Botirova Palina Xakimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz tili darslarida talabalarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishning lingvodidaktik asoslari (texnika oliy o‘quv yurtlari misolida) », 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1345.
Ilmiy rahbar: Uluxujaev Narzulloxon Ziyovaddinovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.90.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Misirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida texnika oliy o’quv yurtlari talabalarini bog‘lanishli nutqini o’stirishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘lanishli nutqning funksional-mazmunli turlarini ketma-ketlikda, izchil, mantiq va grammatika qoidalari asosida og‘zaki va yozma shaklda bayon etish malakalarini rivojlantirishda nutq oʻstirish jaryoni tuzilmasini kognitiv, faoliyatili, refleksiv-baholovchi hamda pedagogik-psixologik omillarini ta'lim oluvchilarning fikrlarini yaxlit bayon etishlariga yoʻnaltirilgan faoliyatli, kommunikativ-motivasion komponentlarini emperik jihatlarini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning amaliy-nutqiy ko‘nikmalarni va malakalarini o‘zlashtirishlarini rivojlantirishda ona tili va ikkinchi til (rus tili) integratsiyasini ta’minlash maqsadida bog‘lanishli nutq malakalarini rivojlanishiga xizmat qiluvchi didaktik material mazmuni vaziyatli topshiriqlar va muammoli ta’lim texnologiyasining gorizontal va vertikal integrallashuvini hisobga olish orqali asoslangan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarida ingliz tili darslarida bog‘lanishli nutq malakalarini rivojlantirishning lingvodidaktik modeli nutqiy faoliyatning barcha turlarini fikrlarni mantiqiy bogʻlangan va yaxlit bayon etish malakalarini oʻstirishning ingliz tili ta'limi bosqichlaridagi improvizasiyali, kommunikativ, axloqiy, emotsional-irodaviy xususiyatlari, motivatsion soʻzlashuv faoliyatiga tayyorlik kabi sifat ko‘rsatgichlari mazmunini va jarayonli-tashkiliy asoslarini barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarini ingliz tili darslarida fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda izchil, mantiq va grammatika qoidalariga muvofiq ravishda bayon etishga oʻrgatish jarayonida bilim-koʻnikma-malaka-kompetensiya birligi, muayyan nutqiy faoliyatga e’tibor qaratish, fikrlarni rejalashtirish va izchilligini ta’minlash bosqichlarini individual va shaxslararo hamda ichki tashqi omillar bilan qayta aloqaga kirish darajasini belgilashga ustuvorlik berish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida talabalar bog‘lanishli nutqini o‘stirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar, uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bog‘lanishli nutqning funksional-mazmunli turlarini ketma-ketlikda, izchil, mantiq va grammatika qoidalari asosida og‘zaki va yozma shaklda bayon etish malakalarini rivojlantirishda nutq oʻstirish jaryoni tuzilmasini kognitiv, faoliyatili, refleksiv-baholovchi hamda pedagogik-psixologik omillarini ta'lim oluvchilarning fikrlarini yaxlit bayon etishlariga yoʻnaltirilgan faoliyatli, kommunikativ-motivasion komponentlarini emperik jihatlarini belgilash asosida aniqlashtirilgan xulosa va tavsiyalar asosida «Xorijiy til» nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishi talabalarining boglanishli nutq qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va kasbiy bilimini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning amaliy-nutqiy ko‘nikmalarni va malakalarini o‘zlashtirishlarini rivojlantirishda ona tili va ikkinchi til (rus tili) integratsiyasini ta’minlash maqsadida bog‘lanishli nutq malakalarini rivojlanishiga xizmat qiluvchi didaktik material mazmuni vaziyatli topshiriqlar va muammoli ta’lim texnologiyasining gorizontal va vertikal integrallashuvini hisobga olish orqali asoslangan tavsiyalardan «Xorijiy til» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalarida bog‘lanishli og‘zaki va yozma matn tuzish malakalarini shakllantirish darajasini aniqlash imkoni yaratilgan;
texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarida ingliz tili darslarida bog‘lanishli nutq malakalarini rivojlantirishning lingvodidaktik modeli nutqiy faoliyatning barcha turlarini fikrlarni mantiqiy bogʻlangan va yaxlit bayon etish malakalarini oʻstirishning ingliz tili ta'limi bosqichlaridagi improvizasiyali, kommunikativ, axloqiy, emotsional-irodaviy xususiyatlari, motivatsion soʻzlashuv faoliyatiga tayyorlik kabi sifat ko‘rsatgichlari mazmunini va jarayonli-tashkiliy asoslarini barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan hamda texnika oliy o‘quv yurtlari talabalarini ingliz tili darslarida fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda izchil, mantiq va grammatika qoidalariga muvofiq ravishda bayon etishga oʻrgatish jarayonida bilim-koʻnikma-malaka-kompetensiya birligi, muayyan nutqiy faoliyatga e’tibor qaratish, fikrlarni rejalashtirish va izchilligini ta’minlash bosqichlarini individual va shaxslararo hamda ichki tashqi omillar bilan qayta aloqaga kirish darajasini belgilashga ustuvorlik berish asosida aniqlanganligiga oid xulosa va tavsiyalar «Xorijiy til» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i asosida berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada ingliz tili darslarida texnika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalarida fikrlarini muayyan ketma-ketlikda bog‘lanishli bayon etish malakalarini rivojlantirishning lingvodidaktik modeli takomillashtirish samaradorligi oshgan.