Norkulova Shaxnoza Tulkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy g‘azallarida ko‘z va qosh timsolining badiiy talqinlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1341.
Ilmiy rahbar: [Haqqulov Ibrohim Chorievich], filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Muhiddinova Nazmiya Muslihiddinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Mamatqulov Muzaffar Rahmonqulovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘z va qosh timsollarining badiiy adabiyotdagi genizisi, irfoniy tarixini aniqlash, xususan, Alisher Navoiy asarlarida lirik qahramonning tasviri hamda kechinmalarini ko‘rsatishdagi ahamiyatini belgilash, ko‘z va qosh bilan chambarchas aloqador obraz hamda ramzlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z va qosh timsolining badiiy adabiyot hamda folklorda qo‘llanish genezisi hamda badiiy asarlarda xalq og‘zaki ijodi namunalari, diniy, tasavvufiy manbalar vositasida irfoniy mazmun-mohiyat kasb etishi ochib berilgan;
XII-XV asrlar mumtoz adabiyoti namunalarida ko‘z va qosh timsoli, uning tadrijiy takomili, mazkur timsollar bilan bog‘liq tasavvufiy va she’riy matnlar o‘rganilib, Navoiygacha bo‘lgan adabiyotimizdagi ko‘z va qosh timsollarining badiiy adabiyotda qo‘llanishi ochib berilgan;
Alisher Navoiy sheʼriyatida ko‘z timsolining lirik qahramon tasviri hamda maʼnaviy holini belgilashdagi poetik roli ko‘rsatib berilib, ko‘z timsoli va ko‘ngil obrazi mushtaraklikda badiiylikni ta’minlaganligi dalillangan;
Alisher Navoiy lirik merosida qosh timsolining poetik yangilanishlari aniqlanib, ko‘z va qosh timsollari asosida shoirning so‘z qo‘llash va obraz yaratish badiiy mahorati nazariy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy g‘azallarida ko‘z va qosh timsoli masalasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘z va qosh timsolining badiiy adabiyot hamda folklorda qo‘llanish genezisi hamda badiiy asarlarda xalq og‘zaki ijodi namunalari, diniy, tasavvufiy manbalar vositasida irfoniy mazmun-mohiyat kasb etishi ochib berilganligiga oid natijalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi OT-1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 1-apreldagi 04/1-850 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘z va qosh timsoli yuzasidan olingan fikrlar loyiha mazmunining boyishiga xizmat qilgan;
XII-XV asrlar mumtoz adabiyoti namunalarida ko‘z va qosh timsoli, uning tadrijiy takomili, mazkur timsollar bilan bog‘liq tasavvufiy va she’riy matnlar o‘rganilib, Navoiygacha bo‘lgan adabiyotimizdagi ko‘z va qosh timsollarining badiiy adabiyotda qo‘llanishi ochib berilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbek mumtoz she’riyatida badiiy timsol va obrazlarni yaratish an’analari, XX–XXI asrlar navoiyshunosligida badiiy obraz, timsol masalalarining tadqiqini yoritishda Pz-20I70926459 – Navoiyshunoslik tarixi (XX–XXI asrlar) nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 12-dekabrdagi 01/4-3529 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyaning 2-, 3-boblarida o‘z ifodasini topgan Alisher Navoiy g‘azaliyotida ramz masalasi (xususan, ishqiy-irfoniy mazmundagi tasavvuf she’riyati an’analari misolida) xususidagi ilmiy-nazariy xulosalari, navoiyshunoslikka oid turli mavzudagi qator maqolalari va dissertatsiyadan foydalanib keltirilgan bir qator ma’lumotlar loyihaning mazmunan boyitilishiga sabab bo‘lgan;
Alisher Navoiy sheʼriyatida ko‘z timsolining lirik qahramon tasviri hamda maʼnaviy holini belgilashdagi poetik roli ko‘rsatib berilib, ko‘z timsoli va ko‘ngil obrazi mushtaraklikda badiiylikni ta’minlaganligi dalillanganligi hamda Alisher Navoiy lirik merosida qosh timsolining poetik yangilanishlari aniqlanib, ko‘z va qosh timsollari asosida shoirning so‘z qo‘llash va obraz yaratish badiiy mahorati nazariy asoslanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradio kompaniyasining adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarida, xususan, “Ta’lim va taraqqiyot teleko‘rsatuvining Alisher Navoiyga bag‘ishlangan sonida hamda Surxondaryo teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiosining “Adabiyot gulshani” eshittirishida foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2020-yil 9-oktyabrdagi 0l-01/336-son ma’lumotnomasi). Dasturda tahlillarning jonli va qiziqarliligi Navoiy davri o‘zbek adabiyoti manbalarining bugungi kundagi ahamiyati, shoir she’riyatidagi janrlar genezisi, o‘ziga xosligi masalalarini radio efir orqali ochishga asos bo‘lgan.