Salaev Dilshodbek Sofarbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotda investisiya muhitini yaxshilash asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash», 08.00.01 – «Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari)».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 19.10.2018/B2018.3.PhD/Iqt624.
Ilmiy rahbar: Rasulov To‘lqin Sattarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.2021.I.133.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda investisiya muhitini yaxshilash asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan nazariy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksi reytingidagi komponentlari o‘rnini “o‘ta past” (0 – 0,50), “past” (0,50 – 0,60), “o‘rta” (0,60 – 0,70), “yaxshi” (0,70 – 0,80) va “yuqori” (0,80-1,00) shkalasi orqali baholash, har bir komponent bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish asosida investisiya muhitini yaxshilash taklifi asoslangan;
xorijiy va milliy investorlar uchun taqdim etilgan raqobat muhitini buzadigan eksklyuziv huquqlar, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish asosida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish va yashirin iqtisodiyotni legallashtirish taklifi asoslangan;
hududning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ichki investisiyalar hajmini aniqlash mezoni iqtisodiy xavfsizlik mezonlari – investisiya me’yori ((I_d/GDP)≥25%), multiplikatori ((∆Y/∆I)<2,5) va qaytimi (ROI>100%), shuningdek, har bir hudud investisiya infratuzilmasining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda investisiya muhitini yaxshilash asosida barqaror iqtisodiy o‘sishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarining muqobil ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy iqtisodiyotda investisiya muhitini yaxshilash asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksi reytingidagi komponentlari o‘rnini “o‘ta past” (0 – 0,50), “past” (0,50 – 0,60), “o‘rta” (0,60 – 0,70), “yaxshi” (0,70 – 0,80) va “yuqori” (0,80-1,00) shkalasi orqali baholash, har bir komponent bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish asosida investisiya muhitini yaxshilash bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 maydagi PQ-246-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli strategiyasi rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 02-10-07209-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonning 2022 yilda Iqtisodiy erkinlik indeksi ko‘rsatkichlari yaxshilangan, investisiya erkinligi tarkibiy indikatori 30 birlikka oshgan;
xorijiy va milliy investorlar uchun taqdim etilgan raqobat muhitini buzadigan eksklyuziv huquqlar, yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish asosida investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish va yashirin iqtisodiyotni legallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son farmoni bilan tasdiqlangan “Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralarning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xarita”si”da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 02-10-07209-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida amaldagi muddatsiz yakka tartibdagi imtiyozlar va preferensiyalar 50 foizga qisqartirildi;
hududning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ichki investisiyalar hajmini aniqlash mezoni iqtisodiy xavfsizlik mezonlari – investisiya me’yori ((I_d/GDP)≥25%), multiplikatori ((∆Y/∆I)<2,5) va qaytimi (ROI>100%), shuningdek, har bir hudud investisiya infratuzilmasining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investisiya dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va Tashqi savdo vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 02-10-07209-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, investisiya takliflarini qabul qilishning takomillashgan mezonlarini ishlab chiqishga erishilgan;
O‘zbekistonda investisiya muhitini yaxshilash asosida barqaror iqtisodiy o‘sishnining 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarining muqobil ssenariylaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son farmoni bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xususiy sektorning rolini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va Tashqi savdo vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 02-10-07209-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida mamlakatda qulay investisiya muhitini shakllantirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning 2030 yilgacha bo‘lgan davridagi maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari va unga erishish mexanizmi ishlab chiqilgan.