Boltaev Burxon Sadinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inson kapitali va mehnat munosabatlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt49.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamarasulov Fazliddin Umarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayonida inson kapitali va mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitali va mehnat faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi asosida ehtimoliy ijtimoiy muammolarni hal qilishda har bir xodimning ishtiroki va inson resurslarining yangi tashabbuslarini qabul qilish darajasini baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
inson kapitalini hududiy rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishning mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta’lim sohasini ustuvorligini ta’minlash, mintaqa iqtisodiyotini bilimlar iqtisodiyoti va innovatsion siyosatga ko‘ra, rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlari asoslangan;
raqamli iqtisodiyot va ishlab chiqarishning intellektuallashuvini jadal rivojlantirish sharoitida inson kapitali va ish bilan bandlik darajasini baholash yondashuvi jarayonga ijtimoiy-innovatsion munosabatga ko‘ra, ishlab chiqarish sub’ektlari personalini o‘qitish, salomatlik va ijtimoiy xavfsizlik xarajatlarini baholash tizimini takomillashtirilgan;
innovatsion texnologiyalarga ko‘ra, inson kapitali raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini amalga oshirishda personal javobgarligi shakllarini belgilash, inson resurslaridan samarali foydalanish zaruratiga muvofiq holda korxona ichidagi harakatchanlikni tashkil qilish, personalni ko‘p mezonli baholash metodikasini shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida inson kapitalini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
inson kapitali va mehnat faoliyati samaradorligini baholash yondashuvi asosida ehtimoliy ijtimoiy muammolarni hal qilishda har bir xodimning ishtiroki va inson resurslarining yangi tashabbuslarini qabul qilish darajasini baholashga ko‘ra takomillashtirish yondashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «Inson kapitalini takror hosil qilish, mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan muammolar va ularni hal qilish borasidagi yo‘l xaritalari va dasturlari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/19-11905-son ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish natijasida mehnat faoliyatida rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga erishish va kelgusida inson kapitali asosida rivojlantirish orqali korxonani uzoq muddatli prognozlashning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashtirish va tashabbuskorlikning rivojlanishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
inson kapitalini hududiy rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishning mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta’lim sohasini ustuvorligini ta’minlash, mintaqa iqtisodiyotini bilimlar iqtisodiyoti va innovatsion siyosatga ko‘ra, rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlari taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/19-11905-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish inson kapitali yondashuvi asosida hududiy rivojlanish strategiyalari va dasturlarini ta’lim, bilimlar iqtisodiyoti va innovatsion yondashuv negizida ustuvor va maqsadli tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyot va ishlab chiqarishning intellektuallashuvini jadal rivojlantirish sharoitida inson kapitali va ish bilan bandlik darajasini baholash yondashuvini jarayonga ijtimoiy-innovatsion munosabatga ko‘ra, ishlab chiqarish sub’ektlari personalini o‘qitish, salomatlik va ijtimoiy xavfsizlik xarajatlarini baholashga ko‘ra takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «Mamlakatdagi inson kapitali darajasi va milliy ish kuchi raqobatbardoshligini oshirish konsepsiyasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/19-11905-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish barcha sohalarda inson kapitalini baholashning xususiy ko‘rsatkichlarini tasniflash asosida ishchi-xodimlar mehnat salohiyatini oshirishga ta’sir qiluvchi har bir ko‘rsatkichda yuzaga kelgan o‘zgarishlar ulushini aniqlash imkonini bergan;
innovatsion texnologiyalarga ko‘ra, inson kapitali raqobatbardoshligini oshirish mexanizmini amalga oshirishda personal javobgarligi shakllarini belgilash, inson resurslaridan samarali foydalanish zaruratiga muvofiq holda, korxona ichidagi harakatchanlikni tashkil qilish, personalni ko‘p mezonli baholash metodikasini shakllantirish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 01/00-03/19-11905-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish iqtisodiyotning turli tarmoqlarida raqamli ish bilan bandlikni ta’lim va javobgarlik darajasini oshirish, raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash, biznes jarayonini boshqarishning moslashuvchan modelini shakllantirishni rag‘batlantiruvchi motivatsiyalarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan.