Nazarova Ozoda Tashnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
«Talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P540.
Ilmiy rahbar: Yakubova Go‘zal Asatullaevna, psixologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Rustamov Shavkat Shuxrat o‘g‘li, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).   
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik - psixologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta'lim muassasalari talabalarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishda liderlik, mustaqillik, to‘g‘ri tajavuzkorlik, hamkorlik, mas'uliyatlilik, bag‘rikenglik sifatlarini dinamik tarzda kasbiy sifatlarga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxslararo munosabatlarning interpesonal shaxs xususiyatlarining ustuvorligi pedagogik-psixologik jihatdan asoslangan;
talabalarda kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanishi muloqotchanlik, mantiqiy fikrlash, emosional barqarorlik, optimizm, ijodiy tafakkur, o‘zini nazorat qilish, o‘zgalarga yo‘nalganlikning shaxs xususiyatlari bilan integratsiyasi tufayli kommunikativ ijtimoiy kompetentlikning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan;  
talabalardagi kommunikativ qobiliyatlarini rivojlanishiga psixologik omillarning ta'siri natijasida muloqotdagi eksperssiv xarakatlarni tushunish, anglash, idrok qilish, shaxslararo munosabatlarda empatiya, identifikasiyaning ustuvorligi tufayli noverbal-persepsiv kompetentlikni shakllanishi dalillangan;
talabalar kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishda muloqotdagi verbal va noverbal ko‘nikmalarni empatiya, ijtimoiy identifikasiya, konfliktlarni boshqarish malakalarini ustuvor namoyon bo‘lishini ta’minlash muhtimligiga ko‘ra  ijtimoiy kompetentlikni shakllanishiga korreksion-adaptiv ta'sir etish muhimligi asoslangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishda liderlik, mustaqillik, to‘g‘ri tajavuzkorlik, hamkorlik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik sifatlarini dinamik tarzda kasbiy sifatlarga integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli shaxslararo munosabatlarning interpesonal shaxs xususiyatlarining ustuvorligi pedagogik-psixologik jihatdan asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-45 sonli buyrug‘i bilan  “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-45-a-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarining kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari yaratilgan;
talabalarda kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanishi muloqotchanlik, mantiqiy fikrlash, emotsional barqarorlik, optimizm, ijodiy tafakkur, o‘zini nazorat qilish, o‘zgalarga yo‘nalganlikning shaxs xususiyatlari bilan integratsiyasi tufayli kommunikativ ijtimoiy kompetentlikning shakllanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-45 sonli buyrug‘i bilan  “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-45-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kommunikativ qobiliyatlar namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligi aniqlashtirilgan;
talabalardagi kommunikativ qobiliyatlarini rivojlanishiga psixologik omillarning ta’siri natijasida muloqotdagi eksperssiv xarakatlarni tushunish, anglash, idrok qilish, shaxslararo munosabatlarda empatiya, identifikatsiyaning ustuvorligi tufayli noverbal-persepsiv kompetentlikni shakllanishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 2023-yil 12-avgustdagi PM-45 sonli buyrug‘i bilan  “Ontogenez psixologiyasi va differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-45-a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda kommunikativ qobiliyatlariga ta’sir etuvchi psixologik omillar aniqlashtirilgan;
talabalar kommunikativ qobiliyatlarini rivojlan¬tirishda muloqotdagi verbal va noverbal ko‘nikmalarni empatiya, ijtimoiy identifikatsiya, konfliktlarni boshqarish malakalarini ustuvor namoyon bo‘lishini ta’minlash muhtimligiga ko‘ra  ijtimoiy kompetentlikni shakllanishiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 2023-yil 12-avgustdagi PM-45 sonli buyrug‘i bilan   “Psixologik maslahat va korreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 614-avgustdagi PM-45-a-son ma’lumotnomasi). Natijada  talabalar kommunikativ qobiliyatlarini rivojlan¬tirish bo‘yicha psixo-korreksion natijalar asosida psixologik xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish