Jalilov Olimjon Muxidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida leksik kompetensiyani takomillashtirish mexanizmlari”, 13.00.01 –“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi”(ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2977.
Ilmiy rahbar: Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy Kengash raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xoshimova Dildoraxon O‘rinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik kompetensiyasini takomillashtirish mexanizmlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet til ta’limidagi “kompetensiya”, “kompetentlik”, “kompetensiyaviy yondashuv va “leksik kompetensiya” tushunchalarining mazmuni ilmiy-pedagogik jihatdan asoslanib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari leksik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasini rivojlantirishning tizimli ta’sir ko‘rsatish darajasini va individual rivojlanish parametrlarini maqsadli aniqlashtirish bosqichlari va takomillashtirishning lingvodidaktik mexanizmlari aniqlangan;
leksikani induktiv usulda o‘qitish orqali shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning motivatsion mezoniga ustunlik berishga asoslangan fasilitatsiya innovativ yondashuvini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-nazariy asoslari hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik kompetentligini rivojlantirish modeli, tarkibiy qismlari, kasbiy ahamiyatli sifatlar xarakterini rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlari va ta’lim jarayonlarida mustaqil o‘quv faoliyatini izchil tashkil etishning pedagogik ta’minotini boyitish, o‘quv faoliyati ijodiy motivatsiyasini maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
yuqori darajadagi leksik kompetensiyaga erishishda layoqati kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratilgan talabalarning statistik qatorlarda ifodalangan differensial farqni aniqlash orqali talabalarning yangi so‘z ma’nolarini kontekstdan topa olishi, yangi leksik birliklarni kontekstda qo‘llash va o‘zini-o‘zi baholash (self-assessment)da mustaqil ta’limning samaradorligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining xorijiy tillar (ingliz tili) fakulteti bakalavr talabalarining leksik kompetensiyalarini takomillashtirish mexanizmlari uslubiy va amaliy takliflari asosida:
chet til ta’limidagi “kompetensiya”, “kompetentlik”, “kompetensiyaviy yondashuv va “leksik kompetensiya” tushunchalarining mazmuni ilmiy-pedagogik jihatdan asoslanib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari leksik kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasini rivojlantirishning tizimli ta’sir ko‘rsatish darajasini va individual rivojlanish parametrlarini maqsadli aniqlashtirish bosqichlari va takomillashtirishning lingvodidaktik mexanizmlari aniqlashga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti hamkorligida bajarilgan “IRD/23111” raqamli “561624-EEP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 19 maydagi 02-07-1853/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili yo‘nalishida leksik kompetensiyaning o‘ziga xos xususiyatlariga doir xulosalar ishlab chiqilgan va bu boradagi bilimlarni o‘zlashtirishga oid metodik tavsiyalar takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning motivatsion mezoniga ustunlik berishga asoslangan fasilitatsiya innovativ yondashuvini o‘quv jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-nazariy asoslari hamda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilganiga doir ma’lumotlardan IRD/23111 raqamli “561624-EEP-1-1-UK- EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 19 maydagi 02-07-1853/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tiliga o‘qitishning metodik ta’minoti boyitilgan holda talabalarning leksik boyligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Oliy ta’lim muassasalarining xorijiy tillar (ingliz tili) 2-kurs bakalavr talabalarining yuqori darajadagi leksik kompetensiyaga erishishda layoqati kuchli va kuchsiz guruhlarga ajratilgan holda statistik qatorlarda ifodalangan differensial farqni aniqlash orqali talabalarning yangi so‘z ma’nolarini kontekstdan topa olishi, yangi leksik birliklarni kontekstda qo‘llash va o‘zini-o‘zi baholash (self-assessment)da mustaqil ta’limning samaradorligi orqali so‘z boyligini oshirib borish imkonini ta’minlashga doir hamda didaktik materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari va kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali talabalarda leksik kompetensiyalarini rivojlantirishning intellektual aspektlarini optimallashtirish imkoniyatlarini o‘zaro integrativ uyg‘unligini ta’minlashga mo‘ljallangan “The practice of teaching language aspecs” o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti rektori 2023 yil 31 yanvardagi 10-son buyrug‘i, 10-12-son nashr guvohnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarining xorijiy tillar (ingliz tili) fakulteti talabalari leksik kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan va mustaqil ta’limning samaradorligi dalillangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining leksik kompetentligini rivojlantirish modeli, tarkibiy qismlari, kasbiy ahamiyatli sifatlar xarakterini rivojlantirishning ta’limiy-didaktik imkoniyatlari va ta’lim jarayonlarida mustaqil o‘quv faoliyatini izchil tashkil etishning pedagogik ta’minotini boyitish, o‘quv faoliyati ijodiy motivatsiyasini maqsadli moslashtirish asosida takomillashtirishga doir ilmiy natijalar va muayyan ilmiy-nazariy xulosalardan 2019- 2022 yillarda bajarilgan O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetida Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti hamkorligida bajarilgan “IRD/23111” raqamli “561624-EEP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 19 maydagi 02-07-1853/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur takliflarning joriy qilinishi talaba avtonomiyasini rivojlantirishning muhim indikatori sifatida asoslanishiga xizmat qilgan;