Misliddinova Malika Xolbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahmud Koshg‘ariyning fonetik va fonostilistik qarashlari”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2835.
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Maxmaraimova Shoxista Tuxtashevna, filologiya fanlari doktori, professor; Samixon Ashirboev, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida olimning fonetik qarashlarini tahlil qilih, sharhlash va shu orqali uning o‘ziga xos jihatlari, tovushlar tizimidagi uslubiy xoslanishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqoting ilmiy yangiligi:
Mahmud Koshg‘ariy tomonidan fonema va harf munosabati belgilanganligi, o‘sha davrdagidek hozirgi o‘zbek imlosida arab harflarining turkiycha tovushlarni ifodalab berolmasligi, fon, fonema, talaffuz, unli va undosh tovushlar orasidagi orfografik nomutanosibliklar mavjudligi aniqlangan;
turkiy tillardagi unli va undosh tovushlarni bir-biridan farqlash va ajratish orqali ulardagi kenglik va torlik, cho‘ziqlik va qisqalik, jaranglilik va jarangsizlik, yumshoqlik va qattiqlik, tovushlarning almashinishi, tushishi, singishi, bir-biriga mos kelishi singari tovush o‘zgarishlari mavjud ekanligi ochib berilgan;
nutqda yuz beradigan assimilyasiya, dissimilyasiya, metateza kabi fonetik jarayonlar sababli ma’no tafovuti, talaffuz me’yori, qulayligi bilan bog‘liq bo‘lgan uslubiy xususiyatlariga ko‘ra obektiv xarakterga ega ekanligi asoslangan;
“Devon”da tovushlar va ohangning o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan uyg‘unlik, ohangdorlik, xushohanglik, engillik, poetik matnlarda ritmni saqlab qolish, silliqlik, alliteratsiya, so‘z ma’no ottenkalarining farqlanishi, me’yorning buzilishi kabi holatlar turkiy tillar tarixiy stilistikasi asosini Mahmud Koshg‘ariy tomonidan qo‘yilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit turk” asaridagi fonetik hodisalarni o‘rganish asosida:
Mahmud Koshg‘ariy tomonidan fonema va harf munosabati belgilanganligi, o‘sha davrdagidek hozirgi o‘zbek imlosida arab harflarining turkiycha tovushlarni ifodalab berolmasligi, fon, fonema, talaffuz, unli va undosh tovushlar orasidagi nomutanosibliklardagi o‘rinlardan 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-F1-G002 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning adabiy janrlar qismini bajarishda foydalanilgan (O‘R RFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 16-sentyabrdagi 17-01-127-son ma’lumotnomasi). Natijada tovushlarning poetik ta’sirchanlikni oshirishdagi badiiy-estetik qimmati va uning ahamiyatini ko‘rsatishga erishilgan;
turkiy tillardagi unli va undosh tovushlarni bir-biridan farqlash va ajratish barobarida ulardagi kenglik va torlik, cho‘ziqlik va qisqalik, jaranglilik va jarangsizlik, yumshoqlik va qattiqlik, tovushlarning almashinishi, tushishi, singishi, bir-biriga mos kelishi singari tovush o‘zgarishlariga oid xulosalardan 2012-2016-yillarda bajarilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘R RFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 26-oktabrdagi 17-01-128-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi mavjud fonemalarning tilimiz tarixidagi nutq tovushlarining davomi, tadrijiy taraqqiyoti ekanligini devondagi maqollar tarkibidagi fonemalarning tahlili asosida keng yoritish imkonini bergan;
nutqda yuz beradigan assimilyasiya, dissimilyasiya, metateza kabi fonetik jarayonlar sababli ma’no tafovuti, talaffuz me’yori, qulayligi bilan bog‘liq bo‘lgan uslubiy xususiyatlariga ko‘ra obektiv xarakterga ega o‘rinlardan 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihaning folklorshunoslik qismini bajarishda foydalanilgan (O‘R RFAQQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 22-noyabrdagi 17-01-130-son ma’lumotnomasi). Natijada devonning folklorshunoslikni boyitishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan.