti (FIK) gidrometrik usul asosida aniqlashtirildi, daryo o‘zanida inshootlar ta’sirida kechadigan jarayonlar daryoning gidrologik rejimi elementlarini hisobga olgan holda baholandi. Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Chust, Yangiqo‘rg‘on tumanlari Irrigatsiya bo‘limlari faoliyatiga tatbiq qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 23 yil 27 sentiyabrdagi № 03/37-3095 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, irrigatsion kanallardan foydalanish samaradorligi oshirilgan.
Daryo havzasidagi irrigatsiya tarmoklarning chizikli sxemasi, suv iste’molchilarining xududiy bo‘linishi zamonaviy geografik axborot tizimi texnologiyalarini qo‘llash asosida shakllantirildi va G‘ovasoy daryosi havzasining elektron xaritasi tuzildi. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotnomasi). Natijada, daryoda yuzaga kelayotgan gidrologik jarayonlarni tezkor aniqlash, prognoz qilish imkoni yaratilgan.
Suv balansi elementlarini hisobga olgan holda daryo oqimining tezkor boshqaruvini amalga oshirishni ta’minlovchi dastur ishlab chiqilgan va Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 23 yil 27 sentiyabrdagi № 03/37-3095 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘oldi kichik daryolar havzalaridagi suv iste’molchilarining hududiy bo‘linishi asosida daryo havzasi suv resurslarini tezkor boshqaruvini amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish