Ospanova Dilbar Keunimjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv toshqini davrida gruntli to‘g‘onlarning xavfsizlik holatini hisoblash usullarini takomillashtirish”, 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3404.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Paluanov Daniyar Tanirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jakulov Rustam, texnika fanlari doktori, professor, Narziev Jasur Juraevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suv toshqinlari davrida gruntli to‘g‘onlarning xavfsizlik holatini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv toshqinlari davrida gruntli to‘g‘onlardan suvning oshib tushishi jarayonining gidravlik modeli gidromexanika usullar asosida ishlab chiqilgan;
ko‘p fazali suyuqliklar harakatini hisoblash usullari asosida gruntli to‘g‘onlardan suvning oshib tushishi jarayoniga ta’sir etuvchi suv toshqinlarida vujudga keladigan suv oqimi harakatining o‘zgarishini hisoblashning yangi amaliyoti takomillashtirilgan;
gruntli to‘g‘onlar xavfsizligini baholashda ko‘p fazali suyuqliklar harakati modeli asosida belgilangan oqim sohasidagi tezliklarning uzunlik bo‘yicha taqsimlanish jarayoni suv oqimi harakatining o‘zgarishini inobatga olgan holda aniqlangan;
gruntli to‘g‘onlarning ishonchliligini oshirishda iqlim o‘zgarishi sharoitida shakllanadigan suv toshqinlari davrida takomillashtirilgan usullar asosida inshootdan suvning oshib tushishi jarayonini bashorat qilish va hisoblash dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Foydalanilayotgan gruntli to‘g‘onlardan suvning oshib tushishi jarayonini hisoblash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv toshqinlari davrida foydalanilayotgan gruntli to‘g‘onlardan suvning oshib tushishi jarayonini hisoblashning gidravlik usullari Qashqadaryo suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Langar sel-suv omboriga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 sentyabrdagi 03/37-2988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanish davrida gruntli to‘g‘onlarning xavfsizligini ta’minlashda va turg‘unligini oshirishda barcha parametrlarini nazorat qilish imkonini bergan;
suv toshqinlari davrida gruntli to‘g‘onlardan suvning oshib tushishi jarayonini hisoblashning takomillashtirilgan usuli Qashqadaryo suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi tomonidan Langar sel-suv omboriga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 sentyabrdagi 03/37-2988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, iqlim o‘zgarishi sharoitida shakllanadigan suv toshqinlarining jadallashi oqibatida gruntli to‘g‘onlardan suvning oshib tushishi jarayonini bashorat qilish imkonini bergan;
suv toshqinlari ta’sirida gruntli to‘g‘onlardan suvning oshib tushishini bashorat qilish va uning oqibatida vujudga keladigan xavflarning oldini olish va inshoot barqarorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan hisoblash dasturi “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 19 sentyabrdagi 03/37-2988-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanish davrida qabul qilinadigan loyihaviy echimlarning sifatini yaxshilashga va foydalanilayotgan gruntli to‘g‘onlarning ishonchliligini oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish