Dusnazarova Mavjuda Ilyamonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek oilasida kuyov-kelin bilan bog‘liq nikoh marosimlarini etnomadaniy jarayonga ta’siri (XIX asrning ikkinchi yarmi-XXI asr boshlari Surxon-Sherobod vohasi misolida)”, 07.00.01–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1268.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Faxriddin Shoymardanovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Ataxanov Rafikjon Sotvoldievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek oilasida kuyov-kelin bilan bog‘liq nikoh marosimlarining etnomadaniy jarayonlarga ta’sirini Surxon-Sherobod vohasi misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr so‘ngi – XX asr o‘rtalarida «oqsuyak» deb sanaluvchi eshonlarning oddiy aholi bilan nikohga kirishi mumkin bo‘lmaganligi, shuningdek, Surxon vohasida nikohning «levirat», «sororat», «voy-voy nikoh», «qarshi quda», «kuch kuyov», «ich kuyov» kabi turlari bo‘lganligi asoslangan;
Surxon vohasida to‘ydan oldin «qalliq o‘yin» udumi bajarilganligi, qalin to‘lashga qurbi etmagan kishilar «chig‘ay» deyilganligi, kuyovning sovg‘asi «surug‘», kelinning sepi esa «kola» deb atalganligi, fotiha to‘yi yaloqqizartar deb nomlanganligi, qalin evaziga berilgan qo‘ylar «borliq», «to‘y qo‘yi», «ko‘gan to‘ldirish» deyilganligi aniqlangan;
Buxoro amirligi davrida boy kishilar to‘ydan oldin o‘z o‘g‘illari uchun «mushko‘zanak» o‘tov tayyorlatganliklari, Surxondaryoning qo‘ng‘irot urug‘iga mansub aholisi ro‘molni qiyiq deb ataganliklari, to‘yga sovrun qo‘shgan kishiga to‘y sovg‘asi - kiyit berishganligi dalillangan;
unashtiruv marosimi «yaloq qizartar», «non sindirish», «non ushatish» deb atalganligi, to‘yga qadar «kelin qochuv», «kuyov qochuv» kabi udumlar bajarilganligi, to‘y kuni «to‘qqiz jo‘natish», «idish qaytarar», «qonjig‘a taboq», «uy tushirar to‘y», «ovmin to‘yi» kabi marosimlar o‘tkazilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek oilasida kuyov-kelin bilan bog‘liq nikoh udumlarining etnomadaniy jarayonga ta’sirini (XIX asrning ikkinchi yarmi-XXI asr boshlari Surxon-Sherobod vohasi misolida) o‘rganish yuzasidan to‘plangan ma’lumotlar asosida:
XIX asr so‘ngi – XX asr o‘rtalarida «oqsuyak» deb sanaluvchi eshonlarning oddiy aholi bilan nikohga kirishi mumkin bo‘lmaganligi, shuningdek, Surxon vohasida nikohning «levirat», «sororat», «voy-voy nikoh», «qarshi quda», «kuch kuyov», «ich kuyov» kabi turlari bo‘lganligi asoslanganligi, Surxon vohasida to‘ydan oldin «qalliq o‘yin» udumi bajarilganligi, qalin to‘lashga qurbi etmagan kishilar «chig‘ay» deyilganligi, kuyovning sovg‘asi «surug‘», kelinning sepi esa «kola» deb atalganligi, fotiha to‘yi yaloqqizartar deb nomlanganligi, qalin evaziga berilgan qo‘ylar «borliq», «to‘y qo‘yi», «ko‘gan to‘ldirish» deyilganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining turkum tarixiy ko‘rsatuvlarini tayyorlanishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 11 yanvardagi 02-31-64-son ma’lumotnomasi). Natijalar tomoshabinlarda nikoh tarixi va urf-odatlari bilimlar hosil bo‘lishiga erishilgan;
Buxoro amirligi davrida boy kishilar to‘ydan oldin o‘z o‘g‘illari uchun «mushko‘zanak» o‘tov tayyorlatganliklari, Surxondaryoning qo‘ng‘irot urug‘iga mansub aholisi ro‘molni qiyiq deb ataganliklari, to‘yga sovrun qo‘shgan kishiga to‘y sovg‘asi - kiyit berishganligi dalillanganligi, unashtiruv marosimi «yaloq qizartar», «non sindirish», «non ushatish» deb atalganligi, to‘yga qadar «kelin qochuv», «kuyov qochuv» kabi udumlar bajarilganligi, to‘y kuni «to‘qqiz jo‘natish», «idish qaytarar», «qonjig‘a taboq», «uy tushirar to‘y», «ovmin to‘yi» kabi marosimlar o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 25 yanvardagi 02-22/56-son ma’lumotnomasi). Bu esa, O‘zbekistonning boshqa hududlaridan farqlanuvchi nikoh udumlari haqidagi etnografik ma’lumotlarini yangilashga xizmat qilgan.