Jabborov Xazrat Xusenovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya. (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/P98.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Safoev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Farfieva Komola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini aniqlash va zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ota-onaning bolaga munosabati natijasida farzandga nisbatan “g‘amxo‘rlik qilish”, “kuchli hissiy aloqa bildirish”ni “o‘rtoqlik (hamkorlik)” omiliga bog‘liq ravishda kuchli namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlarda milliy tarbiya shakllanishiga ijobiy ta’sir etuvchi “mustaqillik”, “muloqotmandlik”, “kurashga tayyorlik”, “jamoaviylik”, “affiliatsiya”, “tartib-intizom”, “ko‘makni qabul qilish” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar aniqlangan;
shaxs xususiyatlariga ko‘ra xalqimiz orasida ko‘proq milliylik kasb etadigan va milliy qadriyatga aylangan “mehmondo‘stlik”, “tinglovchanlik”, “muruvatlilik”, “g‘amxo‘rlik”, “hojatbarorlik”, “ahillik” va “hurmatlilik” kabi fazilatlarni xulqda ustuvor namoyon bo‘lishi sababli o‘smirlarda milliy tarbiyalanganligini ta’minlovchi “o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni ijobiyligi”, “o‘ziga ishonchni ijobiyligi”, o‘z-o‘zini hurmat qilish”, “boshqalardan ijobiy munosabatni kutish” va “Men”ni “Biz”ga proeksiyalash kabi tayanch mezonlarni differensiatsiyalash zarurati asoslangan;
o‘quvchilarda tarbiya darajasini namoyon bo‘lishi guruhni idrok qilishning “individuallik” tipini “ahillik”, “g‘amxo‘rlik”, “pragmatiklik”ni “muruvvatlilik” bilan teskari, “jamoaviylik”ni “mehmondo‘silik”, “hurmatlilik” bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi tufayli guruhdagi xulq-atvor motivasiyasini rivojlanishiga identiv ekanligi asoslangan;
yoshlar tarbiyasi darajasining diagnostikasi natijasida mehmondo‘stlik, tinglovchanlik, xojatbarorlik, g‘amxo‘rlik, ahillik milliy fazilatlarining ijtimoiy maydon ta’sirida namoyon bo‘lish tufayli “ijtimoiy nufuzga”, “raqobatga”, “maqsadga erishishga” intilish ustuvor omil sifatida namoyon bo‘lishi dalillangan;
yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik modeli shaxsga korreksion-adaptiv ta’sir etishning kommunikativ, persepsiv, interaktiv, didaktik bosqichlarida getereosteretip va avtostereotip qarashlarning o‘zaro integrativ rivojlanishi muhimligi tufayli “motivasion baholash”, “xulq-atvorni nazorat qilish”, “hissiy”, “kognitiv”, “sog‘lom sosializasiya” mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ota-onaning bolaga munosabati natijasida farzandga nisbatan “g‘amxo‘rlik qilish”, “kuchli hissiy aloqa bildirish”ni “o‘rtoqlik (hamkorlik)” omiliga bog‘liq ravishda kuchli namoyon bo‘lishi tufayli o‘smirlarda milliy tarbiya shakllanishiga ijobiy ta’sir etuvchi “mustaqillik”, “muloqotmandlik”, “kurashga tayyorlik”, “jamoaviylik”, “affiliatsiya”, “tartib-intizom”, “ko‘makni qabul qilish” kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar aniqlanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-58-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Pedagogik psixologiyasi» va «Ijtimoiy psixologiya» modullriga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-58a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliy tarbiya shakllanishiga ijobiy ta’sir qiladigan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar rivojlantirilgan;
shaxs xususiyatlariga ko‘ra xalqimiz orasida ko‘proq milliylik kasb etadigan va milliy qadriyatga aylangan “mehmondo‘stlik”, “tinglovchanlik”, “muruvatlilik”, “g‘amxo‘rlik”, “hojatbarorlik”, “ahillik” va “hurmatlilik” kabi fazilatlarni xulqda ustuvor namoyon bo‘lishi sababli o‘smirlarda milliy tarbiyalanganligini ta’minlovchi “o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatni ijobiyligi”, “o‘ziga ishonchni ijobiyligi”, o‘z-o‘zini hurmat qilish”, “boshqalardan ijobiy munosabatni kutish” va “Men”ni “Biz”ga proeksiyalash kabi tayanch mezonlarni differensiasiyalash zarurati asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-58-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy psixologiya» va «Pedagogik psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-58a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliylik kasb etadigan va milliy qadriyatga aylangan milliy fazilatlarni shakllantirish imkoni oshirilgan;
o‘quvchilarda tarbiya darajasini namoyon bo‘lishi guruhni idrok qilishning “individuallik” tipini “ahillik”, “g‘amxo‘rlik”, “pragmatiklik”ni “muruvvatlilik” bilan teskari, “jamoaviylik”ni “mehmondo‘silik”, “hurmatlilik” bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi tufayli guruhdagi xulq-atvor motivasiyasini rivojlanishiga identiv ekanligi asoslanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-58-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-58a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliy tarbiyalanganligini ta’minlovchi tayanch mezonlari mustahkamlangan;
yoshlar tarbiyasi darajasining diagnostikasi natijasida mehmondo‘stlik, tinglovchanlik, hojatbarorlik, g‘amxo‘rlik, ahillik milliy fazilatlarining ijtimoiy maydon ta’sirida namoyon bo‘lishi tufayli “ijtimoiy nufuzga”, “raqobatga”, “maqsadga erishishga” intilish ustuvor omil sifatida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-58-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy psixologiya» va «Pedagogik psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-58a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliy tarbiyani shakllantirishga oid zamonaviy va milliy tarbiya metodlari bo‘yicha bilimlar mustahkamlangan;
yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik modeli shaxsga korreksion-adaptiv ta’sir etishning kommunikativ, persepsiv, interaktiv, didaktik bosqichlarida getereosteretip va avtostereotip qarashlarning o‘zaro integrativ rivojlanishi muhimligi tufayli “motivasion baholash”, “xulq-atvorni nazorat qilish”, “hissiy”, “kognitiv”, “sog‘lom sosializasiya” mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilganliga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-58-sonli buyrug‘i bilan markaz qoshidagi psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi o‘quv rejasining «Ijtimoiy psixologiya» va «Pedagogik psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-58a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda milliy tarbiyalanganlik darajasi oshirilgan.