Yakubov Muzaffar Matyakubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining genetik, nav va ekish sifatlarini baholashda urug‘ nazoratini takomillashtirish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx813.
Ilmiy rahbar: Rashidova Dilbar Karimovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSs.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboev Saidmurod Kimsanbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining genetik, nav va ekish sifatlarini baholashning ichki urug‘ nazorati tizimini takomillashtirish va xalqaro bozor talablariga muvofiq urug‘lik sifatini aniqlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘o‘za navlari urug‘lik sifatini aniqlash bo‘yicha halqaro qoidalarga muvofiq urug‘lik chigit ifloslanganligi, tuksiz chigitlarda tuk qoldig‘i, tukli chigitlarda tola qoldiqdorligi va kuyganligi hamda qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larining namligini aniqlash usullari takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining namligini aniqlashning amaldagi bir bosqichli usuliga nisbatan ikki bosqichli usuli ishonchli tahlil qilish natijasini berishi isbotlangan;
bug‘doy va g‘o‘zada urug‘lik partiyalari bo‘yicha navdorligini aniqlashda gliadin (bug‘doy) va albumin (g‘o‘za) oqsillarining elektroforetik tahlil qilish samarali usul ekanligi aniqlangan;
zaxira oqsillari elektroforetik tahlili bo‘yicha g‘o‘zaning Buxoro-102 navi gomogen, Andijon-36 navi geterogen, bug‘doyning Krasnodar-99, Do‘stlik, Pahlavon, Bardosh va E’zoz navlari gomogen, Durdona navi geterogen ekanligi aniqlangan;
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini etishtirishda ichki urug‘ nazorat tizimining joriy etilishi urug‘larning genetik, nav, ekish sifatlarini oshirish va nav sofligini saqlash imkonini berishi isbotlangan;
g‘o‘zaning qimmatli xo‘jalik belgilari - ochilgan ko‘saklar soni, umumiy ko‘saklar soni, bir dona ko‘sak vazni va 1000 dona chigit vazni  bilan o‘simlik mahsuldorligi orasida ijobiy korrelyativ bog‘lanish aniqlangan va shu asosida o‘simliklarni tanlab olish samaradorligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining genetik, nav va ekish sifatlarini baholashda urug‘ nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
ichki urug‘ nazorat tizimi Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Javlonbek” elita fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning An-Bayovut-2 navi 68,8 gektar va bug‘doyning Do‘stlik navi 74,0 gektar, Zafarobod tumani “Toshtemir ota” elita fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning An-Bayovut-2 navi 68,0 gektar va bug‘doyning Durdona navi 68,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-yanvardagi 07/21-21-06/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zada qo‘shimcha An-Bayovut-2 navi bo‘yicha hosildorlik 3-4 s/ga (40,8 tonna), bug‘doyning Do‘stlik va Durdona navlarida 5-7 s/ga (85,23 tonna) hosil olish imkonini bergan hamda g‘o‘zada nav tozaligi 1-2% va bug‘doyda 3-4% yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani “Oqsuv” elita fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning Andijon-36 navi 72,0 gektar va bug‘doyning Oqsuv navi 60,0 gektar, Izboskan tumani “Izboskan yuksalish ne’mati” elita fermer xo‘jaligida bug‘doyning Krasnodar-99 navi 60,0 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-yanvardagi 07/21-21-06/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning Andijon-36 navi bo‘yicha nav tozaligi 1-2% va bug‘doy navlarida 3-4% ga, hosildorlik g‘o‘zada 4-5 s/ga (28,8 tonna), bug‘doyda 7-8 s/ga (84 tonna) qo‘shimcha mahsulotlar olishga erishilgan;
urug‘lik materiallarining zaxira oqsillarining elektoforegrammasi asosida genetik nav tozaligi aniqlangan va bug‘doyning Krasnodar-99, Do‘stlik, Paxlavon, Bardosh va E’zoz navlari gomogen, Durdona navida geterogen, g‘o‘zaning Buxoro-102 navida gomogen va Andijon-36 navida geterogen bo‘lganligi aniqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-yanvardagi 07/21-21-06/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik chigit va bug‘doyning genetik nav tozaligida zahira oqsillarining roli asoslangan;
urug‘lik sifatini aniqlash bo‘yicha, O‘z DSt 3498:2021 Urug‘lik chigit. Ifloslanganligini aniqlash usuli; O‘z DSt 3499:2021 Urug‘lik chigit. Kuyganligini aniqlash usullari; O‘z DSt 3500:2021 Urug‘lik chigit. Tola qoldiqdorligini aniqlash usuli; O‘z DSt 3501:2021 Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari. Namligini aniqlash usullari; O‘z DSt 3502:2021 Urug‘lik chigit. Tuksiz chigitlarda tuk qoldig‘ini aniqlash usuli kabi davlat standartlar hamda “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekiladigan urug‘larini tayyorlash va ishlab chiqarishga g‘amlash bo‘yicha ichki auditni o‘tkazish tartibi” to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgan va joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27-yanvardagi 07/21-21-06/93-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘lik ashyolarining sifat ko‘rsatkichlari ortganligi bois hosildorlikning yuqori bo‘lganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish