Fayzullaeva Xilola Baxronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda klinik-laborator ko‘rsatkichlarning prognostik informativligi” 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. PhD/Tib1088
Ilmiy raxbar: Abdullaeva Muxiba Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Rustam Xayitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda klinik-laborator ko‘rsatkichlarning prognostik informativligini aniqlash va terapevtik korreksiyalash chora tadbirlarni ishlab chikishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chaqaloqlarda asfiksiya asoratlari rivojlanishining yuqori xavf omillari (ekstragenital - nafas yo‘llari o‘tkir infeksiyasi 80%; kamqonlik 63%; xomiladorlar gipertenziyasi 34% va intranatal - xomila stressi 80%; tug‘ruq xarakatlarining buzilishi 60%; yo‘ldoshning vaqtidan oldin ko‘chishi 53%; kindik o‘ralishi 47%; suvsizlik 30%) aniqlangan;
chaqaloqlar asfiksiyasida poliorgan etishmovchiligining boshqa belgilari bilan bir qatorda nevrologik simptomatikaning ustunligi S-100 neyromarkerini  aniqlash orqali asoslangan;
asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  S-100/Sa xamda S-100/Mg orasida o‘rta og‘ir darajadagi asfiksiyada kuchsiz musbat, og‘ir darajada manfiy korrelyasion bog‘liq aniqlangan;
asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  an’anaviy davo usuli bilan birgalikda sitoflavin dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 30 oktyabr` 62-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlarda asfiksiya asoratlari rivojlanishining yuqori xavf omillari (ekstragenital - nafas yo‘llari o‘tkir infeksiyasi 80%; kamqonlik 63%; xomiladorlar gipertenziyasi 34% va intranatal - xomila stressi 80%; tug‘ruq xarakatlarining buzilishi 60%; yo‘ldoshning vaqtidan oldin ko‘chishi 53%; kindik o‘ralishi 47%; suvsizlik 30%) aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.05.2022 yildagi 201/1-sonli buyruq, Navoiy viloyati perinatal markazi 21.04.2022 yildagi 24/1sonli buyruq hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.11.2022 yildagi 29/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aniqlangan og‘ir akusher ginekologik anamnez va noxush somatik holatlar taqqoslash guruhidagi ayollarda, nazorat guruhidagi ayollardan farqli ravishda, shubhasiz homilaning o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi asoratli homiladorlikni rivojlanishiga sabab bo‘lganligi aniqlandi bu esa xavf guruxidagi chaqaloqlarning 97% ida postgipoksik asoratlarni erta tashxislash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘tkazilgan anamnestik taxlil, kompleks laborator tekshiruvlar, kompleks davoni terapevtik korreksiyalash bilan bemor chaqaloqlar yotoq kunini 7 kunga qisqarganligi xisobiga yotoq kunidan 297 000 so‘m byudjeti mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. (1 kunga o‘rtacha 56 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlar metabolik atsidozida kompleks davoni sitoflavin bilan korreksiyalash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 24 dekabrdagi 5239-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-z/423-son ma’lumotnomasi).
ikkinchi ilmiy yangilik: chaqaloqlar asfiksiyasida poliorgan etishmovchiligining boshqa belgilari bilan bir qatorda nevrologik simptomatikaning ustunligi S-100 neyromarkerini  aniqlash orqali asoslandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.05.2022 yildagi 201/1-sonli buyruq, Navoiy viloyati perinatal markazi 21.04.2022 yildagi 24/1sonli buyruq hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.11.2022 yildagi 29/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neonatal davrda, neyrotest S-100 ning yuqori darajasi qatorida nevrologik simptomatika rivojlanishida fon yaratadigan, gipokal`siemiya, gipomagniemiya, gipofosfatemiya kuzatilishini inobatga olib, dispanserizatsiya rejasida kal`siy, magniy, fosforni o‘z vaqtida korreksiyalashni nazorat qilish, uzoqlashgan nevrologik simptomatika rivojlanishini prognozlashda laborator fenomen sifatida xizmat qildi va bemorlarning 97%ida postgipoksik asoratlarni erta tashxislash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda xayotining ilk kunidan o‘tkazilgan kompleks laborator tekshiruvlar ya’ni qondagi metabolitlar va neyrotest  S-100 ko‘rsatkichlari orqali postasfiksik sindromlarni erta aniqlash orqali,  apparat tekshiruvlarga ketadigan sarf xarajatlar xisobidan byudjet mablag‘larini 67 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 43 000 so‘mga iqtisod qilingan. Xulosa: asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqoloqlarda yangi kompleks laborator-diagnostik usulning qo‘llanilishi 1 nafar bemor xisobiga  byudjet mablag‘larini 67 000  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 43 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Chaqaloqlar markaziy nerv sistemasining perinatal zararlanishida S-100 oqsili neyromarkerining diagnostik axamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil  10 maydagi 1396-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-z/423-son ma’lumotnomasi).
uchinchi ilmiy yangilik: asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  S-100/Sa xamda S-100/Mg orasida o‘rta og‘ir darajadagi asfiksiyada kuchsiz musbat, og‘ir darajada manfiy korrelyasion bog‘liq aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.05.2022 yildagi 201/1-sonli buyruq, Navoiy viloyati perinatal markazi 21.04.2022 yildagi 24/1sonli buyruq hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.11.2022 yildagi 29/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: neonatal davrda, neyrotest S-100 ning yuqori darajasi qatorida nevrologik simptomatika rivojlanishida fon yaratadigan, gipokal`siemiya, gipomagniemiya, gipofosfatemiya kuzatilishini inobatga olib, dispanserizatsiya rejasida kal`siy, magniy, fosforni o‘z vaqtida korreksiyalashni nazorat qilish uzoqlashgan nevrologik simptomatika rivojlanishini prognozlashda laborator fenomen sifatida xizmat qildi va bemorlarning 97%ida postgipoksik asoratlarni erta tashxislash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda xayotining ilk kunidan o‘tkazilgan kompleks laborator tekshiruvlar ya’ni qondagi metabolitlar, gaz tarkibi, kislota-asos xolati va neyrotest S-100 ko‘rsatkichlari orqali postasfiksik sindromlarni erta aniqlash,  apparat tekshiruvlarga ketadigan sarf xarajatlar xisobidan byudjet mablag‘larini 67 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 43 000 so‘mga iqtisod qilingan. Xulosa: asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqoloqlarda yangi kompleks laborator-diagnostik usulning qo‘llanilishi 1 nafar bemor xisobiga  byudjet mablag‘larini 67 000  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 43 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Chaqaloqlar markaziy nerv sistemasining perinatal zararlanishida S-100 oqsili neyromarkerining diagnostik axamiyati» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil  10 maydagi 1396-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-z/423-son ma’lumotnomasi).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda  an’anaviy davo usuli bilan birgalikda sitoflavin dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash natijasida davolashdagi differensial yondashuvlar samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.05.2022 yildagi 201/1-sonli buyruq, Navoiy viloyati perinatal markazi 21.04.2022 yildagi 24/1sonli buyruq hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 12.11.2022 yildagi 29/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: metabolik status va kiclota-asos xolatini kompleks baxolash; “Sitoflavin” preparati bilan siljishlarni o‘z vaqtida korreksiyalash uchun S-100 neyrotestini baxolash; chaqaloqlar og‘ir asfiksiyasida dekompensatsiyalangan metabolik atsidozni korreksiyalash samaradorligi, an’anaviy davo usuli bilan “terapevtik darcha” prinsipiga muvofiq “Sitoflavin” preparati qo‘llanilishi  bemorlarning 97% postasfiksik asoratlarni kamaytirishga, markaziy asab tizimining ishemik va gemorragik shikastlanishlarni oldini olish imkonini berdi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “Terapevtik darcha” prinsipiga asosan an’anaviy davo usuli bilan birga qo‘llanilgan “Sitoflavin” preparatini, 7 kun davomida v/i ga, 2ml/kg 1:5 nisbatda ko‘rsatmaga asosan 0,9 %li natriy xlor eritmasi yoki 10%li glyukozaga aralashtirib “lineomat” apparati yordamida 4ml/soatiga yuborilib, chaqaloqlar asfiksiyasida metabolik atsidozni korreksiyalashda, antigipoksant, antioksidant, energetik korregirlovchi samaradorlikga ega ekanligini isbotlanib, bemor chaqaloqlar yotoq kunini 7 kunga qisqarganligi xisobiga yotoq kunidan 297 000 so‘m byudjeti mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. (1 kunga o‘rtacha 56 000 so‘m dori vositalari sarflanadi) Xulosa: an’anaviy davo usuli bilan birgalikda sitoflavin dori vositasini “terapevtik darcha” prinsipiga muvofiq qo‘shimcha qo‘llash natijasida  komleks davolashning qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 297 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 100 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir asfiksiya bilan tug‘ilgan chaqaloqlar metabolik atsidozida kompleks davoni sitoflavin bilan korreksiyalash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 24 dekabrdagi 5239-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 avgustdagi 8n-z/423-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish