Salomova Gavhar Abdinazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz va o‘zbek tillarida qisqartma so‘zlarning chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3565.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Bakirov Poyan Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Muxammedov Aziz Xolmurat o‘g‘li, filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartmalarning yasalish modellarini aniqlash, ularning lisoniy tabiatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chog‘ishtirilayotgan tillardagi qisqartmalarning qo‘llanishiga ko‘ra: f. (fe’l), rvsh. (ravish), yuk., yukl. (yuklama), ko‘m. (ko‘makchi), bog‘., bog‘l. (bog‘lovchi), krsh. s. (kirish so‘z), to‘l., to‘ld. (to‘ldiruvchi), sif., sft (sifat), olm. (olmosh), aniq. (aniqlovchi), gm., gram. (grammatika), adv. (adverb), adj. (adjective), dic. (dictionary) singari o‘xshash, adjective (sifat), abbr. – abbreviation, abbreviated (qisqartma so‘zlar), chap. – chapter (bob), etc.-etcetera (va boshqalar) kabi farqli jihatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartmalarning graphic/grafik (Mon – Monday; Dush. — Dushanba), initial/inisial (GPS — General Positioning System (Umumiy joylashishni aniqlash tizimi); radar — radio va diapazonni aniqlash), syllable/bo‘g‘inli (akad. – akademik; philfac – faculty of philology) kabi qisqartmalarning turlari aniqlanib, ularning chog‘ishtirilayotgan tillardagi harf+raqam modeli asosida shakllangan aralash qisqartmalarning A2 (Second ear of A Level (to gain a full A Level) – A darajasining ikkinchi yili (to‘liq A darajasiga ega bo‘lish uchun) shakliy va struktur jihatdan farqli tomonlari aniqlanib bo‘g‘in+harf model asosida shakllangan aralash qisqartmalarning Pre-K (Pre-Kindergarten – Bolalar bogʼchasigacha), O‘zRFA (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi) kabi qisqartma so‘zlarning mazmuniy jihatdan o‘xshash jihatlari dalillangan;
chog‘ishtiralayotgan tillarda qisqartma so‘zlarning o‘zaro sohaviy xususiyatiga (pedagogik, IT, ijtimoiy) ko‘ra bir xil, shakliy jihatiga ko‘ra turlicha ekanligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida qisqartmalarni kalkalash yordamida o‘zlashtirilishining axborot-kommunikatsiya sohasida barcha tillar uchun bir xillik kasb etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartmalarning lingvistik xususiyatlari tadqiqi yuzasidan olingan natijalar bo‘yicha:
chog‘ishtiralayotgan tillarda qisqartma so‘zlarning o‘zaro sohaviy xususiyatiga (pedagogik, IT, ijtimoiy) ko‘ra bir xil, shakliy jihatiga ko‘ra turlicha ekanligi dalillanganligiga oid xulosalardan O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 14-martdagi 106/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyihada nazarda tutilgan vazifalarni yoritishda tadqiqot ishi zarur material vazifasini o‘tagan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi qisqartmalarning graphic/grafik (Mon – Monday; Dush. — Dushanba), initial/inisial (GPS — General Positioning System (Umumiy joylashishni aniqlash tizimi); radar — radio va diapazonni aniqlash), syllable/bo‘g‘inli (akad. – akademik; philfac – faculty of philology) kabi qisqartmalarning turlari aniqlanib, ularning chog‘ishtirilayotgan tillardagi harf+raqam modeli asosida shakllangan aralash qisqartmalarning A2 (Second ear of A Level (to gain a full A Level) – A darajasining ikkinchi yili (to‘liq A darajasiga ega bo‘lish uchun) shakliy va struktur jihatdan farqli tomonlari aniqlanib bo‘g‘in+harf model asosida shakllangan aralash qisqartmalarning Pre-K (Pre-Kindergarten – Bolalar bogʼchasigacha), O‘zRFA (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi) kabi qisqartma so‘zlarning mazmuniy jihatdan o‘xshash jihatlari dalillanganligiga oid natijalaridan O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 14-martdagi 105/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning so‘zlarning tahlili bilan bog‘liq o‘rinlari yangi qarashlar bilan boyigan, leksikografik tahlillari mukammallashgan;
ingliz va o‘zbek tillarida qisqartmalarni kalkalash yordamida o‘zlashtirilishining axborot-kommunikatsiya sohasida barcha tillar uchun bir xillik kasb etish zarurati asoslanganligi hamda chog‘ishtirilayotgan tillardagi qisqartmalarning qo‘llanishiga ko‘ra: f. (fe’l), rvsh. (ravish), yuk., yukl. (yuklama), ko‘m. (ko‘makchi), bog‘., bog‘l. (bog‘lovchi), krsh. s. (kirish so‘z), to‘l., to‘ld. (to‘ldiruvchi), sif., sft (sifat), olm. (olmosh), aniq. (aniqlovchi), gm., gram. (grammatika), adv. (adverb), adj. (adjective), dic. (dictionary) singari o‘xshash, adjective (sifat), abbr. – abbreviation, abbreviated (qisqartma so‘zlar), chap. – chapter (bob), etc.-etcetera (va boshqalar) kabi farqli jihatlari ochib berilganligiga oid ma’lumotdan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va kattalar uchun ingliz tili darslari”, “Til-ma’rifat ko‘zgusi” mavzusidagi ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 1-maydagi 01-02/27-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv mazmuni nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan.