Ibragimova Muyassar Eshqobilovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek mumtoz adabiyotida dunyo obrazi va uning badiiy talqini (Qadimgi davrdan XV asrning I yarmigacha)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil573. 
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Asadov Maqsud Husenovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01. 
Rasmiy opponentlar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qadimgi davrdan XV asrning I yarmigacha o‘zbek mumtoz adabiyotida qo‘llangan dunyo obrazining shakllanishi, tarixiy takomili va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyo obrazining eng qadimgi davrlardan XV asrning I yarmigacha bo‘lgan o‘zbek mumtoz adabiyotidagi tadrijiy takomili, taraqqiyot bosqichlari, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarining adabiy matn mazmunini ifoda etishda muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan;
dunyo obrazining yuzaga kelishi va adabiyotda o‘rinlashishida Sharq xalqlarining diniy-mifologik tasavvurlari, ijtimoiy-maishiy turmush madaniyati, ma’naviy-axloqiy qarashlari, ularning badiiy ijoddagi ahamiyati hamda estetik xususiyatlari ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
o‘zbek mumtoz adabiyotida XV asrning I yarmigacha bo‘lgan dunyo obrazi ifodalangan she’rlarning badiiy jihatdan mukammalligi, xususan, ochun, balbal, getiy, dahr, dayr, xarobot kabi ma’nodoshlari va yirtinchi, g‘addor, kechar, baqosiz, foniy singari sifatlashlari orqali yuzaga chiqqan mazmunlarning o‘ziga xos ekanligi dalillangan;
dunyo obrazining mohiyati, poetik tabiati, xususan, tazod, talmeh, tashbeh, aqd, kalomi jome’, ta’did, iqtibos kabi badiiy san’atlar vositasida yuzaga chiqqan ifoda imkoniyatlari, tasvirning quyuqligi lirik qahramon, jumladan, oshiq, zohid, obid, orif, rind timsollari dunyoqarashiga bog‘liqlikda ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek mumtoz adabiyotida dunyo obrazi va uning badiiy talqini (Qadimgi davrdan XV asrning I yarmigacha) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
dunyo obrazining eng qadimgi davrlardan XV asrning I yarmigacha bo‘lgan o‘zbek mumtoz adabiyotidagi tadrijiy takomili, taraqqiyot bosqichlari, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarining adabiy matn mazmunini ifoda etishda muhim ahamiyat kasb etishi ochib berilgan ilmiy xulosalaridan OT-F1-77 “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” (2017 – 2020) fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2023-yil 3-apreldagi 3/1255-674-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy qarashlar qiyoslar asosida umumiy xulosalarni kuchaytirishga xizmat qilgan, loyihaning ilmiy qimmatini oshirishga yordam bergan;
dunyo obrazining yuzaga kelishi va adabiyotda o‘rinlashishida Sharq xalqlarining diniy-mifologik tasavvurlari, ijtimoiy-maishiy turmush madaniyati, ma’naviy-axloqiy qarashlari, ularning badiiy ijoddagi ahamiyati hamda estetik xususiyatlari ta’sir ko‘rsatganligi isbotlanganligi kabi nazariy xulosalardan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 6-iyundagi 17.01/134-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotida yaratilgan dunyo obrazi tadrijida folklorning ahamiyati, mifologik timsollar, qadriyatlar va diniy qarashlarning o‘zaro qiyosiy-tipologik tarzda talqin etilganligi haqidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
o‘zbek mumtoz adabiyotida XV asrning I yarmigacha bo‘lgan dunyo obrazi ifodalangan she’rlarning badiiy jihatdan mukammalligi, xususan, ochun, balbal, getiy, dahr, dayr, xarobot kabi ma’nodoshlari va yirtinchi, g‘addor, kechar, baqosiz, foniy singari sifatlashlari orqali yuzaga chiqqan mazmunlarning o‘ziga xos ekanligi dalillanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy kengashi yig‘ilishlarida foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 14-iyundagi 01-03/789-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlarda adabiyot nazariyasi, poetik obrazning tasvir tamoyillari, badiiy-estetik jihatlari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalar berilgan;
dunyo obrazining mohiyati, poetik tabiati, xususan, tazod, talmeh, tashbeh, aqd, kalomi jome’, ta’did, iqtibos kabi badiiy san’atlar vositasida yuzaga chiqqan ifoda imkoniyatlari, tasvirning quyuqligi lirik qahramon, jumladan, oshiq, zohid, obid, orif, rind timsollari dunyoqarashiga bog‘liqlikda ochib berilganligiga oid takliflardan “Mahalla” telekanalining “Mahalla tongi” dasturida foydalanilgan (“Mahalla” telekanalining 2023-yil 3-oktyabrdagi 01-01-1008-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvning yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanishiga, ularning ma’naviy olamini boyitishga, dunyoqarashini kengayishiga zamin yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish