Shonazarov Iskandar Shonazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘t tosh kasallikarini asoratlangan shakllarida xirurgik davo», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib743.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafarjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zaripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari  doktori, professor; Kim Jong Voo, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya).
Yetakchi tashkilot: Slupsk Pomeron Universiteti (Pol`sha davlati)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllari bilan  bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bemorlarni ahvolining og‘irlik darajasini hisobga olgan holda miniinvaziv dekompression aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash uchun xirurgik taktikasini tanlash patogenetik davolash ustunligi aniqlangan;
o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllarida destruktiv xolesistit klinikasining ustunligi bilan bemorlarda navigatsion punksion va laparoskopik usullar hamda yiringli xolangit klinikasi ustunlik qilganda transduodenal endoskopik usullardan foydalangan holda diagnostik davolash samaradorligi isbotlangan;
safroli peritonitning klinik kechishining og‘irligi va tarqalganligini hisobga olgan holda miniinvaziv xirurgik aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan optimal xirurgik taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi diagnostik ketma-ketlik aniqlangan;
ilk bor yiringli xolangit paytida o‘t yo‘llarida yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish uchun o‘t yo‘llarini drenajlash orqali perfuzion sanatsiya orqali davolash ustunligi asoslangan;
o‘t tosh kasalligi asoratlarini xirurgik davolashda diapevtik, rentgen-endoxirurgik va laparoskopik texnologiyalardan kasallikning bosqichiga qarab kompleks differensial ravishda foydalanishning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t tosh kasalliklarini asoratlangan shakllarida xirurgik davo o‘rganish bo‘yicha Samarqand Davlat tibbiyot Universitetining 2023 yilning 21 oktabridagi 59 son xulosasiga ko‘ra:
ilk bor bemorlar ahvolining og‘irligi darajasini hisobga olgan holda miniinvaziv dekompression aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash uchun xirurgik taktikani tanlashga ta’sir qiluvchi mezonlar aniqlangan va olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (07.01.2022 y.: № 53/54), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.07.2023 y.: № 15/16) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.07.2023 y.: №1691-U/1692-U) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilk bor bemorlar ahvolining og‘irligi darajasini hisobga olgan holda miniinvaziv dekompression aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash uchun xirurgik taktikani tanlashga ta’sir qiluvchi mezonlar aniqlanishi bemorlarni davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi ilk bor bemorlar ahvolining og‘irligi darajasini hisobga olgan holda miniinvaziv dekompression aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash uchun xirurgik taktikani tanlashga ta’sir qiluvchi mezonlar aniqlanib, ikki bosqichli operatsiya o‘tkazish natijasida og‘ir bemorlardagi operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamayishi bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1 mln 700 ming so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 190.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: ilk bor bemorlar ahvolining og‘irligi darajasini hisobga olgan holda miniinvaziv dekompression aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan bemorlarni bosqichma-bosqich davolash usuli, bemorlarning nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini kamaytirish va kasallikning hayotga xavf tug‘diradigan asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan.
o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllarida destruktiv xolesistit klinikasining ustunligi bilan bemorlarda navigatsion punksion va laparoskopik usullar hamda yiringli xolangit klinikasi ustunlik qilganda transduodenal endoskopik usullardan foydalangan holda diagnostik va davolash chora-tadbirlari algoritmi ishlab chiqilgan va Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (07.01.2022 y.: № 53/54), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.07.2023 y.: № 15/16) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.07.2023 y.: №1691-U/1692-U) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan diagnostik va davolash chora-tadbirlari algoritmi qo‘llash orqali o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllarida destruktiv xolesistit klinikasining ustunligi bilan bemorlarda navigatsion punksion va laparoskopik usullar hamda yiringli xolangit klinikasi ustunlik qilganda transduodenal endoskopik usullardan foydalanish hisobiga  operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda kuzatiladigan asoratlarni va  o‘lim sabablariga olib keladigan omillarni kamaytirishi imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashni ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 7,0 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 mln. 330 ming so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 190.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Ishlab chiqilgan diagnostik va davolash chora-tadbirlari algoritmi qo‘llash orqali o‘t tosh kasalligining asoratlangan shakllarida destruktiv xolesistit klinikasining ustunligi bilan bemorlarda navigatsion punksion va laparoskopik usullar hamda yiringli xolangit klinikasi ustunlik qilganda transduodenal endoskopik usullardan foydalanish hisobiga  operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda kuzatiladigan asoratlarni va  o‘lim sabablariga olib keladigan omillarni kamaytirishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 570 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 270 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini began.
safroli peritonitning klinik kechishi og‘irligi va  tarqalganligini hisobga olgan holda miniinvaziv xirurgik aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan optimal xirurgik taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar aniqlab berilgan va olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (07.01.2022 y.: № 53/54), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.07.2023 y.: № 15/16) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.07.2023 y.: №1691-U/1692-U) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi safroli peritonitning klinik kechishi og‘irligi va  tarqalganligini hisobga olgan holda miniinvaziv xirurgik aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan optimal xirurgik taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib,  ko‘rsatmalarga asoslangan usullarni qo‘llanilishi, ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashni ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan va o‘lim holatlariga olib keluvchi omillarni oldi olingan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  safroli peritonitning klinik kechishi og‘irligi va  tarqalganligini hisobga olgan holda miniinvaziv xirurgik aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan optimal xirurgik taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib,  ko‘rsatmalarga asoslangan usullarni qo‘llanilishi, ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni 9,4 % dan 3,9% ga, o‘lim darajasini 2,7% dan 1,3 %ga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: safroli peritonitning klinik kechishi og‘irligi va  tarqalganligini hisobga olgan holda miniinvaziv xirurgik aralashuvlarni ustuvor qo‘llash bilan optimal xirurgik taktikasini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanib,  ko‘rsatmalarga asoslangan usullarni qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 760 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 270 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ilk bor yiringli xolangit payti o‘t yo‘llarida yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishda o‘t yo‘llarini drenaj orqali perfuzion sanatsiya usuli ishlab chiqilgan va olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (07.01.2022 y.: № 53/54), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.07.2023 y.: № 15/16) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.07.2023 y.: №1691-U/1692-U) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ilk bor yiringli xolangit payti o‘t yo‘llarida yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishda o‘t yo‘llarini drenaj orqali perfuzion sanatsiya usulini qo‘llanilishi, ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlangan bemorlarda operatsiya xavfi darajasi va kasallikning prognozini baxolash usulini qo‘llash  o‘zi kifoya hisoblanib,ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 25% kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: ilk bor yiringli xolangit payti o‘t yo‘llarida yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishda o‘t yo‘llarini drenaj orqali perfuzion sanatsiya usulidan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 760 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 270 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
o‘t tosh kasalligi asoratlarini xirurgik davolashda diapevtik, rentgen-endoxirurgik va laparoskopik texnologiyalardan differensial ravishda foydalanishning klinik samaradorligi isbotlangan va olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (07.01.2022 y.: № 53/54), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (04.07.2023 y.: № 15/16) hamda Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (06.07.2023 y.: №1691-U/1692-U) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi o‘t tosh kasalligi asoratlarini xirurgik davolashda diapevtik, rentgen-endoxirurgik va laparoskopik texnologiyalardan differensial ravishda foydalanish aniq diagnoz qo‘yish hisobiga, shoshilinch jarrohlik amaliyotida operatsiyadan keyingi davrda kuzatiladigan asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichini kamayishiga olib kelishi natijasida shifo jarayonini tezlashtirish va yotoq kunini qisqarishi bemorlarda davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘t tosh kasalligi asoratlarini xirurgik davolashda diapevtik, rentgen-endoxirurgik va laparoskopik texnologiyalardan differensial ravishda foydalanish aniq diagnoz qo‘yish hisobiga, shoshilinch jarrohlik amaliyotida operatsiyadan keyingi davrda kuzatiladigan asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichini kamayishi sarf xarajatlarni kamaytirgan, bu o‘z navbatida ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 35% kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: o‘t tosh kasalligi asoratlarini xirurgik davolashda diapevtik, rentgen-endoxirurgik va laparoskopik texnologiyalardan differensial ravishda foydalanish aniq diagnoz qo‘yish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 760 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 270 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
I.Sh.Shonazarovning «O‘t tosh kasalliklarini asoratlangan shakllarida xirurgik davo» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 7 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot Universitetining 2023 yildagi 21 oktabridagi 12364-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish