Abdurahmonov Ilhomjon Rustamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalikdan bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda paranazal sinusitlarni tashxislash va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1821.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Djaxangir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk  universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda paranazal sinusitlarni tashxislash va davolashni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar bosh miya falaji fonida paranazal sinusiti bor bemorlarda doimiy ravishda talvasaga qarshi dori vositalar qabul qilganligi sababli, organizmda kal`siy miqdorining kamayishi asoslangan.
       ilk bor bolalar bosh miya falaji fonida paranazal sinusiti bor bemorlar qondagi kalsiy miqdorining kamayishi burun shilliq qavati hilpillovchi epiteliy hujayralari funksiyasiga ta’siri natijasida, shilliq qavatning transport, so‘rilish, ajratish funksiyalarining buzilishi ilmiy isbotlangan; 
       bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlar diagnostikasida bemor sub’ektiv tekshiruvlari, burun bo‘shlig‘i endoskopiyasi ma’lumotlariga asosan rentgenologik, mikrobiologik, sitologik, burun bo‘shligi shilliq qavati funksional tekshiruvlari va qondagi kal`siy miqdorini tekshirishga asoslangan tashxislash algoritmi ishlab chikilgan;
       bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda paranazal sinusitlarni o‘ziga xos kechishi, qondagi kal`siy miqdori, burun shilliq qavatning funksional holatiga bog‘liqligi bo‘yicha klinik tekshiruvning natijasidan kelib chiqib bemorlarni davolash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 11 sentyabrdagi 55-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 1 apreldagi 1001-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalar bosh miya falaji fonida paranazal sinusiti bor  bemorlarda doimiy ravishda talvasaga qarshi dori vositalar qabul qilganligi sababli, organizmda kal`siy miqdorining kamayishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar bosh miya falaji fonida paranazal sinusit bilan davolanayotgan bemorlar asosiy kasallik tufayli talvasaga qarshi dori vositalar qabul qilishi, ular qonida kal`siy miqdorini kamayishiga sabab bo‘lishi anaqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarni tashxislash va davolash usuli SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida  (17.06.2023 y.; № 96-u, 28.11.2022 y.; № 139) bilan LOR bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlardagi paranazal sinusitlarni  tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan va bu guruh bemorlar reabilitatsiyasida ijobiy natijalar bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • oddiy va arzon usul yordamida qondagi kal`siy miqdori kamayishi talvasaga qarshi dori vositalar qabul qilish bilan bog‘liqligi aniqlangan, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tishni va bu tekshiruvlarga ketadigan sarf xarajatlarni kamayishi  hisobiga iqtisod qilingan (1 nafar bemor uchun 50 000 so‘m iqtisod qilingan). • bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlardagi paranazal sinusitlar asoslanmagan patogenetik davolash oldi olingan (mukotsiliar transport faoliyatini sekinlashish sababi aniqlanmasdan turli xil dori vositalarni qo‘llash) va bu bilan dori darmonga ketadigan sarf xarajat iqtisod qilingan (1 nafar bemor uchun 35 000 so‘m iqtisod qilingan). Xulosa: bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarda organizmda kal`siy miqdorini kamayishi bu guruh bemorlarning doimiy ravishda talvasaga qarshi dori vositalar qabul qilishi sababli yuzaga kelishi aniqlangan. Buning natijasida bu guruh bemorlarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 35 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bosh miya falaji bor bolalardagi paranazal rinosinusitlarda burun bo‘shlig‘i shilliq qavati funksional holatini tekshirish» va «Bolalikdan bosh miya falaji fonidagi rinosinusitlarni kompleks davolashni takomillashtirish»  mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 1 apreldagi 1001-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalar bosh miya falaji fonida paranazal sinusiti bor  bemorlar qondagi kalsiy miqdorining kamayishi burun shilliq qavati hilpillovchi epiteliy hujayralari funksiyasiga ta’siri natijasida,  shilliq qavatning transport, so‘rilish, ajratish funksiyalarining buzilishi ilmiy isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar bosh miya falaji fonida paranazal sinusit bilan davolanayotgan bemorlar qonidagi kal`siy miqdorini kamayishi burun shilliq qavati funksional faolliklari buzilishiga olib kelishi anaqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarni tashxislash va davolash usuli SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida  (17.06.2023 y.; № 96-u, 28.11.2022 y.; № 139) bilan LOR bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi, bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda surunkali paranazal sinusitlarning qaytalanishi o‘rtacha 4,2 dan 2,6 ga ( 1 yil mobaynida qaytalanish 38 % ga kamaygan) kamaygan va bu guruh bemorlar  reabilitatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, hayot sifatini bir muncha yaxshilanishiga sabab bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda sununkali paranazal sinusitlarini qaytalanishlari qondagi kal`siy miqdori, hamda burun shilliq qavati funksiyalarini o‘zgarish ko‘rsatgichlariga qarab baholangan va shu asosida davolash o‘tkazilgan. Buning natijasida qo‘shimcha tekshiruvlar va asoslanmagan davolashga ketadigan sarf xarajatlar keskin kamaytirildi. Xulosa: bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda paranazal sinusitlarini qaytalanishlari sonining ortishi qondagi kal`siy miqdorining kamayishga hamda burun shilliq qavati funksiyalarini buzilishi bilan bog‘liqligi aniqlandi. Shuning asosida burun yondosh bo‘shliqlari surunkali yallig‘lanish jarayonlari qaytalanishini bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 25 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bosh miya falaji bor bolalardagi paranazal rinosinusitlarda burun bo‘shlig‘i shilliq qavati funksional holatini tekshirish» va «Bolalikdan bosh miya falaji fonidagi rinosinusitlarni kompleks davolashni takomillashtirish»  mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 1 apreldagi 1001-sonli xat yuborilgan. 
uchinchi ilmiy yangilik: bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlar diagnostikasida bemor sub’ektiv tekshiruvlari, burun bo‘shlig‘i endoskopiyasi ma’lumotlariga asosan rentgenologik, mikrobiologik, sitologik, burun bo‘shligi shilliq qavati funksional tekshiruvlari va qondagi kal`siy miqdorini tekshirishga asoslangan tashxislash algoritmi ishlab chikilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarni to‘g‘ri tashxislash va davolash taktikasini tanlashda muhim axamiyat kasb etadi. Bunung natijasida qo‘shimcha tekshiruv usullarini, hamda asoslanmagan davolash o‘tkazish oldi olindi  (DGU dastur № 16563, 31.05.2022).  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarni tashxislash va davolash usuli SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida  (17.06.2023 y.; № 96-u, 28.11.2022 y.; № 139) bilan LOR bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarni erta tashxislash va adekvat davolashni tanlashda, ushbu guruhdagi bemorlarda kasallik qaytalanishi, hamda surunkali jarayonni cho‘zilishini oldini olishga erishilgan. Bu esa turli shakldagi bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlar  reabilitatsiyasida ijobiy natija bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlar tashxislash algoritmini amaliyotga tadbiq etish to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga olib keldi. Bunung natijasida qo‘shimcha tekshiruv usullarini, hamda asoslanmagan davolash o‘tkazish oldi olindi va bunung hisobiga xarajatlar keskin kamaytirildi. Surunkali paranazal sinusitlarni qaytalanishlar sonining kamayishi xisobiga asosiy kasallik (BBMF) bilan davolanayotgan bemorlar koyka kunlari 30% ga kamaydi  (1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 360 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 115 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan). Xulosa: yangi tashxislash algoritmini qo‘llanilishi bemorlarga tashxis qo‘yishda to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘ldi. Ushbu tashxislash algoritmi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 360 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 115 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi, ya’ni koyka kunlarini 30% gacha kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bosh miya falaji bor bolalardagi paranazal rinosinusitlarda burun bo‘shlig‘i shilliq qavati funksional holatini tekshirish» va «Bolalikdan bosh miya falaji fonidagi rinosinusitlarni kompleks davolashni takomillashtirish»  mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 1 apreldagi 1001-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda paranazal sinusitlarni o‘ziga xos kechishi, qondagi kal`siy miqdori, burun shilliq qavatning funksional holatiga bog‘liqligi bo‘yicha klinik tekshiruvning natijasidan kelib chiqib bemorlarni davolash usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlarda paranazal sinusitlarni davolashda ananaviy davoga sinupret va kal`siy D3 ni qo‘shib berish davolanish jarayoninini tezlashtirishi hamda residivlarni kamayishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarni tashxislash va davolash usuli SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasi va Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida  (17.06.2023 y.; № 96-u, 28.11.2022 y.; № 139) bilan LOR bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarni erta tashxislash va adekvat davolashni tanlashda, ushbu guruhdagi bemorlarda kasallik qaytalanishi, hamda surunkali jarayonni cho‘zilishini oldini olishga erishilgan. Bu esa turli shakldagi bolalar bosh miya falaji bilan davolanayotgan bemorlar  reabilitatsiyasida ijobiy natija bergan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)  bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlarda burun bo‘shlig‘i shilliq qavati funksional faolligi arzon va oddiy usullar bilan baholangan, buning natijasida bu guruh bemorlarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 50 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 35 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 2) tadbiq qilingan davolash usulini qo‘llash natijasida asoslanmagan davolash o‘tkazish oldi olindi va bunung hisobiga xarajatlar keskin kamaytirildi. Surunkali paranazal sinusitlarni qaytalanishlar sonining kamayishi hisobiga asosiy kasallik (BBMF) bilan davolanayotgan bemorlar koyka kunlari 30% ga kamaydi  (1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 360 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 115 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan). Xulosa: bolalar bosh miya falaji fonidagi paranazal sinusitlar qaytalanishlari gipokal`semiya hisobiga burun shilliq qavati mukotsiliar transporti va funksional aktivligining pasayishi sababli yuzaga kelishi aniqlangan. Buning natijasida bu guruh bemorlarni tashxislashda qo‘shimcha tekshiruvlarga jalb qilinish oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 50 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 35 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Yangi parvarishlash usulini qo‘llanilishi bemorlarga tashxis qo‘yishda to‘g‘ri yondashish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga sabab bo‘ldi. Ushbu parvarishlash usuli koyka kunlarini 30% gacha kamayishiga olib keldi ( asosiy guruh bemorlarda koyka kunlari o‘rtacha 9,8 kundan 6,7 ga kamayib iqtisodiy samaradorlikka erishildi). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bosh miya falaji bor bolalardagi paranazal rinosinusitlarda burun bo‘shlig‘i shilliq qavati funksional holatini tekshirish» va «Bolalikdan bosh miya falaji fonidagi rinosinusitlarni kompleks davolashni takomillashtirish»  mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 1 apreldagi 1001-sonli xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish