Maxmudov Narzikul Xodjanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda diabetik retinopatiyani kechishining klinik va funksional jihatlari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2237.
Ilmiy rahbar: Djamalova Shirin Abdumuratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Shusterov Yuriy Arkad`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Yuldasheva Nodira Maxmudjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: akademik S. N. Fedorov nomidagi «Ko‘z mikroxirurgiya» tarmoqlararo ilmiy-texnik kompleksi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik-funksional ko‘rsatkichlar asosida diabetik retinopatiyaning kechishi va avj olishiga o‘tkazgan koronavirus infeksiyasining ta’sirini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik retinopatiya avj olishiga o‘tkazgan koronavirus infeksiyasining ta’siri, bu neproliferativ bosqich og‘irlik darajasining oshishi aniqlangan;
COVID-19 og‘ir kechishi bilan qandli diabetni avj olishi hamda glikemik profil va gemostaz laborator ko‘rsatkichlarining siljishlari o‘rtasidagi assotsiatsiyasi aniqlanagan;
COVID-19da diabetik retinopatiya rivojlanishining eng muhim prognostik klinik-laborator omillari aniqlangan;
OKT-angio ma’lumotlari asosida COVID-19 o‘tkazgandan keyin diabetik retinopatiya kuzatilgan bemorlar to‘r pardasi makulyar sohasida mikrotsirkulyasiyaning o‘ziga xos buzilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 15 oktyabrdagi 01/001-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: diabetik retinopatiya avj olishiga o‘tkazgan koronavirus infeksiyasining ta’siri, bu neproliferativ bosqich og‘irlik darajasining oshishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 o‘tkazgandan keyin bemorlarda diabetik retinopatiya avj olishiga ta’sir ko‘rsatuvchi eng ahamiyatli klinik omillarni baholashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.12.2022 y.; № 41) bilan va Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining bo‘yicha buyruq (02.12.2022 y.; № 51) bilan klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: natijada koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda diabetik retinopatiyaning rivojlanishi ta’sir qiluvchi omillarni o‘rni, anemnestik, klinik, oftolmologik va labarator ko‘rsatikichlar asosida samarali tashxislash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: DRning rivojlanishiga keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 2 300 000 so‘m iqtisod qilindi (COVID-19da kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (40 dan 18 bemor) DRli bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 41 400 000 (18 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: olingan natijalar o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va maxsus davolashni boshlash imkonini beradi, diabetik retinopatiyaning rivojlanish xavfini minimallashtiradi, bu esa sezilarli xarajatlarni tejashga yordam beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda diabetik retinopatiya kechishining klinik-funksional jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIIAKMTM direktori tomonidan 2023 yil 27 oktyabrdagi 01-07/369-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 og‘ir kechishi bilan qandli diabetni avj olishi hamda glikemik profil` va gemostaz laborator ko‘rsatkichlarining siljishlari o‘rtasidagi assotsiatsiyasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: olingan natijalar koronavirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda DRning rivojlanishini bashorat qilish uchun ushbu naqsh mavjudligidan foydalanishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.12.2022 y.; № 41) bilan va Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining bo‘yicha buyruq (02.12.2022 y.; № 51) bilan klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: DRning rivojlanishini o‘z vaqtida bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash orqali bemorlarning ko‘rin qobiliyatini va ularning hayot sifatini saqlab qolishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda DR rivojlanishi bilan sodir bo‘ladigan asosiy laborator ko‘rsatkichlarni bilish bemorlarga qo‘shimcha diagnostika tekshiruvlariga asossiz ravishda sarflashlari mumkin bo‘lgan mablag‘larning taxminan 40-65% tejash imkonini beradi. Xulosa: olingan natijalar o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va maxsus davolashni boshlash imkonini beradi, diabetik retinopatiyaning rivojlanish xavfini minimallashtiradi, bu esa sezilarli xarajatlarni tejashga yordam beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda diabetik retinopatiya kechishining klinik-funksional jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIIAKMTM direktori tomonidan 2022 yil 27 oktyabrdagi 01-07/369-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19da diabetik retinopatiya rivojlanishining eng muhim prognostik klinik-laborator omillari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: aniqlangan pronostik klinik-laborator omillar COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda DRning rivojlanishini bashorat qilishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.12.2022 y.; № 41) bilan va Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining bo‘yicha buyruq (02.12.2022 y.; № 51) bilan klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: DRning rivojlanishini o‘z vaqtida bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash orqali bemorlarning ko‘rin qobiliyatini va ularning hayot sifatini saqlab qolishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda DR rivojlanishining asosiy prognostik omillarni bilish bemorlarga qo‘shimcha davolash muolajalarning asossiz ravishda sarflashlari mumkin bo‘lgan mablag‘larning taxminan 40-50% tejash imkonini beradi. Xulosa: aniqlangan prognostik klinik-laborator omillar diabetik retinopatiyaning rivojlanishining o‘z vaqtida aniqlash yoki oldini olish imkonini beradi, diabetik retinopatiyaning rivojlanish xavfini minimallashtiradi, bu esa sezilarli xarajatlarni tejashga yordam beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda diabetik retinopatiya kechishining klinik-funksional jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIIAKMTM direktori tomonidan 2022 yil 27 oktyabrdagi 01-07/369-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangillik: OKT-angio ma’lumotlari asosida COVID-19 o‘tkazgandan keyin diabetik retinopatiya kuzatilgan bemorlar to‘r pardasi makulyar sohasida mikrotsirkulyasiyaning o‘ziga xos buzilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 o‘tkazgandan keyin bemorlarda diabetik retinopatiya avj olishini aniqlash uchun maxsus OKT-angio mezonlari ishlab chiqishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikrojarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha buyruq (06.12.2022 y.; № 41) bilan va Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining bo‘yicha buyruq (02.12.2022 y.; № 51) bilan klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: natijada koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda diabetik retinopatiyani tashxislashda angio-OKT biomarkerlarning o‘rni va ahamiyati orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va maxsus davolashni boshlash imkonini beradi, diabetik retinopatiyaning rivojlanish xavfini minimallashtiradi, bu esa sezilarli xarajatlarni tejashga yordam beradi. Xulosa: aniqlanishicha, koronavirus infeksiyasida DR avj olishiga to‘r parda makulyar zonasida mikrotsirkulyasiyaning sezilarli buzilishi xos bo‘lib, angio-OKT metodi yordamida ehtimol ob’ektiv aniqlanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda diabetik retinopatiya kechishining klinik-funksional jihatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIIAKMTM direktori tomonidan 2022 yil 27 oktyabrdagi 01-07/369-son xat yuborilgan.