Uralov Dilshodbekning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekiston sharoitida g‘oya va mafkuralarning transformatsiyalashuvi”, 09.00.07 – Ma’naviyat tarixi va nazariyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal927.
Ilmiy rahbar: Karshiev Baxtiyar Egamkulovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: Bayrieva Almagul Qurbonovna, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Qandov Bahodir Mirzaevich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda g‘oya va mafkuralarning transformatsiyalashuvi jarayonida turli yot mafkuraviy xavf-xatarlarlarga qarshi kurashish mexanizmlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi borasida yaratilgan ijtimoiy-falsafiy ta’limotlarda berilgan qonuniyatlarning g‘oya, mafkura tushunchasi, uning evolyusiyasi, jamiyat va davlat, inson hayoti bilan uzviy bog‘liqligi hamda turli g‘oya va mafkuralarning namoyon bo‘lish xususiyatlari ochib berilgan;
g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning barqaror taraqqiyot mezonlari va tamoyillarini klassifikatsiyalash jamiyat hayotiga, insonlar ongi tafakkuriga integratik ta’sir etishi hamda ularda ijobiy fikrlarning paydo bo‘lishi mexanizmlari ishlab chiqilib, g‘oya va mafkuralarning rivojlanish tendensiyalari, uning milliy xususiyatlari va strategik strukturasi ochib berilgan;
globallashuv jarayonida fuqarolarning mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda siyosiy ongi va dunyoqarashini milliy-ma’naviy meroslar asosida yuksaltirish samarali ma’naviy-mafkuraviy mexanizm ekanligi, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishni ta’minlashda ichki va tashqi tahdidlarni bartaraf etish, fuqarolarning mafkuraviy immuniteti bilan bog‘liq mavjud muammolar echimida ta’lim tizimida gumanitar fanlarni o‘qitishning samarali pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish mexanizmlari asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda g‘oya va mafkuralarning transformatsiyalashuvi jamiyat hayotining ijtimoiy-ma’naviy yuksalish indikatorlari ochib berilib, mafkuraviy jarayonlarni strukturaviy, kompleks va funksional jihatdan umumlashtirish hamda amalga oshirilayotgan mafkuraviy islohotlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarining mafkuraviy tarbiya va uning jamiyat ma’naviy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘oya va mafkuralar transformatsiyasi, mafkuraviy jarayonlar, globallashuv sharoitida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish, uning mexanizm va texnologiyalari yo‘nalishida islab chiqilgan taklif va amaliy tavciyalar asosida:
g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi borasida yaratilgan ijtimoiy-falsafiy ta’limotlarda berilgan qonuniyatlarning g‘oya, mafkura tushunchasi, uning evolyusiyasi, jamiyat va davlat, inson hayoti bilan uzviy bog‘liqligi hamda turli g‘oya va mafkuralarning namoyon bo‘lish xususiyatlari, g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning barqaror taraqqiyot mezonlari va tamoyillarini klassifikatsiyalash jamiyat hayotiga, insonlar ongi tafakkuriga integratik ta’sir etishi hamda ularda ijobiy fikrlarning paydo bo‘lishi mexanizmlari ishlab chiqilib, g‘oya va mafkuralarning rivojlanish tendensiyalari, uning milliy xususiyatlari va strategik strukturasi ochib berilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi mafkuraviy, siyosiy-g‘oyaviy asosini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda shuningdek, partiya faoliyatida tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022 yil 25 avgustdagi 02/02-188-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning ilmiy xulosalari partiya faoliyati targ‘ibot-tashviqot ishlarida, o‘zbekistonning mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash amaliyotida ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
globallashuv jarayonida fuqarolarning mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda siyosiy ongi va dunyoqarashini milliy-ma’naviy meroslar asosida yuksaltirish samarali ma’naviy-mafkuraviy mexanizm ekanligi, ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishni ta’minlashda ichki va tashqi tahdidlarni bartaraf etish, fuqarolarning mafkuraviy immuniteti bilan bog‘liq mavjud muammolar echimida ta’lim tizimida gumanitar fanlarni o‘qitishning samarali pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish mexanizmlari asoslanganligi yuzasidan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleriadiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleriadiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 27-martdagi 02-06-450-son ma’lumotnomasi). Natijada, hozirgi murakkab keskin g‘oyaviy kurashlar va turli mafkuralar to‘qnashuvi, turli shiorlar bilan niqoblangan yovuz g‘oyalarni singdirishga intilish kuchayib borayotgan bir sharoitda mummoning optimal echimlarini topishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalari “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat”, “Munozara maydoni” hamda “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot”, “Mavzu” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan;
Yangi O‘zbekistonda g‘oya va mafkuralarning transformatsiyalashuvi jamiyat hayotining ijtimoiy-ma’naviy yuksalish indikatorlari ochib berilib, mafkuraviy jarayonlarni strukturaviy, kompleks va funksional jihatdan umumlashtirish hamda amalga oshirilayotgan mafkuraviy islohotlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarining mafkuraviy tarbiya va uning jamiyat ma’naviy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari ochib berilganligi yuzasidan xulosalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining ish rejasida belgilangan vazifa va maqsadlarini amalga oshirishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2023-yil 26-maydagi 01-04/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning mafkuraraviy immuniteti bilan bog‘liq mavjud muammolar echimida ta’lim tizimida gumanitar fanlarni o‘qitishning samarali pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish zaruratiga hamda globallashuv jarayonida fuqarolarning mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda siyosiy ongi va dunyoqarashini milliy-mafkuraviy mexanizm ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2023-yilgi ish rejasining ayrim bandlarini takomillashtirishda nazariy metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan.