Xudayberdieva Aziza Normuxamedovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini samarali faoliyatining huquqiy va institusional asoslarini takomillashtirish», 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Yu213.
Ilmiy maslaxatchisi: Adilxodjaeva Surayyo Maxkamovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc 32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muqaddasxon Tursunovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Malikova Gulchexra Rixsixodjaevna, yuridik fanlar doktori; Xamraev Anvar Axmadalievich professor yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatining samarali faoliyat yuritishi uchun huquqiy va institusional bazani takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“fuqarolik jamiyati”ning mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra fuqarolik jamiyati bu davlat xokimiyati bilan samarali hamkorlik qila oladigan, uni cheklay oladigan, hokimiyatning fuqarolar huquq va manfaatlarini, xususiy mulk, tadbirkorlik faolligini himoya qilish, ijodiy imkoniyatlarni amalga oshirish, jamiyatda oshkoralik va adolatni ta’minlash maqsadida qabul qilgan qaroriga ta’sir qila oladigan fuqarolar, birlashmalar, jamoat tashkilotlarining tashkiliy, o‘zini o‘zi boshqaruvchi jamiyati ekanligi asoslangan;
davlat ahamiyatiga ega-muhim loyihalarni amalga oshirishda oshkoralikni ta’minlash va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xususiy sherikni tanlov asosida saralab tanlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini amalga oshirish ustidan doimiy monitoring o‘tkazish zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, aholining davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj qatlamlari, shuningdek, dunyoviy rivojlanish va davlatning dindan ajralib turish ustuvor bo‘lgan davlatning ijtimoiy yo‘nalishini belgilab beruvchi norma bilan to‘ldirish zarurligi asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan qonun hujjatlari normalariga so‘zsiz rioya qilish talablarini, nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlar, faoliyatiga aralashmaslik; nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash zarurati asoslangan;
davlat hokimiyati tizimiga kirmaydigan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavqeini konstitutsiyaviy mustahkamlash, rivojlanishning tarixiy xususiyatlarini, milliy qadriyatlarni, mahalliy urf-odatlarni hisobga olgan holda mustaqillik tamoyili asosida faoliyatni amalga oshirish, anʼanalar, davlat o‘z vakolatlarini amalga oshirish va amalga oshirishda shart-sharoit va kafolatlar yaratish zarurati asoslangan;
fuqarolik jamiyatining davlatga ta’sirining eng muhim mexanizmi sifatida jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyatini, uning vositalari, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki hisoblanishi, rivojlantirish va ijtimoiy sheriklik, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan mamlakat davlat byudjetining shakllanishi va ijrosi ustidan nazorat va boshqa vositalar zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy ishning natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
fuqarolik jamiyatining ishlab chiqilgan mualliflik ta’rifi, fuqarolik jamiyati institutlarining mohiyati, maqsadlari, vazifalari va hududiy dislokatsiyasidan kelib chiqqan holdagi tasnifidan Barqaror rivojlanish markazi faoliyatida qo‘llanilgan (Barqaror rivojlanish markazining 2023 yil 28 iyundagi 386-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar fuqarolik jamiyati subʼektlarini tasniflash va ularning ta’sis hujjatlarini rasmiylashtirishda yo‘nalishlardan biri bo‘lib xizmat qilgan;
fuqarolik jamiyatining davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirishda, xususan, davlat-xususiy sheriklik masalalarida, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda davlat xizmatlari sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquqiy masalalar Qo‘mitasining 2019 yil 07 iyundagi 01/1-05/1977-son dalolatnomasi). Ushbu norma davlat-xususiy sheriklik natijasida mamlakatimizning barcha hududlarini izchil iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantiradi, shuningdek, davlat xizmatlarining ochiqligi va ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlagan;
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishda xususiy sherikni tanlash uchun tender o‘tkazish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini amalga oshirish ustidan doimiy monitoring olib borish zarurligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 12-chi va 21-moddallarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquqiy masalalar Qo‘mitasining 2019 yil 07 iyundagi 01/1-05/1977-son dalolatnomasi). Ushbu normalar adolat va xolislik asosida barcha potensial hamkorlar ko‘rib chiqish va xususiy sherikning eng maqbul variantini uning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib loyihani amalga oshirish muddati va sifatini hisobga olgan holda tanlash imkonini beradi va bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish ustidan doimiy monitoring olib borish imkoniyatlarini tartibga solish, bu ham davlat, ham xususiy sherik tomonidan loyihalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishimkoniyatini yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasiga “ijtimoiy va dunyoviy davlat” jumlasi bilan to‘ldirish taklifi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi 1-qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2023 yil 11 maydagi 04/10-10-36-son dalolatnomasi). Mazkur taklif O‘zbekistonning ijtimoiy yo‘nalishini belgilab bergan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, dunyoviy rivojlanish, davlatni dindan ajratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ustuvor yo‘nalish bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan qonun hujjatlari normalariga qatʼiy rioya etishi, fuqarolarning faoliyatiga aralashmaslik talablarini kiritish zarurligi to‘g‘risidagi takliflar, nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlar huquqlarining kafolatlarini va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 15-modda 5-qismida va 69-75-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2023 yil 11 maydagi 04/10-10-36-son dalolatnomasi). Mazkur normalar fuqarolik jamiyati institutlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning davlat bilan o‘zaro hamkorlikdagi samarali faoliyatining qo‘shimcha kafolati bo‘lib xizmat qilgan;
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishning mavjud shakl va vositalariga qo‘shimcha sifatida inson huquqlari milliy institutlari faoliyatini tartibga soluvchi normani kiritish to‘g‘risida taklif O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari Qo‘mitasining 2023 yil 11 maydagi 04/10-10-36-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini mustahkamlash va oshirishga xizmat qilgan;
davlat hokimiyati tizimiga kirmaydigan mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maqomini konstitutsiyaviy mustahkamlash, rivojlanishning o‘ziga xos tarixiy xususiyatlarini, milliy qadriyatlarni, mahalliy urf-odat va anʼanalarni hisobga olgan holda mustaqillik tamoyiliga asoslangan faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, faoliyatni olib borish va ularning vakolatlarini ruyobga chiqarishda shart-sharoitlar yaratilishini davlat tomonidan kafolatlanishi Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 127-moddaga taklif kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2023 yil 11 maydagi 04/10-10-36-son dalolatnomasi). Mazkur taklif fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri sifatidagi rolini mustahkamlash va oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki, shuningdek, mamlakat davlat byudjetining shakllantirilishi va ijrosi ustidan fuqarolik jamiyati institutlarining nazoratini amalga oshirishga doir normalarni kiritish yuzasidan takliflar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-modda 6-bandi va 148-moddada mustahkamlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarlar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha Qo‘mitasining 2023 yil 11 maydagi 04/10-10-36-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar jamoat nazoratining davlat faoliyatidagi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati samaradorligi darajasidagi o‘rni va ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan.