Nuraddinova Mohira Bahodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Euphorbia Milii o‘simligi kimyoviy tarkibi va biologik faolligini tekshirish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K541.
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurotov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari doktori; Nishonov Mirkozim Fozilovich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona, Toshkent va Xorazm viloyatlarida o‘suvchi Euphorbia milii o‘simligining kimyoviy tarkibini hamda o‘simlik ekstraktlarining biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida o‘suvchi Euphorbia milii o‘simligi tarkibida 8 xil makro va 30 xil mikroelementlar, apigenin, giperozid va gipoleotinin kabi flavonoidlar, V2, RR, V9, V12 C suvda eruvchan vitaminlar, 6-7% umumiy polisaxaridlar mavjudligi shuningdek, o‘rganilgan moddalarning sifat va miqdoriy tarkibi viloyat (Toshkent, Xorazm va Farg‘ona) lar kesimida farq qilishi aniqlangan;
kompyuter dasturlari yordamida α- va β-amirin moddalarining insulin promotorligi, gepatoprotektor, antibakterial, yallig‘lanishga va virusiga qarshi biologik faolliklari nazariy aniqlanishi va taqqoslanishi natijasida β-amirinning faolligi yuqoriligi isbotlangan;
Euphorbia milii o‘simligi ekstraktlarini tarkibiy qismlarga ajratilib GC-MS yordamida identifikatsiyalanishi asosida Farg‘ona, Toshkent hamda Xorazm viloyatida o‘suvchi o‘simliklarning poyasi va bargi tarkibida fitol, squalin, tokoferol, taraxerol, karotinoid, α-amirin, β-amirin, tunbergol, fenantren, lupeol, naftalin va β-sitosterol moddalari mavjudligi aniqlangan;
Euphorbia milii o‘simligi tarkibidan β-amirin moddasi ajratib olishning yangi iqtisodiy samarali usuli ishlab chiqilgan;
Euphorbia milii o‘simligi xloroformli ekstraktining toksikologik ta’sirini aniqlash orqali VI guruhga, ya’ni zaharsiz birikmalar sinfiga tegishli ekanligi eksperimental isbotlangan;
Euphorbia milii o‘simligi etanolli ekstrakti va β-amirin moddasining antioksidantlik xossasi mavjudligi, etanolli ekstraktining antibakterial va xloroformli ekstraktining zamburug‘larga qarshi ta’sir ko‘rsata olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Euphorbia milii o‘simligi kimyoviy tarkibi va biologik faolligini tekshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Euphorbia milii o‘simligidan olingan β-amirin uchun tashkilot standarti Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (Ts 200845944-111:2023-sonli tashkilot standarti). Natijada, β-amirin moddasini qisqa fursatda hamda iqtisodiy jihatdan samarali usulda olish imkonini bergan.
Euphorbia milii o‘simlik turlari tarkibidan flavonoidlar, aminokislotalar, yog‘lar va boshqa biologik faol moddalarni ajratib olish, ajratib olingan flavonoidlarni spektroskopik tahlil qilish usullaridan №PZ-2017092435 “Xorazm viloyati sharoitida dorivor oʻsimliklarni o‘stirish va ular asosida biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy loyihada dorivor o‘simliklar tarkibidagi flavonoidlarni sifat va miqdor jihatidan aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 21 fevraldagi 4/1255-350-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dorivor o‘simliklar asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqish jarayonida ularni flavonoidlar asosida standartlashda UB-spektroskopiyadan foydalanish imkonini bergan;
o‘simlikdan olingan spirtli ekstrakt Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani “Masharip ota” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 20 fevraldagi 23-15/01-146-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, karam va pomidorning zararlanish darajasi 30-40% ga kamaytirish va hosildorlikni 8-10% ga oshirish imkonini bergan.