Xamidov Diyorbek Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 bilan bog‘liq miokard infarktining klinik va molekulyar-genetik jihatlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3182.
Ilmiy rahbar: Aleynik Vladimir Alekseevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori; Yariev Alisher Alimjonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik va genetik omillarni baholash asosida COVID-19 bilan bog‘liq miokard infarkti rivojlanish xavfining prognostik mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MTHFR Ala222Val va MTR Asp919Gly foliy kislotasi almashinuvi genlari polimorfizmlarining allel va genotipik variantlarining COVID-19 bilan kasallangan va anamnezida COVID-19 bo‘lmagan bemorlarda giperkoagulyasion sindromni va MI rivojlanishidagi ahamiyati isbotlangan;
F5 genining Arg506Gln polimorfizmining noqulay Arg/Gln genotipining COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MI rivojlanish xavfi bilan bog‘liq prognostik qiymati isbotlangan;
COVID-19 koronavirus infeksiyasi vaqtida MTRR genining Ile22Met polimorfizmining noqulay gomozigotali Met/Met genotipining mavjudligi va MI rivojlanish xavfi o‘rtasidagi sezilarli assotsiativ bog‘liqlik isbotlangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MI rivojlanish xavfi va yurak-qon tomir asoratlarini qaytalanishini bashorat qilishda individual yondashuv mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2023-yil 30-sentyabrdagi 06/27-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish to‘g‘risida Andijon davlat tibbiyot institutining 2023-yil 30-sentyabrdagi 06/27-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: MTHFR Ala222Val va MTR Asp919Gly foliy kislotasi almashinuvi genlari polimorfizmlarining allel va genotipik variantlarining COVID-19 bilan kasallangan va anamnezida COVID-19 bo‘lmagan bemorlarda giperkoagulyasion sindromni va MI rivojlanishidagi ahamiyati Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi bo‘yicha (07.07.2023 y.; № 29) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (07.03.2023 y.; № 32) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu genetik polimorfizmlarni o‘z vaqtida aniqlash, prfilaktika, prognozlash va zarur terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni kamayadi va anamnezida COVID-19 bo‘lgan bemorlarni davolash natijalari yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ambulator sharoitda amalga oshirilayotgan tadbirlar majmuasini ta’minlash natijasida xavf guruhidagi bemorlar 14 kunlik statsionar davolanishni talab qilmaydi va bu orqali 2 million 520 ming so‘m iqtisod qilinadi (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada 1 kun davolanish 180000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan populyasiyada F5 genini Arg506Gln va MTRR genini Ile22Met polimorfizmini o‘rganish COVID-19 bilan bog‘liq MI ning oldini olish va davolashning prognostik usullari samaradorligini oshirish imkonini beradi, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1350000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘ni 780000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: F5 genining Arg506Gln polimorfizmining noqulay Arg/Gln genotipining COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MI rivojlanish xavfi bilan bog‘liq prognostik qiymati Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi bo‘yicha (07.07.2023 y.; № 29) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (07.03.2023 y.; № 32) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: F5 genining patogen polimorfizmlarini aniqlash, xavf ostida bo‘lgan bemorlarda gierkoagulyasiya sindromi xavfini kamaytirishga qaratilgan profilaktika choralarini o‘z vaqtida boshlash, shuningdek, sezilarli terapevtik ta’sirga erishish uchun bashoratli davolanishni buyurish imkonini beradi. COVID-19 bilan bog‘liq MI rivojlanish xavfi kamayadi, bu kasalxonaga yotqizish va keyingi reabilitatsiya davomiyligini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning kasalxonada qolish muddati 28 kundan 10 kungacha, kasalxonada davolanish xarajatlarini esa 3240000 so‘mga qisqartirildi (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada 1 kun davolanish 180000 so‘mni tashkil qiladi); kasalxonada qolish muddati qisqarganligi sababli kamroq dori-darmonlar talab qilinadi (kuniga o‘rtacha 340000 so‘m dori vositalari iste’mol qilinadi); reabilitatsiya xarajatlari kamayadi (kuniga o‘rtacha 80000 so‘m sarflanadi). Xulosa: anamnezida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MI rivojlanish xavfi, bemorlarning hayot sifatini pasayishiga olib keladigan kasallikning og‘ir shakllariga o‘tishining oldi olindi, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 850450 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘ni 540750 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 koronavirus infeksiyasi vaqtida MTRR genining Ile22Met polimorfizmining noqulay gomozigotali Met/Met genotipining mavjudligi va MI rivojlanish xavfi o‘rtasidagi sezilarli assotsiativ bog‘liqlik Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi bo‘yicha (07.07.2023 y.; № 29) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (07.03.2023 y.; № 32) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: MTRR genining Ile22Met polimorfizmining diagnostik va prognostik ma’lumotlar tarkibini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ushbu diagnostika usulining sezgirligi – 50,3%, o‘ziga xosligi – 28,6%, ijobiy natijaning bashoratli qiymati – 79,8%, salbiy natijaning bashoratli qiymati – 9,3%, ijobiy natija ehtimoli – 0,7; salbiy natija ehtimoli nisbati – 1,6 ga teng. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak etishmovchiligining og‘ir shakllarini rivojlanishini oldini olish, bemorlarning kasalxonada qolish muddatini 28 kundan 10 kungacha qisqartirishga, kasalxonada qolish xarajatlarini 3240000 so‘mga kamaytirishga olib keladi (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada 1 kun davolanish 180000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: miokard infarkti diagnostikasi va rivojlanishini molekulyar genetik tadqiqotlar yordamida o‘z vaqtida va ishonchli qo‘llash orqali prognoz qilish usuli 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 850450 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘ni 540750 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MI rivojlanish xavfi va yurak-qon tomir asoratlarini qaytalanishini bashorat qilishda individual yondashuv mezonlari Farg‘ona shahar 1-son shahar shifoxonasi bo‘yicha (07.07.2023 y.; № 29) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali bo‘yicha (07.03.2023 y.; № 32) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan kompleks yondashuvdan foydalanish anamnezida COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda MI diagnostikasi va COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik genetik tadqiqotlar orqali COVID-19 bilan bog‘liq MI kelib chikishi va rivojlanishini bashorat qilish natijasida bemorlardan kasalxonada 14 kunlik davolanish talab qilinmaydi. 2 million 250 ming so‘m tejashga erishildi (Andijon davlat tibbiyot instituti shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada 1 kun davolanish 180000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: COVID-19 bilan bog‘liq MI rivojlanish xavfi bo‘lgan aholini tekshirishda yuqoridagi usullardan foydalanilganda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 575000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 675000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.