Sadullaev Almat Mambetullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘tmishdosh don-dukkakli va moyli ekinlardan so‘ng g‘o‘zada mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish» (Xo‘jayli tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlari misolida)”, 06.01.04- Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx660
Ilmiy rahbar: Mirzaev Lutfullo Aribjanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Boirov Abdunabi Jo‘raevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xo‘jayli tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitida almashlab ekish tizimida o‘tmishdosh (kuzgi bug‘doy kungaboqar, kunjut va soya) ekinlardan so‘ng kelgusi yili ekiladigan g‘o‘zaga mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarini qo‘llashni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproq sharoitida kuzgi bug‘doy va kungaboqar ekinlaridan so‘ng g‘o‘zaga N240P170K125 kg/ga, kunjutdan so‘ng N200P140K100 kg/ga, soyadan so‘ng N160R100K75 kg/ga mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarda qo‘llash paxta hosildorligini 15-20 foizga oshirilishi, mineral o‘g‘itlarni 20-25 foizga tejalishi asoslangan;
kuzgi bug‘doydan so‘ng kungaboqar, kunjut va soya ekinlarini etishtirish agrotexnologiyasi tuproqdagi oziqa elementlarni (NPK) harakatchan miqdorlarining to‘planishi hamda o‘tmishdosh ekinlarni oziqa moddalarini o‘zlashtirilishiga ta’siri aniqlangan;
don, dukakli-don va moyli ekinlar tizimida g‘o‘za parvarishlanganda uning o‘sib-rivojlanishi, hosil elementlarini shakllanishi, generativ organlariga nisbatan vegetativ massaning yaxshi rivojlanishi soya ekinidan so‘ng ekilganda yuqori bo‘lishi isbotlangan;
tizimida soyadan so‘ng g‘o‘za parvarishlanishi tuproqdagi harakatchan oziqa elementlariga ijobiy ta’sir qilib, oziqa elementlarini 10-15 foizga o‘zlashtirishi yuqori bo‘lishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘tmishdosh don-dukkakli ekinlardan so‘ng g‘o‘zada mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tmishdosh don, dukkakli-don va moyli ekinlardan so‘ng g‘o‘zada mineral o‘g‘itlarning qo‘llash bo‘yicha tavsiyanomalar» ishlab chiqilgan va Xo‘jayli tumani fermer xo‘jaliklarida 45 ga, Kegayli tumani fermer xo‘jaliklarida 36 ga, jami 81 ga maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 dekabr 01/010-3232-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma asosida Xo‘jayli va Kegayli tumanlari fermer xo‘jaliklarida mineral o‘g‘itlarning maqbul me’yorlarini qo‘llanganda g‘o‘zadan 4-7 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;
kuzgi bug‘doy, kungaboqar, kunjutning va soya ekinlaridan so‘ng kelgusi yil g‘o‘za uchun maqbul mineral o‘g‘it qo‘llash agrotexnik tadbiri Xo‘jayli tumanidagi «Sayit» fermer xo‘jaligida 11 ga, «Xo‘jayli Islambek» fermer xo‘jaligini 15 ga, Kegeyli tumani «Xanat» fermer» fermer xo‘jaligida 6 gektar, jami 32 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 dekabr 01/010-3232-son ma’lumotnomasi). Natijada, soya ekinidan so‘ng g‘o‘za parvarishlab, mineral o‘g‘itlarning N160R100K75 kg/ga oziqlantirilganda 34,1–35,6 s/ga paxta hosili olishga erishilgan;
O‘tmishdosh don, dukkakli-don va moyli ekinlardan so‘ng g‘o‘zaga mineral o‘g‘itlarni maqbul me’yorlarda qo‘llash agrotexnik tadbiri Xo‘jayli va Kegayli tumanlari fermer xo‘jaliklarining jami 81 ga maydonlariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 dekabr 01/010-3232-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekinlarning jadal o‘sib rivojlanishi, mo‘l hosil to‘plashi, shuningdek, ilmiy asoslangan o‘g‘it me’yorlariga nisbatan, fermer xo‘ajliklari tomonidan qo‘llanayotgan miqdorga nisbatan o‘rtacha 40-50 kg/ga tejalgan hamda rentabellik darajasi 22-34 foizga ortishiga erishilgan.