Meliboev Aziz Rozaqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozori transformatsiyasida professional ta’limni takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1739.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanov Odil Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali O‘ralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Amanov Otabek Amankulovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Mehnat bozori tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat bozorida o‘rta bo‘g‘in kadrlarga qo‘yilgan talablar transformatsiyasi jarayonida malakali kadrlarni tayyorlash uchun professional ta’lim tizimni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional ta’lim tizimida xususiy sektorning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, jumladan jarayondagi har bir sub’ektga majburiyatlarni yuklash va maxsus onlayn platformaga ko‘ra mehnat bozori uchun malakali kadrlar tayyorlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mehnat bozorida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini ish bilan bandligini ta’minlash uchun professional ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslangan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni bir vaqtning o‘zida shakllantirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
milliy malaka tizimini to‘laqonli joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida o‘z yo‘nalishi va malaka darajasi bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatini kengaytirishda “mashg‘ulotlarning milliy standart” klassifikatsiyasini ishlab chiqish asoslab berilgan;
mehnat bozorida ish o‘rinlarini malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlar bilan ta’minlashni ta’limning xalqaro standart klassifikatori darajalariga asoslangan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni ishga qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim tizimida mehnat bozori va professional ta’lim sohasini rivojlantirish jihatlari va yo‘nalishlari borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
professional ta’lim tizimida xususiy sektorning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, jumladan jarayondagi har bir sub’ektga majburiyatlarni yuklash va maxsus onlayn platformaga ko‘ra mehnat bozori uchun malakali kadrlar tayyorlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil                         28 fevraldagi PF-27-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ilovasining 148-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil              25 avgustdagi 03/11-2082-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif milliy iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimida o‘rta bo‘g‘in kadrlari tayyorlash va ularni bandligini ta’minlash samaradorligi ortishiga va mehnat bozorida o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomuvofiqlik darajasi qisqarishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mehnat bozorida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini ish bilan bandligini ta’minlash uchun professional ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka asoslangan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni bir vaqtning o‘zida shakllantirish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 163-son “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 23 fevraldagi 01/00-02/10-1082 con ma’lumotnomasi). Taklifni joriy qilinishi o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash va ularni bandligini ta’minlashda dual ta’lim shaklida nazariy va amaliy ko‘nikmalarni bir vaqtda shakllantirish mexanizmi mehnat bozori ishtirokchilari uchun samarali echim ekanligi o‘z tasdig‘ini topib, o‘z navbatida 2021 yilda 63 ta ta’lim muassasasida (TM), 2125 o‘quvchi o‘qigan va TM, korxona o‘rtasida shartnomalar soni 1537 ta bo‘lgan bo‘lsa,        2023 yilda TM soni 148 tani, o‘quvchilar soni 5954 tani, korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar soni 1865 tani tashkil qilgan;
milliy malaka tizimini to‘laqonli joriy etish maqsadida professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mehnat bozorida o‘z yo‘nalishi va malaka darajasi bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatini kengaytirishda “mashg‘ulotlarning milliy standart” klassifikatsiyasi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil            28 fevraldagi PF-27-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ilovasining 145-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil            25 avgustdagi 03/11-2082-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mehnat bozoridagi kasb va lavozimlar va ularning malaka darajalarining muvofiqligini ta’minlash hamda halqaro mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlashga erishilgan;
mehnat bozorida ish o‘rinlarini malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlar bilan ta’minlashni ta’limning xalqaro standart klassifikatori darajalariga asoslangan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarni ishga qabul qilish tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 287-son “O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasini bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy malaka Ramkasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yil 23 fevraldagi 01/00-02/10-1082 con ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimiz mehnat bozoriga o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tabaqalashgan professional ta’lim muassasalari tarmog‘ini shakllantirish imkoniyati, tabaqalashgan professional ta’lim bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan mehnat bozoridagi ehtiyojning salmoqli ulushi boshlang‘ich (33 foiz) va o‘rta (25 foiz) professional ta’lim talab etiladigan kasblar ekanligi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish