Fozilov Azamat Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ohangaron havzasi er osti suv resurslariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ta’sirini baholash», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Gr234.
Ilmiy rahbar: Xoliqulov Shodi Turdiqulovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Ravshan Abdurazaqovich texnika fanlari doktori, dotsent, Amanbaeva Ziyoda Abdubaisovna geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ohangaron havzasi er osti suv resurslarining shakllanishi va ularga antropogen ta’sirni aniqlash, er osti suvlari rejimini, gidrokimyoviy tarkibi va xususiyatlarini hamda ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) ning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor GIS texnologiyalari asosida Ohangaron havzasi er yuzasi (landshaftlari) ning 2012–2022-yillarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarini ko‘rsatuvchi 1:600 000 masshtabdagi kartasi yaratilgan;
Ohangaron havzasining er osti suv resurslari sathi va kimyoviy tarkibi tahliliga tayanib, 12 ta quduq guruhlari bo‘yicha 1:600 000 masshtabdagi kartalar yaratilgan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida Olmaliq KMK hududdidagi er osti suvlarining gidrokimyoviy rejimi o‘rganilgan va 12 ta quduq guruhlari (jami 46 ta quduq) bo‘yicha 2012-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan o‘zgarishlari aniqlangan;
Olmaliq KMK tasarrufidagi suv olish inshootlari er osti suvlari sathining atmosfera yog‘inlari va bug‘lanish natijasida yillik tebranishlari amplitudasi aniqlangan;
Ohangaron havzasi er osti suv resurslarining texnogen omillar ta’sirida ifloslanish darajasi aniqlangan va ulardan foydalanish sifat jihatidan baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ohangaron havzasi er osti suv resurslariga tog‘-kon sanoati ta’sirini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
er osti suvlarining ifloslanishi va tarkibining o‘zgarish tendensiyasiga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ta’sirini 2000-2022-yillar bo‘yicha taqqoslashga doir kartalaridan “Olmaliq KMK” Aksionerlik Jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 12-yanvardagi №63-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnogen va antropogen omillarning er osti suvlariga ta’sirini aniqlashning noaniqlik indeksini aniqlash imkonini bergan;
texnogen ta’sir natijasida er osti suvlari ifloslanishini o‘rganishda zamonaviy usullar yordamida aniqlangan infiltratsiya va ularning kartasidan “Olmaliq KMK” Aksionerlik Jamiyati amaliyotida foydalanilgan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 12-yanvardagi №63-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlari ifloslanishini aniqlashda zamonaviy usullarni qo‘llab burg‘u quduqlar infiltratsiyasi aniqligini oshirish imkonini bergan;
er osti suvlari o‘zgarishining kompleks ta’siri tahlillari, ularni ifloslovchi tabiiy va antropogen manbaalarning aniqlangan o‘rinlaridan “Olmaliq KMK” Aksionerlik Jamiyati amaliyotida foydalanilgan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 12-yanvardagi №63-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlari tarkibining hudud ekologik holatiga va landshaftlariga ta’sirini yaxshilash chora-tadbirlarini amaliyotda keng qo‘llash imkonini bergan;
zamonaviy geografik axborot texnologiyalari (GAT) yordamida hamda erni masofadan zondlash usullari asosida yaratilgan kartalaridan “Olmaliq KMK” Aksionerlik Jamiyati amaliyotida foydalanilgan (“Olmaliq KMK” AJ ning 2023-yil 12-yanvardagi №63-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, er osti suvlarini tezkor monitoring qilish imkonini bergan.