Abriev Zoirjon Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘zbekistonda turizm salohiyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1756.
Ilmiy rahbar: Abduvohidov Abdumalik Mahkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navro‘z-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning barqaror dinamikasiga erishish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «turizm salohiyati» tushunchasiga oid ilmiy qarashlar hamda konseptual qoidalar ochib berilgan bo‘lib, u o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir qiluvchi turli xil elementlardan tashkil topgan murakkab, uyushgan va tizimli tabiati haqidagi ilmiy nuqtai nazar ekanligi, aynan salohiyat turizm sohasi uchun birinchi darajali ahamiyatga egaligi, keyingi rivojlanish ob’ekt turiga va undan foydalaniladigan vazifalarga qarab aniq tarkibning to‘liqligiga bog‘liq ekanligi asoslangan;
davlat-xususiy sheriklik negizida turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining davlat boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda milliy turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qilish xarajatlarini Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali turizm salohiyatini rivojlantirish taklifi asoslangan;
viloyatlar hududlarida mahallalar aholisini faol jalb qilgan holda ekologik ongni tarbiyalash va madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash orqali “yashil turizm”ni rivojlashtirish konseptual yondashuvini amalga oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston turizm salohiyatini rivojlantirishda ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish orqali 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning barqaror dinamikasiga erishish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «turizm salohiyati» tushunchasiga oid ilmiy qarashlar hamda konseptual qoidalar ochib berilgan bo‘lib, u o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir qiluvchi turli xil elementlardan tashkil topgan murakkab, uyushgan va tizimli tabiati haqidagi ilmiy nuqtai nazar ekanligi, aynan salohiyat turizm sohasi uchun birinchi darajali ahamiyatga egaligi, keyingi rivojlanish ob’ekt turiga va undan foydalaniladigan vazifalarga qarab aniq tarkibning to‘liqligiga bog‘liq ekanligini asoslovchi nazariy-uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Barqaror turizmni rivojlanishi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 28-apreldagi 119-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy nuqtai nazarning o‘quv adabiyotida ilmiy asoslanishi natijasida talabalar va ilmiy tadqiqotchilarning «turizm salohiyati» tushunchasiga oid ilmiy qarashlari yanada kengayishiga imkon yaratilgan;
davlat-xususiy sheriklik negizida turoperatorlar va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining davlat boshqaruv idoralari bilan hamkorlikda milliy turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qilish xarajatlarini Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab berish tartibini joriy qilish orqali turizm salohiyatini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga 4a-ilova “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 13-sentyabrdagi 02-11-15-16-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turizm sohasida tadbirkorlik sub’ektlar soni 5-8 foizgacha o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lishni ta’minlash orqali tadbirkorlik muhitidagi ijobiy dinamik o‘zgarishlar uchun imkon yaratilgan;
viloyatlar hududlarida mahallalar aholisini faol jalb qilgan holda ekologik ongni tarbiyalash va madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash orqali “yashil turizm”ni rivojlashtirish konseptual yondashuvini amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 13-sentyabrdagi 02-11-15-16-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida turizmning ijtimoiy ahamiyati yanada oshirish, xususan, ekologiya va atrof muhit muhofazasini yaxshilash, aholining reproduktiv salomatligida ijobiy o‘zgarishlarga erishish, iqtisodiy nuqtai nazardan turistlarning yangi segmentini shakllantirish, yaʼni, yashil turistik mahsulotni isteʼmol qilishga qiziquvchi turistlar sonini ko‘paytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston turizm salohiyatini rivojlantirishda ko‘p omilli ekonometrik modellardan foydalanish orqali 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan Respublikada turizmni rivojlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 13-sentyabrdagi 02-11-15-16-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida 2030- yilga borib turistik xizmatlar eksportini 4,7 martaga, xorijiy turistlar sonini 3,2 martaga oshirish imkoni aniqlangan.