Qosimova Sarvinoz Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni manipulyasion ta’sirlardan himoya qilishning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P411.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaeva Dilbar Ubaydullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni manipulyasion taʻsirlardan himoya qilishning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni manipulyasion ta’sirlardan himoya qilishda o‘zgalarga munosabatning “qadriyat” yoki “vosita” sifatida ifodalanishi bilan bog‘liq ravishda “siqib chiqarish”, “reaktiv ta’lim”, “proeksiya”, “regressiya”ning o‘quv faoliyatidagi ustuvorligi tufayli psixologik himoya mexanizmlarining differensial namoyon bo‘lishi ijtimoiy psixologik xususiyat sifatida asoslangan;
talabalarda globallashuv sharoitida manipulyasion ta’sirlariga berilishi va uni oldini olishda “insonlarni yaxshiligi”, “hayotning boshqaruvchanligi”, “tasodifiy bo‘layotgan voqealar”, “omad darajasi” kabi tayanch qadriyatlarning differensial namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra milliy etnopsixologik xususiyatlar ahamiyati asoslangan;
shaxslarda manipulyasion ta’sirlar natijasida rejalashtirish, modellashtirish, dasturlashtirish, egiluvchanlik, mustaqillikning o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyati negizida integrativ namoyon bo‘lishi tufayli talabalarning xulq-atvorida refleksiv xususiyatlar ustuvor rivojlanishi dalillangan;
axborotni qabul qilishga bo‘lgan motivatsiyaning gender tafovutlariga ko‘ra virtual faollik orqali “o‘ziga ishonmaslik”, “qo‘llab-quvvatlanish ehtiyoji”ni kompensatsiyalash xususiyatini suhbatdoshning xulq-atvorini steretipizatsiyalashga integratsiyasi tufayli muloqot motivatsiyasining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarni manipulyasion ta'sirlardan himoya qilishning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni manipulyasion ta’sirlardan himoya qilishda o‘zgalarga munosabatning “qadriyat” yoki “vosita” sifatida ifodalanishi bilan bog‘liq ravishda “siqib chiqarish”, “reaktiv ta’lim”, “proeksiya”, “regressiya”ning o‘quv faoliyatidagi ustuvorligi tufayli psixologik himoya mexanizmlarining differensial namoyon bo‘lishi ijtimoiy psixologik xususiyat sifatida asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-40-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-40a-son ma’lumotnomasi). Natijada manipulyasion ta’sir tushunchasini ijtimoiy psixologik jihatdan tahlil etish va uni shaxs shakllanishidagi ahamiyatini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda globallashuv sharoitida manipulyasion ta’sirlariga berilishi va uni oldini olishda “insonlarni yaxshiligi”, “hayotning boshqaruvchanligi”, “tasodifiy bo‘layotgan voqealar”, “omad darajasi” kabi tayanch qadriyatlarning differensial namoyon bo‘lishi muhimligiga ko‘ra milliy etnopsixologik xususiyatlar ahamiyati asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-40-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-40a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda globallashuv sharoitida manipulyasion ta’sirlariga berilishi va uni oldini olishda milliy etnopsixologik xususiyatlarimizni ahamiyatini tahlil etish imkoniyati yaratilgan;
shaxslarda manipulyasion ta’sirlar natijasida rejalashtirish, modellashtirish, dasturlashtirish, egiluvchanlik, mustaqillikning o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyati negizida integrativ namoyon bo‘lishi tufayli talabalarning xulq-atvorida refleksiv xususiyatlar ustuvor rivojlanishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-40-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-40a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxslarda manipulyasion ta’sirlar natijasida sa’lbiy xulq-atvor ko‘rinishlarini shakllanishini psixologik jihatdan o‘rganish va uni oldini olishga qaratilgan psixologik mexanizmlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
axborotni qabul qilishga bo‘lgan motivatsiyaning gender tafovutlariga ko‘ra virtual faollik orqali “o‘ziga ishonmaslik”, “qo‘llab-quvvatlanish ehtiyoji”ni kompensatsiyalash xususiyatini suhbatdoshning xulq-atvorini steretipizatsiyalashga integratsiyasi tufayli muloqot motivatsiyasining ustuvor harakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-40-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-40a-son ma’lumotnomasi). Natijada internet va ijtimoiy tarmoqlarning shaxs shakllanishidagi ahamiyati va uning sa’lbiy xususiyatlarini psixologik jihatdan tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.