Jo‘raeva Dildora Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asalari oilasini mahsuldorligini oshirishda ularning ko‘shidan foydalanish texnologiyasi”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx976
Ilmiy rahbar: To‘raev Omon Safarovich, Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziboev Nuraddin Raximovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Qaxramonov Boymaxmat Abdiazizovoch, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asalarilarning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda asalari ko‘chidan foydalanib, ularning mahsuldorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, asalarilarning genetik xususiyatlaridan ko‘chga chiqqan ona, ishchi asalarilarning DNKsidagi juft nukleotidlar soni o‘rganilgan bo‘lib, shundan ko‘chga chiqmagan ona hamda ishchi asalarilarga nisbatan 4 va 18 juft nukleotidlar soni yuqori bo‘lganligi ilmiy asoslangan;
ko‘chga moyil asalarilarning tirik vazni 109,5; 111,1; 112 mg, ko‘chga moyil bo‘lmagan asalarilarning tirik vazniga nisbatan 7,0; 10,8 va 10,0 mg.ga oshganligi isbotlangan.
organizmidagi yog‘ miqdori ko‘chga moyil bo‘lgan asalarilarda 0,370; 0,350; 0,360 mg bo‘lishi aniqlanib, ko‘chga moyil bo‘lmagan asalarilar organizmidagi yog‘ miqdoriga nisbatan 0,13; 0,14; 0,125 mg ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan. 
ko‘ch ona asalarilarning eksterer ko‘rsatkichlaridan qanot uzunligi sun’iy usulda etishtirilgan ona asalarining qanot uzunligiga nisbatan 0,14 mm ga, interer ko‘rsatkichlaridan ko‘ch ona asalarilar sun’iy usulda etishtirilgan ona asalarining tuxum naychalari soniga nisbatan 24,6 donaga ko‘p bo‘lganligi isbotlangan.
onadonning morfologik belgilaridan, ko‘ch onadonlarning tashqi balandligi 3,18 sm.ni sun’iy onadonning tashqi balandligiga nisbatan 0,11 sm.ga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
sun’iy ko‘ch ajratib olish natijasida tashkil etilgan asalari oilalaridan 9,9 kg asal va 1,1 kg va mum mahsuldorligi yuqori bo‘lgan sun’iy usulda tashkil etilgan ko‘ch asalari oilalaridan foydalanish ijobiy natijalar ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Asalari oilasini mahsuldorligini oshirishda ularning ko‘chidan foydalanish texnologiyasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Mahalliy populyatsiya va Karpat zotli asalarilarni ko‘ch ajralib chiqishini genetik xususiyatlari o‘rganilgan bo‘lib, ko‘ch asalarilar kuchidan foydalangan holda ko‘ch asalarilar bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari 2022 yilda Toshkent viloyati Olmazor tumanidagi “Toshkent Bee Agro” fermer xo‘jaligida Karpat zotli ko‘ch asalarilar kuchidan asal yig‘ishda foydalanish usullari joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 18 sentyabrdagi 02/23-395-son ma’lumotnomasi). Natijada I guruhda har bir oila hisobiga 29,4 kg asal mahsuloti olingan bo‘lib, iqtisodiy samaradorlik 1470 000 so‘mni, sof foyda 575 000 so‘mni hamda rentabellik darajasi esa 39,1 % ni tashkil etgan;
“G‘ulomxo‘ja asalchiligi” asalarichilik fermer xo‘jaligida ko‘ch asalarilar kuchidan foydalanib, asal mahsulotini olish darajasi o‘rganilgan va joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 18sentyabrdagi 02/23-395-son ma’lumotnomasi). Natijada II tajriba guruhlarida har bir asalari oilalaridan o‘rtacha 26,3 kg asal mahsuloti olingan. Jami olingan iqtisodiy foyda 1315 000 so‘mni, sof foyda 420 000 so‘mni tashkil etgan. Rentabellik darajasi 31,9 % ga ko‘tarilgan;
asalari oilasini mahsuldorligini oshirishda, ularning sun’iy ko‘chidan foydalanish usuli Samarqand viloyati Tayloq tumani “Orzu, Orif, Dilmurod asallari” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan. (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 18 sentyabrdagi 02/23-395-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba guruhlaridagi har bir asalari oilasidan o‘rtacha 31 kg dan asal mahsuloti olingan, iqtisodiy foyda 1550 000 so‘mni, sof foyda 655 000 so‘mni rentabellik darajasi 42,0 % ni tashkil etgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish