Baratova Mohidil Rahimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasiga mansub ayrim turlarning mahsuldorligi hamda dorivorlik xususiyatlarini ilmiy asoslash”, 06.01.06-Sabzavotchilik”, 06.03.03–Dorivor o‘simliklar introduktsiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Qx250
Ilmiy maslahatchilar: Tuxtaev Boboqul Yorkulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yunusov Saloxiddin Adxamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xojimatov Olimjon Qaxxarovich, biologiya fanlari doktori; Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qovoq va bodring o‘simligiga biostimulyatorlar qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish, ularning mahsuldorligi hamda dorivorlik xususiyatlarini oshirish va biologik faol qo‘shimchalari samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Uchqun biostimulyatorining makro va mikroelementlar bilan boyitilgan samarali kompozitsiyasi Uchqun plyus biostimulyatori (IAR06983/15.06.2022) yaratilgan;
qovoqdosh ekinlar uchun Uchqun plyus biostimulyatorining eng maqbul me’yori (0,01%) va qo‘llash usuli (urug‘larni 18 soat davomida ivitish va o‘suv davrida bargidan purkash) ishlab chiqilgan;
turli sarf me’yorlari ichida Uchqun plyus biostimulyatori 0,01% li variantida qovoqning Ispanskaya 73 navi tovarbop hosili nazoratga nisbatan 12,8 % ga, Palov kadu 268 navi 14,0 %, bodringni Navro‘z navi 27,2 % ga, Orzu duragayi esa 23,0 % ga yuqori hosil berishi aniqlangan;
Uchqun plyusni 0,01% me’yori qo‘llanilgan variantida qovoq mevalari tarkibidagi pektin miqdori 8,41 gramm, β - karotin miqdori 4,15 mg, nitrat miqdori esa 45,3 mg ni tashkil etib, nazoratdan 17,6 foizga kam bo‘lishi aniqlangan;
qovoqdosh o‘simliklar xlorofill va fitogormonlar miqdorining o‘zgarishiga Uchqun plyus biostimulyatorining 0,01% li sarf me’yori va qo‘llashning aralash usuli eng samarali deb topilib, qovoq barglaridagi umumiy xlorofill miqdori 2,94 mg, ya’ni 51,5 % ga nazoratdan yuqori bo‘lgan. Bodring barglaridagi umumiy xlorofill miqdori esa 1,81 mg/g, ya’ni nazoratdan 37,1 % ga ortgan;
qovoq er ustki qismida fitogormonlardan kinetin miqdori 0,123 mg/ml, ildiz qismida esa 0,041 mg/ml, indol moy kislota (IMK) miqdori poyada 0,011 mg/ml bo‘lsa, ildizda uning mavjud emasligi aniqlangan;
Uchqun plyus (0,01% li) biostimulyatorini aralash usulda qo‘llanganda qovoq mevasida makroelementlar miqdori Na-3,391 mg/l, K-144,01 mg/l, Mg-9,02 mg/l, Sa-22,55 mg/l, R-21,26 mg/l, S-17,33 mg/l ga ortishi, urug‘i tarkibida esa Mg-586,5 mg/l, Na-14,3 mg, K-838,6 mg, Sa-45,95 mg, R-1401,1 mg va S-160,9 mg ortishi, bodringda esa Mg-13,0 mg/l, Na-2,0 mg/l, K-147,0 mg/l, Sa-16,0 mg/l, R-24,0 mg/l ga ortganligi aniqlangan;
qovoqning po‘stida vitamin S miqdori 1,84 mg, vitamin V2 -0,02 mg, etli qismida 8,78 va 0,12 mg, platsentada 5,26 va 0,11 mg, urug‘da esa 8,86 mg, vitamin V2-0,16 mg, bodring mevasidagi vitamin S-11,02 mg, vitamin B2-0,04 mg ga ortganligi aniqlangan;
qovoq urug‘i tarkibidagi umumiy oqsil va oqsilning azot miqdori meva pishgan paytda 31,65 %, pishmagan paytda esa 30,05 %, oqsilning azot miqdori pishgan paytda 5,06 %, xomligida esa 4,80 % bo‘lishi aniqlangan;
qovoq urug‘ida to‘yinmagan yog‘ kislotalar miqdori Uchqun plyus qo‘llangan variantida 4,15 % yuqori bo‘lishi aniqlangan;
yangi “Tikva sun”, “Baydiabet”, “Quvvatol”, “Susurbitoil” biologik faol qo‘shimchalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovoqdosh ekinlarni (Susurbitaseae) etishtirishda Uchqun plyus biostimulyatorining ijobiy ta’sirini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
sabzavot va poliz ekinlarini etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Qovoqning istiqbolli navlarini etishtirishda mahalliy biostimulyatorlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 aprel № 05/34-06/410-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma respublikamizning sabzavot va poliz ekinlarini etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Uchqun plyus biostimulyatorining qovoqdosh ekinlar o‘sib rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olingan tadqiqot ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutida bajarilgan QX-I-QX-2018-113 raqamli “Andijon viloyati iqlim-sharoitida qovoqning istiqbolli navlarini tanlash, urug‘chiligini takomillashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish” mavzusida 2018-2019 yillarda hamda FA-I5-T007 “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklari hosildorligi, noqulay omillar va kasalliklarga chidamliligini oshirish maqsadida yuqori samarador Uchqun o‘sish regulyatori texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental va ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 27 yanvardagi № 4/1255-195 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida loyihalar dorasida yangi texnologiyalar yaratilib, qishloq xo‘jalik ekinlari mahsuldorligini oshirishga xizmat qilgan;
Uchqun plyus biostimulyatorining qulay me’yorlari va maqbul ishlov berish usullari aniqlangan va Andijon viloyati Shaxrixon tumani “Naynavo oqshomi” fermer xo‘jaligida 5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 aprel № 05/34-06/410-son ma’lumotnomasi). Natijada qovoqdosh ekinlardan gektaridan o‘rtacha 75,24 mln. so‘m daromad olishga va hosildorlik 18% ga yuqori bo‘lishiga erishilgan;
Shuningdek, Uchqun plyus biostimulyatorining qulay me’yorlari va maqbul ishlov berish usullari Andijon tumani “Andijon sara gibrid urug‘lari” mas’uliyati cheklangan jamiyati maydonida 3,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 28 aprel № 05/34-06/410-son ma’lumotnomasi). Natijada qovoq urug‘ini Uchqun plyus biostimulyatorida ivitishdan o‘rtacha 34,0 t/ga, aralash usulda (urug‘ni ivitib ekish va o‘suv davrida o‘simlikka purkash) esa 35,1 t/ga hosil olishga erishilgan va an’anaviy usulga nisbatan hosildorlik 18% ga ortgan, gektaridan o‘rtacha 75,24 mln. so‘m daromad olishga erishilgan. Bodring etishtirishdan olingan sof foyda 60,582 mln. so‘mni, rentabellik darajasi 29,7 foizni tashkil etgan.