Jumaeva Eleonora Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Chiqindi suvlar tarkibidagi Cu(II) va Fe(III) ionlarini aniqlashning sorbsion-atom-absorbsion usulini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K679.
Ilmiy rahbar Ro‘zmetov Uchqun O‘runboevich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Hilola Umatalievna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Abdurahmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atrof-muhit obektlarida mis(II) va temir(III) ionlarini immobillangan organik reagentlar yordamida aniqlashning gibrid, sezgir sorbsion-atom-absorbsion usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashuvchilarning analitik parametrlarini yaxshilash va sezgirlikni oshirish uchun toron I va sulfosalisil kislotasining funksional va analitik faol guruhlariga bog‘liq holda immobillanishining analitik va metrologik tavsiflari aniqlangan;
immobillangan toron I va sulfosalisil kislotasining mis(II) va temir(III) ionlari bilan kompleks hosil bo‘lishida optimal sharoitlari tanlangan va kompleks birikmalarning mol nisbatlari 1:1, barqarorlik konstantalari βCuL=5,95·1011 va βFeL=2,48·1017 ga teng ekanligi isbotlangan;
mis(II) va temir(III) ionlarini aniqlashga xalaqit beruvchi ionlar konsentratsiyasi aniqlangan, ishlab chiqilgan usul sun’iy aralashmalar analizida qo‘llanilgan;
Navoiy viloyatidagi tabiiy va chiqindi suvlar tarkibidan mis(II) va temir(III) ionlarini sorbsion-atom-absorbsion aniqlash amalga oshirilgan va uslubning to‘g‘riligi inversion voltamperometriya hamda spektrofotometriya usullari bilan solishtirilgan va nisbiy standart chetlanishi 0,023 dan oshmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat chiqindi suvlaridan mis(II) va temir(III) ionlarini aniqlashning sorbsion-atom-absorbsion usulini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
immobillangan organik reagentlar yordamida mis(II) va temir(III) ionlarini aniqlashning sorbsion-atom-absorbsion usuli Navoiy viloyati “Navoiyazot” AJ analitik laboratoriyasida chiqindi suvlari tahlilida sinovdan o‘tgan va amaliyotda qo‘llashga tavsiya etilgan (“Navoiyazot” AJ ning 2021-yil 19-iyuldagi 01-8/5297-son ma’lumotnomasi). Immobillangan organik reagentlardan foydalanish orqali “Navoiazot” AJ chiqindi suvlarida Cu(II) va Fe(III) ionlari aniqlangan;
immobillangan organik reagentlar yordamida mis(II) va temir(III) ionlarini aniqlash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ analitik laboratoriyasida chiqindi suvlarini tahlil qilishda sinovdan o‘tdi va tarkibida Cu(II) va Fe(III) ionlari bo‘lgan obektlar analiziga qo‘llashga tavsiya etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati 2022-yil 6-dekabrdagi № 23.01-01-07/806 ma’lumotnomasi). Natijada “NKMK” AJ chiqindi suvlarida mis(II) va temir(III) ionlari aniqlangan.