Musaeva Shaxlo Kudratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek bolalar nasri taraqqiyotida Nosir Fozilov ijodi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2195.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Barakaev Rahmatulla, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Qahramonov Qurdash Yalgashovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jamilova Bashorat Sattarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek bolalar adabiyotida hikoya va qissa janrlarining maydonga kelish xususiyatlari, taraqqiyot tamoyillari va unda Nosir Fozilov ijodining o‘rnini aniqlash, yozuvchining adabiy an’anaga ijodiy yondashuv yo‘sini va uslubiy individualligini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
N.Fozilov o‘zbek bolalar hikoyachiligining mavzuiy doirasini kengaytirib, ayniqsa, hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylantirilishi jarayoni nuqtai nazaridan yangi pog‘onaga ko‘targani asarga qahramon va voqelikni tanlay bilish mahorati bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
N.Fozilov ijodida an’anaviylik, o‘ziga xoslik va badiiy mahorati yozuvchining “Shum bolaning nabiralari” qissasini G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasiga qiyoslash orqali ifoda uslubining goh badiiy to‘qimaga, goh hayot haqiqatiga, goh engil yumorga yo‘g‘dirilgan holda aks ettirilishi dalillangan;
N.Fozilov ijodida sarguzashtlilikning o‘ziga xosligi “Qorxat” qissasi qahramonlari (bolalar)ning kutilmagan holatlarga tushib qolishi va undan chiqib ketishi bilan bog‘liq hayotiy tasvirlarga asoslanganida namoyon bo‘lishi ochib berilgan;
“Qahr va mehr” hamda “Qush qanoti bilan” qissalarida Ikkinchi jahon urushi davrida xalqimiz boshiga tushgan musibat va kulfatlar o‘sha paytda yosh bola bo‘lgan ijodkorning og‘ir kunlarda bolalarni ham birdan ulg‘aytirib, kattalarga hamnafas qilganini o‘zi guvohi bo‘lgan voqealar asosida nihoyatda ishonarli tasvirlab bergani, yozuvchining turli hikoya va qissalarida bir xil nomdagi qahramonlarning ko‘plab uchrashi misolida N.Fozilov asarlarida hayotiylikning asosiy o‘rin tutishi hamda yozuvchi hikoyalar sarlavhalarining to‘plamga kiritilishida o‘zgarganlik sabablari, qissa va hikoyadan mohirona tarzda yangi qissa yaratish mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmi va istiqlol davri o‘zbek bolalar nasrida Nosir Fozilov ijodining o‘rni mavzusini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida;
N.Fozilov o‘zbek bolalar hikoyachiligining mavzuiy doirasini kengaytirib, ayniqsa, hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylantirilishi jarayoni nuqtai nazaridan yangi pog‘onaga ko‘targani asarga qahramon va voqelikni tanlay bilish mahorati bilan bog‘liqligi ochib berilganligi hamda N.Fozilov ijodida an’anaviylik, o‘ziga xoslik va badiiy mahorati yozuvchining “Shum bolaning nabiralari” qissasini G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasiga qiyoslash orqali ifoda uslubining goh badiiy to‘qimaga, goh hayot haqiqatiga, goh engil yumorga yo‘g‘dirilgan holda aks ettirilishi dalillanganligi haqidagi nazariy xulosalardan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020) fundamental loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 23-maydagi 17.01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq adabiyoti nasrida folklorizm unsurlari, mifologik obrazlar, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va diniy qarashlarning o‘zaro qiyosiy-tipologik tarzda talqin etilganligi haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
N.Fozilov ijodida sarguzashtlilikning o‘ziga xosligi “Qorxat” qissasi qahramonlari (bolalar)ning kutilmagan holatlarga tushib qolishi va undan chiqib ketishi bilan bog‘liq hayotiy tasvirlarga asoslanganida namoyon bo‘lishi ochib berilgan yuzasidan qarashlaridan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” (2012-2016) amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 23-maydagi 17.01/80-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy qarashlar qiyoslar asosida umumiy xulosalarni kuchaytirishga xizmat qilgan, loyihaning ilmiy qimmatini oshirishga yordam bergan;
“Qahr va mehr” hamda “Qush qanoti bilan” qissalarida Ikkinchi jahon urushi davrida xalqimiz boshiga tushgan musibat va kulfatlar o‘sha paytda yosh bola bo‘lgan ijodkorning og‘ir kunlarda bolalarni ham birdan ulg‘aytirib, kattalarga hamnafas qilganini o‘zi guvohi bo‘lgan voqealar asosida nihoyatda ishonarli tasvirlab bergani, yozuvchining turli hikoya va qissalarida bir xil nomdagi qahramonlarning ko‘plab uchrashi misolida N.Fozilov asarlarida hayotiylikning asosiy o‘rin tutishi hamda yozuvchi hikoyalar sarlavhalarining to‘plamga kiritilishida o‘zgarganlik sabablari, qissa va hikoyadan mohirona tarzda yangi qissa yaratish mahorati ochib berilganligi yuzasidan takliflardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom yangi kun!”, “Diyor 24” tonggi dasturi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 30-maydagi 01-10/85-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvning yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitishga, dunyoqarashini kengayishiga zamin yaratgan.