Toshpulatov Saidaxmad Olimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli xil periferik vitreoxorioretinal distrofiyalarda kombinirlangan lazer jarrohligi qo‘llanilishining klinik va funksional natijalari» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1678.
Ilmiy rahbar: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.  
Rasmiy opponentlar: Dr. Ugur Emrah Altiparmak, professor (Turkiya); Bilalov Erkin Nazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Asoratlangan periferik vitreoxorioretinal distrofiyali bemorlarda kombinirlangan lazer jarrohlik samaradorligini baholash va ushbu bemorlarda o‘tkaziladigan keratorefraksion lazer jarrohlik amaliyotlariga differensial yondashuv algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
traksion komponentli turli xil periferik vitreoxorioretinal distrofiyalarda ko‘z to‘r pardasi distrofik sohasining spektral optik kogerent tomografiyasi va ultratovush tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra diagnostik mezonlari takomillashtirilgan; 
ilk bor traksion komponentli periferik vitreoxorioretinal distrofiyaning xususiyatlarini hisobga olgan holda bar’er lazerkoagulyasiya va IAG-lazerli traktotomiyani o‘z ichiga olgan kombinirlangan davolash usuli ishlab chiqilgan va taklif qilingan usul samaradorligi isbotlangan; 
ilk bor lazer keratomileusis in situ (LASIK) jarrohlik amaliyoti davomida qo‘llaniladigan mikrokeratom uskunasini asoratlangan periferik vitreoxorioretinal distrofiyali bemorlarning ko‘z to‘r pardasida asoratlar keltirib chiqarishi aniqlangan;
ilk bor traksion komponentli periferik vitreoxorioretinal distrofiyali bemorlarda bar’er lazerkoagulyasiya va kombinirlangan lazer jarrohligidan keyin keratorefraksion lazer operatsiyalarni o‘tkazish mezonlari aniqlanib, ushbu bemorlarning olib borish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi  ekspert kengashining 2023 yil 20 oktyabrdagi 4-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: traksion komponentli turli xil periferik vitreoxorioretinal distrofiyalarda ko‘z to‘r pardasi distrofik sohasining spektral optik kogerent tomografiyasi va ultratovush tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra diagnostik mezonlari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Periferik vitreoxorioretinal distrofiyalarni (PVXRD) tashxislashda yanada chuqurroq yondashilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va "Doctor Vision" klinikasida Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘z vaqtida, aniq qo‘yilgan tashxis bar’er lazer koagulyasiyasini qayta qilish zaruratidan xolos qiladi va traksiyani o‘z vaqtida aniqlab kombinirlangan davoga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan natijalar o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va maxsus davolashni boshlash imkonini beradi va bemor qayta lazer davoga muhtoj bo‘lmaydi. Xulosa: Ushbu ilmiy yangilikni tekshirish usullari standartiga qo‘shish periferik vitreoxorioretinal distrofiyali bemorlarna o‘z vaqtida tashxislab, kerakli va to‘g‘ri davo chorasini tanlashda yordam beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor traksion komponentli periferik vitreoxorioretinal distrofiyaning xususiyatlarini hisobga olgan holda bar’er lazerkoagulyasiya va IAG-lazerli traktotomiyani o‘z ichiga olgan kombinirlangan davolash usuli ishlab chiqilgan va taklif qilingan usul samaradorligi baholangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Traksion komponentli turli xil periferik vitreoxorioretinal distrofiyasi mavjud bemorlarda ko‘z to‘r pardasining regmatogen to‘liq ko‘chib ketishini oldini oladigan hamda bemorlarning vizual hayot sifatini yaxshilaydigan kombinirlangan lazer davosi taklif qilingan va ishlab chiqarilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va "Doctor Vision" klinikasida Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ushbu kombinirlangan usul asoratli PVXRD li bemorlarda kelgusida keratorefraksion jarrohlik amaliyotini bajarishga va o‘z navbatida hayot sifatini yahshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Davolanishda iqtisodiy xarajatlarini kamaytirishga, amaliyotdan keyingi davrda asoratlarning qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Xulosa: Ushbu kombinirlangan usulni (bar’r lazer koagulyasiyasi va IAG shvartotomiya) qo‘llagan holda kelajakdagi kuzatilishi mumkin asroratlar ya’ni; yangi to‘r parda yartiqlarini xosil bo‘lishidan to regmatogen to‘r parda ko‘chishigacha bo‘lgan xolatlarni oldi olinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor LASIK jarrohlik amaliyoti davomida qo‘llaniladigan mikrokeratom uskunasini asoratlangan periferik vitreoxorioretinal distrofiyali bemorlarning ko‘z to‘r pardasiga ta’siri o‘rganilgan va keltirib chiqaruvchi asoratlar tahlil qilingan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Mikrokertatom xalqasi orqali kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni korreksiya qilish va to‘g‘ri davo taktikasini tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va "Doctor Vision" klinikasida Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarga aynan qaysi yo‘l bilan ko‘rish o‘tkirligini korreksiya qilishni tavsiya berish va o‘z navbatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Ushbu ilmiy yangilikni iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki: Lazer korreksiya qilingan ko‘zlarda uchraydigan asoratlarni kamaytirish va qayta davolanishni oldini olishdir. Xulosa: Bundan ko‘rinib turibdiki LASIK amaliyoti vaqtida ishlatiladigan mikrokeratom uskunasi ko‘z old-orqa o‘qida o‘zgarishga olib keladi va vitreoretinal tortishuv xisobiga to‘r pardada turli asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Yuqoridagilarni xisobga olgan xolda har bir keratorefraksion amaliyotlarga yo‘naltirilayotgan bemorlar nafaqat keratorefraktometrik, balki ko‘z tubini chuqurroq tekshirib, munosib jarrohlik usulini taklif qilinishi kerak;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor traksion komponentli periferik vitreoxorioretinal distrofiyali bemorlarda bar’er lazerkoagulyasiya va kombinirlangan lazer jarrohligidan keyin keratorefraksion lazer operatsiyalarni o‘tkazish mezonlari aniqlanib, ushbu bemorlarning olib borish algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Ushbu algoritm PVXRD li bemorlarni qaysi usulda davolash yo‘lini tanlash orqali to‘r pardadagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarini oldini olish va munosib, kam zarar etkazuvchi keratorefraksion jarrohlik amaliyotlarini olib borishdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali va "Doctor Vision" klinikasida Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bemorlarni statsionar davo kunlarini qisqrtirish va mexnat qobilyatini erta tiklanishi, shu bilan bir qatorda to‘r parda asoratlarini oldini olish va ko‘rish o‘tkirligini oshirish yo‘li bilan bemorlarni hayot sifatini yahshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Olingan natijalarni joriy qilinishi traksion komponentli periferik vitreoxorioretinal distrofiyalari bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga, davolanishda iqtisodiy xarajatlarini kamaytirishga, amaliyotdan keyingi davrda asoratlarning qisqartirishga va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Jami, ushbu tashxislash algoritmini va davolash usulini qo‘llash natijasida 2 uslubiy tavsiyanoma natijalariga muvofiq 1 yilda 37 900 314 va 33 278 000 so‘m tejalishiga erishish mumkin. Xulosa: Ishlab chiqilgan algoritm keratorefraksion amaliyot bajarish uchun murojat qilgan periferik vitreoxorioretinal distrofiyali bemorlarni davolashni to‘gri tashkillashtirishga yordam beradi va asoratli distrofiyalari bor bemorlarni xam keratorefraksion amaliyotlarga yo‘naltira olish va og‘ir asoratlarni oldini olishda muxim axamiyat kasb etadi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish