Mamadaliev Anazxon Ziyodillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarida boshqaruv madaniyatini takomillashtirishning nazariy-metodik asoslari (texnika oliy o‘quv yurtlari misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1808. 
Ilmiy rahbar: Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhadislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Namangan muhandisik-qurilish instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.90.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish bakalavrini tayyorlashning didaktik tizimida boshqaruv madaniyatini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uzlyuksiz ta’lim tizimida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlari boshqaruv madaniyatini o‘ziga xos xususiyatlari bakalavrlar va jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalarning integrativlik darajasini aksiologik, kompetensiyaga asoslangan va shaxsiy-ijodiy bilish faolligini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlari boshqaruv madaniyatining takomillashtirish metodologiyasi boshqaruv yo‘nalishini ifodalovchi kvalifikatsiyalash, saralash, legitimlik, ma’lumot, ijtimoiylashuvni barqaror harakatlar, ijobiy o‘zgarishlarni shakllantirishning korporativ asoslarini gorizontal va vertikal belgilash asosida ochib berilgan;
bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlarini boshqaruv madaniyatini rivojlantirishning makro-bosqichdagi axloqiy, etik, estetik, emotsional-irodaviy xususiyatlari  motivatsion  boshqaruv faoliyatiga tayyorlik kabi sifat ko‘rsatgichlar mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishtirilgan;
bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlari boshqaruv madaniyatini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslari o‘z-o‘zini baholash faoliyatini amalga oshirish, boshqaruv faoliyati, birgalikda boshqaruv, muayyan faoliyatga e’tibor qaratish usuli, tartibga solish, kognetiv baholash, taqdimotni baholash shaxsga yo‘naltirilgan monitoringiga ustuvorlik berish asosida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlarining boshqaruv madaniyatini takomillashtirishning nazariy-metodik asoslari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
uzlyuksiz ta’lim tizimida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlari boshqaruv madaniyatini o‘ziga xos xususiyatlari bakalavrlar va jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalarning integrativlik darajasini aksiologik, kompetensiyaga asoslangan va shaxsiy-ijodiy bilish faolligini belgilash asosida aniqlashtirilganligi hamda bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlari boshqaruv madaniyatining takomillashtirish metodologiyasi boshqaruv yo‘nalishini ifodalovchi kvalifikatsiyalash, saralash, legitimlik, ma’lumot, ijtimoiylashuvni barqaror harakatlar, ijobiy o‘zgarishlarni shakllantirishning korporativ asoslarini gorizontal va vertikal belgilash asosida ochib berilganligiga oid xulosalar Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi faoliyatida foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 26-dekabrdagi 02/01-01-117-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda boshqaruv madaniyatini takomillashtirishga doir takliflar, tadqiqotning ilmiy-nazariy va amaliy xulosalari «543010- Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish» ta’lim yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan; 
bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlarini boshqaruv madaniyatini rivojlantirishning makro-bosqichdagi axloqiy, etik, estetik, emotsional-irodaviy xususiyatlari  motivatsion  boshqaruv faoliyatiga tayyorlik kabi sifat ko‘rsatgichlar mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishtirilganligi hamda bo‘lajak qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish bakalavrlari boshqaruv madaniyatini takomillashtirishning nazariy va uslubiy asoslari o‘z-o‘zini baholash faoliyatini amalga oshirish, boshqaruv faoliyati, birgalikda boshqaruv, muayyan faoliyatga e’tibor qaratish usuli, tartibga solish, kognetiv baholash, taqdimotni baholash shaxsga yo‘naltirilgan monitoringiga ustuvorlik berish asosida aniqlanganligiga oid takliflar «O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish» (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy unversitetining 2022-yil 15-dekabrdagi 04/11-8215-son dalolatnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan didaktik va tashkiliy-metodik materiallar, o‘quv-uslubiy qo‘lanmalar, ilmiy, pedagogik va boshqaruv xodimlarning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish