Jumaev Nodir Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P466.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019 Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Ostanov Shuhrat Sharifovich, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlar intellektual qobiliyatini rivojlanishiga emotsional intellektning bevosita ta’siri shaxslararo munosabatlardagi hissiy holatlarni nazorat qilish va boshqarish sifatlarini estetik hislarga bog‘liq holda ijodiy faoliyatga integrativ shakllanishi tufayli “natijalarni baholash” xususiyatini ustuvor namoyon bo‘lishiga olib kelishi dalillangan;
o‘smirlardagi aqliy xususiyatlarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra faoliyat natijasini adekvat baholash, o‘z ustida kognitiv, emotsional jihatdan ishlashning “rejalashtirish”, “mustaqillik” sifatlariga bog‘liq holda xulq-atvorda ustuvorligi tufayli o‘smirlarning intellektual qobiliyati ijtimoiy qadriyatlarga identiv rivojlanishi dalillangan;
shaxs faoliyati mahsuldorligining ustuvor yo‘nalishlariga ko‘ra faoliyatni rejalashtirishdagi kognitiv xususiyatlarning o‘z ustida ishlashga integrativ ravishda “mustaqillik hissi” bilan bog‘liq mustaqil qaror qabul qilish sifatini rivojlanishiga ta’sir etishi tufayli o‘smir intellektual qobiliyatining mazmuniy komponentlari differensiatsiyasi asoslangan;
o‘smir intellektual qobiliyatining tarkibiy komponentlarini rivojlantirishda shaxslararo munosabatlarda o‘zini va boshqalarni hislarini tushunish, identifikatsiyalash, o‘z kechinmalarini nazorat qilishning kognitiv xususiyatlarga integral namoyon bo‘lishi tufayli emotsional intellektni shakllanganlik darajasi ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlar intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
o‘smirlar intellektual qobiliyatini rivojlanishiga emotsional intellektning bevosita ta’siri shaxslararo munosabatlardagi hissiy holatlarni nazorat qilish va boshqarish sifatlarini estetik hislarga bog‘liq holda ijodiy faoliyatga integrativ shakllanishi tufayli “natijalarni baholash” xususiyatini ustuvor namoyon bo‘lishiga olib kelishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-69-sonli buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-69-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlar intellektual qobiliyatini rivojlanishiga emotsional intellektning bevosita ta’sirini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
shaxsdagi aqliy xususiyatlarning differensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, faoliyat natijasini adekvat baholash, o‘z ustida kognitiv, emotsional jihatdan ishlashning “rejalashtirish”, “mustaqillik” sifatlariga bog‘liq holda xulq-atvorda ustuvorligi tufayli o‘smirlarning intellektual qobiliyati ijtimoiy qadriyatlarga identiv rivojlanishi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 4-sentyabrdagi PM-69-sonli “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-69-a-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsdagi aqliy xususiyatlarning differensial namoyon bo‘lishiga bog‘liq ravishda o‘smirlar intellektual qobiliyatini strukturaviy tahlil qilish mexanizmlari ochib berilgan;
shaxs faoliyati mahsuldorligining ustuvor yo‘nalishlariga ko‘ra faoliyatni rejalashtirishdagi kognitiv xususiyatlarning o‘z ustida ishlashga integrativ ravishda “mustaqillik hissi” bilan bog‘liq mustaqil qaror qabul qilish sifatini rivojlanishiga ta’sir etishi tufayli o‘smir intellektual qobiliyatining mazmuniy komponentlari differensiatsiyasi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 4-sentyabrdagi PM-69-sonli “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-69-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir intellektual qobiliyatining mazmuniy komponentlari differensiatsiyasini asoslash mezonlari tizimlashtirilgan;
o‘smir intellektual qobiliyatining tarkibiy komponentlarini rivojlantirishda shaxslararo munosabatlarda o‘zini va boshqalarni hislarini tushunish, identifikatsiyalash, o‘z kechinmalarini nazorat qilishning kognitiv xususiyatlarga integral namoyon bo‘lishi tufayli emotsional intellektni shakllanganlik darajasi ustuvor xarakterga ega ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 4-sentyabrdagi PM-69-sonli “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-69-a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir intellektual qobiliyatining tarkibiy komponentlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik aspektlarini ishlab chiqilgan.