Soatov Baxrom Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Buxoro viloyati suv havzalari baliqlari gelmintlarining ekologik - faunistik tavsifi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B551.
Ilmiy rahbar: Kuchboev Abdurahim Ergashevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.91.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaev Saydulla Dadaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Eshova Xolisa Saidovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati suv havzalaridagi baliqlar gelmintlarining tur tarkibi, tarqalishi, taksonomiyasi va baliqlarning gelmintlar bilan zararlanishi aniqlash hamda asosiy gelmintozlarga qarshi kurashishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyati suv havzalaridagi 13 tur baliqlarda gelmintlarning 32 turi qayd etilgan. Ulardan 12 turi sestoda, 6 turi trematoda, 2 turi akantotsefala va 12 turi nematoda sinfiga mansubligi aniqlangan;
O‘zbekiston faunasi uchun Philometra kotlani va Contracaecum rudolphi nematoda turlari birinchi marta aniqlangan;
Buxoro viloyati suv havzalari baliqlarida qayd etilgan 11 tur gelmintlar (Biacetabulum appendiculatum, Proteocephalus osculatus, Allocradium isoporium, Thylodelphys clavata, Bolboforus confusus, Capillaria tomentosa, Gnathostoma hispidum, Dioctophyme renale, Camallanus lacustris, Contracaecum spiculigerum, Acantocephalus lucii) hudud uchun yangi ekanligi aniqlangan;
5 tur gelmintlar (Thylodelphys clavata, Acantocephalus lucii, Contracaecum rudolphi, Capillaria tomentosa, Philometra kotlani) yangi xo‘jayinda parazitlik qilishi isbotlangan;
baliqlarda parazitlik qiluvchi ayrim munozarali gelmint turlarining DNK nukleotidlari ketma - ketligi (18S, ITS2, COXI) asosida molekulyar identifikatsiyasi amalga oshirilgan;
Buxoro viloyati suv havzalari baliqlari va ularning gelmintlari o‘rtasida biotsenotik munosabatlari hamda gelmintlar faunasining shakllanish yo‘llari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyati va unga chegaradosh suv havzalari baliqlari gelmintlarining tur tarkibini aniqlash va ularga qarshi chora tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv havzalari baliqlarining asosiy gelmintozlari hisoblangan ligulidoz va rafidaskarioz kasalliklariga qarshi antgelmintik (prazikvantel, evermiktin, alben) preparatlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Buxoro viloyati “Hayrobod zamini saxovati” va Javohir – Mirzo sahovati balig‘i” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 22 apreldagi 02/23-797-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, antigelmintik dori preparatlari gelmintozlar bilan kasallanishni 65-70% gacha kamaytirish va baliqlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichini 10 % ga oshirish imkonini bergan;
morfologik belgilari bo‘yicha o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan turlarining molekulyar-genetik tahlili asosida ribosomal DNK 18S sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) Genbank bazasiga kiritilgan. (Biotexnologik axborotlar milliy markazining 2022 yil 19 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Pomphorhynchus laevis turi uchun – OP681185; Contracaecum rudolphi turi uchun – OP912388 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
baliqlarda uchraydigan gelmint turlarining mitoxondrial DNK COXI sohasi nukleotidlar ketma – ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Milliy biotexnologiya axborot markazi Genbank bazasiga bazasiga kiritilgan. (Milliy biotexnologiya axborot markazi, 2022 yil 04 dekabrgi ma’lumotnomasi, NCBI). Natijada, OP648270 – Ligula intestinalis, OP648281 – Ligula intestinalis, OP648282 - Digramma interrupta OP648287 - Digramma interrupta identifikatsiya raqamlari olinib, turlarni molekulyar taksonomik va filogenetik o‘rnini asoslash imkonini bergan.