Turdimurodov Uyg‘unjon Sanaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xatirchi tumani toponimlarining leksik-grammatik va etimologik tadqiqi”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2408.
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xatirchi tumani toponimlarining tarkibiy qismi hisoblangan oykonim, gidronim, oronim, agroonim, nekronim, dromonimlarning leksik-semantik, struktur-tipologik xususiyatlarini, yasalish usullarini, etimologiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xatirchi tumani toponimlarining oykonim, gidronim, oronim, nekronim, agroonim, dromonim kabi guruhlariga mansub obektlarning atalishida urug‘, antroponim, daraxt, o‘simlik, zoonim kabi nomlarining motivlanishi Kelachi, Jaloyir (urug‘ nomlari), Mingtut, Mingyong‘oq (daraxt nomlari), Mirzo Ulug‘bek, Xo‘jaqulobod, Alisher Navoiy (antroponim nomlari) kabi toponimlar misolida asoslangan;
Xatirchi tumani toponimlarining yasalishida kompozisiya, onomastik konversiya usullarining faolligi hamda affiksatsiya usuli nofaolligi Bug‘doy+li, Yang‘oq+li, Gul+zor, Tosh+loq (affiksatsiya usuli), Mur+dash, Taxta+ko‘prik, Ming+yong‘oq (kompozisiya usul), Tepa, Band, Maydon, Koriz, Chinor, Xonaqa (onomastik konversiya usuli) kabi toponimlar asosida isbotlangan;
Xatirchi tumani toponimlarining nomlanishida qishloq, ovul, rabot, qo‘rg‘on, ariq, soy, buloq, zovur, tog‘, tepa, jar, yaylov kabi toponimik aniqlagichlarning semantik vazifalari O‘rtaqishloq (qishloq), Mirzaovul (ovul), Yangirabot (rabot), Uchqo‘rg‘on (qo‘rg‘on), Damariq (ariq), Kattasoy (soy), O‘rtabuloq (buloq), Sho‘rzovur (zovur), Etimtog‘ (tog‘), Qarg‘atepa (tepa), Ajaljar (jar), Kattayaylov (yaylov) singari nomlar asosida dalillangan;
Xatirchi  tumani  toponimlarining  lingvistik  strukturasi  tub,  affiksli, qo‘shma,   toponimik   aniqlagichli,   murakkab   tarkibli  toponimlarga  hamda ular orasidan Avoqli, Qutchi, Olchin, Tortuvli, Ko‘kcha, Angidon, Navandak, Xatirchi, Murdash, Chilosh, Chag‘ilko‘l kabi nomlarning etimologiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xatirchi tumani toponimlarining leksik-grammatik va etimologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
Xatirchi tumani toponimlarining yasalish usullari, yasalishidagi faol va nofaol tiplar, nomlarning grammatik tuzilishi va struktural modellari, ma’noviy-etimologik xususiyatlari, toponimlarning qiyosiy tahlili to‘g‘risidagi xulosalardan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 3-noyabrdagi 17-01/129-son ma’lumotnomasi). Natijada atoqli otlar yasalishi bilan bog‘liq toponimlarning yasalish usullari, modellari, onomastik konversiya, oddiy so‘z yasalishi bilan atoqli otlar yasalishiga doir farqli jihatlarni mukammallashtirishga erishilgan;
toponimlarning yuzaga kelishi, shakllanishi uchun asos bo‘lgan lisoniy va nolisoniy omillari, etimologik xususiyatlari hamda tarixiy-lisoniy jihatlarini aniqlash va qo‘llanilgan atamalarning izohlanishidagi xulosalardan Evropa ittifoqining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan Erasmus + dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 4-maydagi 1154/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan o‘quv qo‘lanmalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
toponimlarning tarixiy nomlarini saqlab qolish, ularning bazasini yaratish, shuningdek, joy nomlarining tarixiy taraqqiyotini, ijtimoiy-madaniy, geografik, etnografik xususiyatlarini aniqlashdagi xulosalar va mulohazalardan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2023-yil 15-apreldagi 228/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada toponimlarning statistikasi, grammatik tuzilishi va struktural modellari, ma’noviy-etimologik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar orqali til korpusi haqidagi olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy saviyasini boyitishga erishilgan.
Xatirchi tumani toponimlarining kelib chiqish asoslari, tarixi, etimologiyasiga doir ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Bir qishloq tarixi”, “Ko‘hna manzillar” kabi ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 4-apreldagi 06-28-510-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvning yanada mazmunli bo‘lishiga, taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchli ilmiy manbalar bilan boyitilishiga hamda uni keng jamoatchilik orasida targ‘ib etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish