Tilyavova Sitora Amirzodaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Premenopauzal davrda siydik tutolmasligi bo‘lgan ayollarni olib borishni optimallashtirish” 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.1.PhD/Tib1615.
Ilmiy raxbar: Xudoyarova Dildora Raximovna tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi premenopauzal davrdagi ayollarda siydik tutolmaslik  buzilishlarni diagnostika  va davolashni optimallashtirish orkali xayot sifatini yaxshilashdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 peremenopauzal davrda ayollarda siydik tutolmaslik rivojlanishi yuqori xavf omillari (qinning orqa devori tutushi 91%, asoratli tug‘ruqlar 57,3% va semizlik 59%)  ishlab chiqilgan "Prognostik xarita" tahlili orqali aniqlangan;
ilk bor peremenopauzal davrda siydik tutolmaslik bilan xastalangan ayollarning hayot sifatini baholovchi ICIQ-SF" so‘rovnomasi modifikatsiyalashtirilgan va bu patologiyani differensiallashda uning samaradorligi asoslangan;
peremenopauzal davrda siydik tutolmaslikni davolashda fizioterapevtik kompleks  usullarning: biologik qayta aloqa terapiyasi va BTL-4000 PREMIUM G magnit tovushli tuzilma samaradorligi aniqlangan;
peremenopauzal davrda siydik tutolmaslik bilan xastalangan ayollarda an’anaviy davo usuli bilan birgalikda detruzor ichi botulin terapiyasi va kollogenoplastika dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash asosida davolash va olib borish taktikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 11 noyabr` 65-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati : peremenopauzal davrda ayollarda siydik tutolmaslik rivojlanishi yuqori xavf omillari (qinning orqa devori tutushi 91%, asoratli tug‘ruqlar 57,3% va semizlik 59%) ishlab chiqilgan "Prognostik xarita" tahlili orqali aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: premenopauzal davrda ayollarda ST rivojlanishining eng muhim xavf omillarini o‘z ichiga olgan va kasallikni oldini olish uchun juda muhim bo‘lgan, patologik holatning rivojlanishi va kechishini taxmin qilish imkonini beradigan prognostik xarita ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat perinatal markaz 03.07.2021 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda Samarkand shaxar №1 sonli tug‘ruq kompleksi ginekologiya bulimi 06.11.2022 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi - tadqiqotda zamonaviy,  bir - birini to‘ldiruvchi klinik, statistik usullardan foydalanish, shuningdek, tekshirilgan bemorlarning yetarli soni, siydik tutolmaslikning diagnostik va prognostik mezonlarini takomillashtirish, statistik tahlil usullari to‘plami, shuningdek ularni to‘g‘ri qo‘llash bilan, xalqaro hamda mahalliy tajribalar bilan taqqoslangani, xulosalar, olingan natijalarning vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan asoslanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga qisqarganligi xisobiga yotoq kunidan 555 000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkonini berdi. Xulosa: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga 1 nafar bemor xisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 555 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «premenopauzal davrda siydik tutolmasligi bo‘lgan ayollarni olib borishni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 15 dekabrdagi 5136-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 8n-r/717-son ma’lumotnomasi).
ikkinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor peremenopauzal davrda siydik tutolmaslik bilan xastalangan ayollarning hayot sifatini baholovchi ICIQ-SF" so‘rovnomasi modifikatsiyalashtirilgan va bu patologiyani differensiallashda uning samaradorligi baxolangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati:.Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi siydik tutolmaslikni erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish, ST bilan kasallangan ayollarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat perinatal markaz 03.07.2021 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda Samarkand shaxar №1 sonli tug‘ruq kompleksi ginekologiya bulimi 06.11.2022 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi:siydik tutolmaslikni erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish, ST bilan kasallangan ayollarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini berdi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga qisqarganligi xisobiga yotoq kunidan 555 000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkonini berdiXulosa: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga 1 nafar bemor xisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 555 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Premenopauzal davrda siydik tutolmasligi bo‘lgan ayollarni olib borishni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 15 dekabrdagi 5136-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 8n-r/717-son ma’lumotnomasi).
uchinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: peremenopauzal davrda siydik tutolmaslikni davolashda fizioterapevtik kompleks usullarning: biologik qayta aloqa terapiyasi va BTL-4000 PREMIUM G magnit tovushli tuzilma samaradorligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: peremenopauzal davrda ayollarda siydik tutolmaslik turlari, sabablari va garmonal statusni e’tiborga olgan xolda kompleks davolash  (biologik qayta aloqa terapiyasi, BTL-4000 PREMIUM G) va olib borish  algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat perinatal markaz 03.07.2021 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda Samarkand shaxar №1 sonli tug‘ruq kompleksi ginekologiya bulimi 06.11.2022 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi siydik tutolmaslikni erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish, ST bilan kasallangan ayollarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga qisqarganligi xisobiga yotoq kunidan 555 000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkonini berdi Xulosa: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga 1 nafar bemor xisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 555 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Premenopauzal davrda siydik tutolmasligi bo‘lgan ayollarni olib borishni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand Davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 15 dekabrdagi 5136-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 8n-r/717-son ma’lumotnomasi).
turtinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning mohiyati: peremenopauzal davrda siydik tutolmaslik bilan xastalangan ayollarda an’anaviy davo usuli bilan birgalikda detruzor ichi botulin terapiyasi va kollogenoplastika dori vositasini qo‘shimcha qo‘llash natijasida davolash va olib borish taktikasi takomillashtirilgan.Ilmiy yangilikning ahamiyati: kollogenoplastika va detruzor ichi botulin terapiyasi bilan konservativ davolashning yangi usulini joriy etishi natijasida davolashning yuqori samaradorligi, bevosita va uzoq muddatli asoratlarning hamda kasallikning qaytalanishi oldini olish bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyat perinatal markaz 03.07.2021 yildagi 115/1-sonli buyruq hamda Samarkand shaxar №1 sonli tug‘ruq kompleksi ginekologiya bulimi 06.11.2022 yildagi 35/1-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi siydik tutolmaslikni erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish, ST bilan kasallangan ayollarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini berdi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga qisqarganligi xisobiga yotoq kunidan 555 000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilishga imkonini berdi Xulosa: siydik tutolmasligini kompleks davolash bemorlarning yotoq kunini 3 kunga 1 nafar bemor xisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 555 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.  Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Premenopauzal davrda siydik tutolmasligi bo‘lgan ayollarni olib borishni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 15 dekabrdagi 5136-sonli xati yuborilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 8n-r/717-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish