Gaffarova Parvina Abdurafikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish va baholash», 14.00.13 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2466.
Ilmiy raxbar: Xakimova Soxiba Ziyadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04.05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponenetlar: Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmadeeva Leyla Rinatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi raqs reabilitatsiya yordamida Parkinson kasalligi natijasida nogironlik yuzaga kelmasligi uchun motor buzilishlarni progressini kamaytirish va uni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm raqs elementlaridan foydalanilgan holda, olib borilgan raqs reabilitatsiyasi orqali Parkinson kasalligi natijasida yuzaga kelgan motor, psixoemotsional buzilishlarga ta`siri aniqlangan;
ilk bor Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarni, UPDRS II-kundalik hayot tarzi, UPDRS III-harakat faoliyatini baholash orqali, raqs reabilitatsion usulining samaradorligi isbotlangan;
ilk bor EMG yordamida, Parkinson kasalligi natijasida yuzaga kelgan qaltirashlarning tremor amplitudasi, chastota diapazoni, mushaklarning qisqarish pattern (MQP), mushaklarning sinxron qisqarishi (MSQ)) og‘irlik darajasi dansterapiya davomida monitoringi kasalikka ijobiy ta’siri aniqlangan;
ilk bor O‘zbekistonda depressiya va tashvish darajasini aniqlash uchun parkinsonizm bilan og‘rigan bemorlarda serotonin ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 23-oktyabr` 59-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 1 apreldagi 1001-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Xorazm raqs elementlaridan foydalanilganda, olib borilgan ushbu raqs reabilitatsiyasining Parkinson kasalligi natijasida yuzaga kelgan motor, psixoemotsional buzilishlarga ta`siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: reabilitatsiya chora tadbirlari olib borilgan bemorlar bilan reabilitatsiya chora tadbirlar olib borilmagan bemorlar orasida dinamikada bemorlarning axvoli solishtirib ko‘rildi. Bunda chora tadbirlari olib borilgan bemorlarda kasallik natijasida yuzaga keladigan sindromlar va asoratlar ko‘rsatkichlarining nisbatan kamayganligi kuzatildi, bu esa o‘z navbatida bemorlarda raqs reabilitatsiyasi kundalik faoliyat va hayot sifatini yaxshilanishiga sabab bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.11.2022 yildagi 164/1-sonli buyruq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar tibbiyot birlashmasi 9.01.2023 yildagi 23/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriyetilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashing 2023 yil 31-maydagi 25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi aholi o‘rtasida Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish uchun ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish bemorlarning 70% da kasallik natijasida yuzaga kelgan sindromlarning progressiv xususiyatlari kamaygan, davo muolajalarini individual tanlab berish bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini olishga va davo samarasini oshirishga, bemorlar turmush sifatini yaxshilashga va kasallik zo‘rayib borish ko‘rsatkichlarining kamayishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish maqsadida olib borilgan taklif kilingan reabilitatsiya dasturining tavsiyalari asosida bemorlar natijasida 1 nafar bemor uchun 1 120 000 so‘m iqtisod qilindi. Ushbu xolatda o‘rtacha 3 nafar bemorda iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatqich 3 320 000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Ushbu xolatda bu reablitatsion chora tadbirlarning amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 120 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3 320 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish va baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 24 martdagi №5-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarni, UPDRS II-kundalik hayot tarzi, UPDRS III-harakat faoliyatini baxolash orqali, raqs reabilitatsion usulining samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati Parkinson kasalligida levadopa fonida reabilitatsiyani erta boshlash harakat buzulishlarini progressiv kechish xususiyatlarini kamaytirish orqali bemorlarda asoratlarning kamayishi imkonini berdi. PK bilan og‘rigan bemorlarda Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish va baholashga asoslandi va shu asosida yaratilgan EHM dasturi (DGU №26685, 04.07.2023) kasallikni erta aniklash va daolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.11.2022 yildagi 164/1-sonli buyruq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar tibbiyot birlashmasi 9.01.2023 yildagi 23/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashing 2023 yil 31-maydagi 25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda • davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Parkinson kasalligi bo‘lgan bemorlarni, UPDRS II-kundalik hayot tarzi, UPDRS III-harakat faoliyatini baxolash orqali, raqs reabilitatsion usulining samaradorligi isbotlanganda: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 4 000 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil nevrologig tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 25% (30 dan 9 bemorlar) Parkinson kasalligi bilan kasallangan bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 24 500 000 (9 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 3 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish va baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 24 martdagi №5-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Parkinson kasalligi natijasida yuzaga kelgan qaltirashlarning EMG yordamida (tremor) ning amplituda parametirlari, chastota diapazoni, mushuklarning qisqarish pattern (MQP), mushaklarning sinxron qisqarishi (MSQ)) og‘irlik darajasi dansterapiya davomida monitoringi kasalikka ijobiy ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Parkinson kasalligi bilan kasallangan bemorlarda qo‘llardagi qaltirashlarni EMG ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilish: xarakat buzulishlarning rivojlanish tempini dinamikada reabilitatsiyadan oldin va keyingi tanijalarni taqqoslash orqali, reabilitatsiya samaradorligini baholash imkonini beradi. Tavsiya etilgan reabilitatsiya usuli progressiv asoratlarning jadallashishini oldini olish, Parkinson kasalligiga qarshi dori vositalarini samaradorligini oshirish, korreksiya qilish va davolash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.11.2022 yildagi 164/1-sonli buyruq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar tibbiyot birlashmasi 9.01.2023 yildagi 23/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashing 2023 yil 31-maydagi 25-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida kasallik asoratlarni jadallashishini kamaytirish, qaltirashlarnining kamayishi, bundan tashqari raqs reabilitatsiyasi yurish tezligiga, harakatni yaxshilanishiga, gipokineziyani, postural beqarorlikni kamaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, asoratlarini kamayishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 90 000 sum; qayta siydik taxlili – 56 000 sum; qayta qon taxlili-60 000 sum; EKG – 39 000 sum; dori- darmonlar xarajati – 60 000 sum (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 305 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 915 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi raqs reabilitatsiya usulini amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 486 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 305 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish va baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 24 martdagi №5-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda depressiya va tashvish darajasini aniqlash uchun Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda serotonin ko‘rsatkichlari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Serotoninning dofamin sikliga ta`siri Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda dofaminn ishlab chiqaradigan po‘stloq osti yadrolarning distruktiv deginirativ holatiga qarab kasallikni og‘irligi belgilanadi, lekin PK boshlanmasdan turib dofamin normada bo‘ladi ammo serotonin miqdori periferik qonda kamaygan bo‘ladi, ushbu holat PK kelib chiqishi uchun birinchi belgi hisoblanadi yani yillar o‘tib ushbu bemorda Parkinson kasalligi bilan kasallanadi. Biz bilamizki PK rigidlik, gipokineziya, qaltirash bo‘ladi, manashu qaltirashlar nafaqat dofamin bilan bog‘liq, balki seroton miqdorining kamayishi natijasida qaltirashlarni kuchaytiradi. Serotonini PK kasallangan bemorlarda periferik qonda aniqlash: 1) levadopaterapiyaning miqdorini (ko‘paytirish yoki kamaytirish imkonini berdi. 2) PK bilan og‘rigan bemorlarda mushaklarning rigidligi va tashvish-depressiv ko‘rinishidagi motor bo‘lmagan buzilishlarning og‘irligini kuchayishi, serotonin etishmovchiligining oshishi bilan birga keladi. Raqs reabilitatsiyasi nafaqat motor buzulishlarni kamayishiga, balki serotonin miqdorining ko‘tarilishiga, bu esa o‘z navbatida psixoemotsional faoliyatning yaxshilanishiga yordam bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.11.2022 yildagi 164/1-sonli buyruq hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar tibbiyot birlashmasi 9.01.2023 yildagi 23/1-sonli buyruq bilan klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi ekspert kengashing 2023 yil 31-maydagi 25-son ma’lumotnomasi).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: PK bilan og‘rigan bemorlarni levadopaterapiya fonida erta reabilitatsiya qilish, PK bilan kasallangan bemorlarning periferik qonida serotonin miqdorini aniqlash orqali reabilitatsiya nafaqat dofamin miqdorini stimullashga turtki bo‘lgan, balki serotonin miqdori oshishiga xizmat qilgan. bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida Parkinson kasalligi bilan kasallangan bemorlarda bemorlarning kundalik xayot faoliyati yaxshilanadi va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,5 kundan 5,5 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 486 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 162.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 420 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 1 ta bemor xisobidan 1 kunga 302 000 sumni, 3ta bemor xisobiga esa 1 kunga 906 000 sumni tashkil etadi. Bu esa uz navbatida yil davomida yuqori iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Xulosa: yangi tekshiruv usulini joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini yil xisobiga 9 100 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5 440 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Parkinson kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda reabilitatsiya yordamida asoratlar jadallashishini kamaytirish va baholash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 24 martdagi №5-sonli xati yuborilgan.