Jumaqulova Shaxnoza Qudrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Frazeo-semantik maydonda “xursandchilik” etimonlarining pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3150.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xoshimxo‘jaeva Moxirux Muzaffarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04
Rasmiy opponentlar: Mirsanov G‘aybulla Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Asqarova Shaxnoza Kamoliddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida “xursandchilik” etimonlari va ular qo‘llanilgan frazeo-semantik maydonni aniqlash, shuningdek, ularning badiiy asarlar matnlarida pragmatik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“xursandchilik” etimonlariga ega frazeologik birliklarning frazeologik butunlik, frazeologik qo‘shilma, frazeologik chatishma hamda idiomatika, idio-frazeomatika, frazeomatika kabi “xursandchilik” etimonlariga ega frazeologik birliklar aniqlangan;
frazeologik butunlik, frazeologik qo‘shilma, frazeologik chatishma hamda idiomatika, idio-frazeomatika, frazeomatika turlarida “xursandchilik” etimonlariga ega chog‘ishtirilgan frazeologik birliklar aniqlangan;
turli badiiy asarlar nutqiy aktlarida “xursandchilik” etimonlari qo‘llanilgan frazeologik birliklarning shakllanishida asos bo‘luvchi semantik transformatsiya hodisasi dalillangan;
ingliz hamda o‘zbek badiiy asarlarida uchraydigan “xursandchilik” etimonlarini o‘z ichiga olgan frazeologik birliklarga ega nutqiy harakatlarning  lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlar kabi pragmatik xususiyatlari asoslanib, frazeologik birliklarning shakllanishida asos bo‘luvchi semantik transformatsiya hodisasi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida frazeo-semantik maydonda “xursandchilik” etimonlarining pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
“xursandchilik” etimonlariga ega frazeologik birliklarning frazeologik butunlik, frazeologik qo‘shilma, frazeologik chatishma hamda idiomatika, idio-frazeomatika, frazeomatika kabi “xursandchilik” etimonlariga ega frazeologik birliklar aniqlanganligiga oid xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grant loyihasidan foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 11-noyabrdagi 01/4-3099-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida “xursandchilik” etimonlari, ular qo‘llanilgan frazeo-semantik maydon tavsifi va ularni qamrab olgan frazeologik birliklarning turlari va ushbu frazeologizmlarda ishtirok etgan “xursandchilik” etimonlarining pragmatik xususiyatlari orqali inson qiyofasi, fe’l-atvori tasvirida qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi takomillashtirilgan;
frazeologik butunlik, frazeologik qo‘shilma, frazeologik chatishma hamda idiomatika, idio-frazeomatika, frazeomatika turlarida “xursandchilik” etimonlariga ega chog‘ishtirilgan frazeologik birliklar aniqlanganligiga oid ilmiy natijalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi mo‘ljallangan F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 23-avgustdagi 04/1-1547-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasini yaratishda leksemalarning diaxron va sinxron aspektlardagi davriy qatlami yordamida ingliz va o‘zbek tillaridagi mohiyatini ochib berishga erishilgan;
turli badiiy asarlar nutqiy aktlarida “xursandchilik” etimonlari qo‘llanilgan frazeologik birliklarning shakllanishida asos bo‘luvchi semantik transformatsiya hodisasi dalillanganligi hamda ingliz hamda o‘zbek badiiy asarlarida uchraydigan “xursandchilik” etimonlarini o‘z ichiga olgan frazeologik birliklarga ega nutqiy harakatlarning  lokutiv, illokutiv, perlokutiv aktlar kabi pragmatik xususiyatlari asoslanib, frazeologik birliklarning shakllanishida asos bo‘luvchi semantik transformatsiya hodisasi dalillanganligiga oid ilmiy-nazariy qarashlardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan F3-2016-0908 1165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 11-sentyabrdagi 458/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyiha nazariy qismi frazeo-semantik maydonda “xursandchilik” etimonlari hamda ularning pragmatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish