Gafurov Mavlon Kuchkarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash mexanizmlarini takomillashtirishning dolzarb masalalari», 12.00.09. – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu909.
Ilmiy rahbar: Tuxtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Oripov Sobirzoda Sobir o‘g‘li, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida dalillarni to‘plash va mustahkamlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsni jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun etarli asoslar mavjud bo‘lgan holatlarda uning tegishli huquqlarini tushuntirmasdan guvoh sifatida so‘roq qilishni qonunchilik darajasida taqiqlash lozimligi asoslab berilgan;
protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar shaxsdan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olishni taqiqlashga oid normani qonunchilikka kiritish lozimligi asoslangan;
shaxsni jinoyat sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyatda uni ayblashni jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan isbot qilishda taqiqlanadigan holatlar qatoriga kiritish zarurligi asoslantirilgan;
tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari faqat ular qonun talablariga asosan olingan va shaxsda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yoki tezkor tadbirda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lgandagina sud hukmida dalil sifatida tan olinishi mumkinligini qonunchilikka kiritish kerakligi asoslantirilgan;
gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi shartligini qonunchilikda belgilash lozimligi asoslangan;
shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirishga oid normalarni qonunchilikka kiritish zarurligi asoslantirilgan;
ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilishni qonunchilik bilan taqiqlash lozimligi asoslangan;
mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) so‘roq qilishni (bundan ular bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirig‘i mavjud bo‘lgan hollar mustasno) taqiqlashga oid normalarni qonunchilikda aks ettirish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jinoyat ishi bo‘yicha shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun etarli asoslar mavjud bo‘lgan holatlarda uning tegishli huquqlarini tushuntirmasdan guvoh sifatida so‘roq qilishni qonunchilik asosida taqiqlash lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni asosida tasdiqlangan Dasturning 47-bandi hamda 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son Qonunni ishlab chiqishda inobatga olingan (Prezident Administratsiyasining 2021-yil 10-fevraldagi 10-2-633-son ma’lumotnomasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi dalillarni to‘plashda qonunbuzilish holatlarini oldini olishga xizmat qilgan;
protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar shaxsdan har qanday yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olishni taqiqlashga oid norma kiritish lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustda qabul qilingan PF-6041-son Farmonining 4-bandi va 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-son Qonun 2-moddasi 12-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Prezident Administratsiyasining 2021-yil 10-fevraldagi 10-2-633-son ma’lumotnomasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
shaxsni jinoyat sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyatda uni ayblashni jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan isbot qilishda taqiqlanadigan holatlar qatoriga kiritish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-avgustdagi PF-6041-son Farmoni 4-bandining 2-xatboshisi va 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son Qonunning 2-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Prezident Administratsiyasining 2021-yil 10-fevraldagi 10-2-633-son ma’lumotnomasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi isbot qilish instituti normalaridan noto‘g‘ri foydalanishni oldini olish va odil sudlov vazifalariga erishishga xizmat qilgan;
shaxsda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari yoki tezkor tadbirda ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lgandagina tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari sud hukmida dalil sifatida tan olinishi mumkinligini qonunchilikka kiritish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6041-son 2020-yil 10-avgustdagi Farmoni 4-bandining 2-xatboshisi va O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son Qonuni 2-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Prezident Administratsiyasining 2021-yil 10-fevraldagi 10-2-633-son ma’lumotnomasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Taklifning inobatga olinishi dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jarayonida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishiga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi o‘z yurituvida bo‘lgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruxsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishini qonunchilikka kiritish haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son Qonuni 2-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi tezkor-qidiruv tadbirlari davomida dalillarni to‘plashning qonuniyligini ta’minlanishiga xizmat qilgan;
shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirishga oid normalarni qonunchilikka kiritishni nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrda qabul qilingan PQ–4551-son qarorining 3-bandi “b” kichik bandi 2-xatboshisini va O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son Qonuni 2-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (Prezident Administratsiyasining 2021-yil 10-fevraldagi 10-2-632-son ma’lumotnomasi va Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi dalillarni to‘plash va mustahkamlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish amaliyotini kengaytirishga xizmat qilgan;
ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilishni qonunchilik bilan taqiqlash zarurligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son Qonuni 2-moddasi 12-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi sud-tergov jarayonida fuqarolar huquqlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) so‘roq qilishni (bundan ular bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirig‘i mavjud bo‘lgan hollar mustasno) taqiqlashga oid normani qonunchilikda aks ettirish lozimligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-675-son Qonuni 2-moddasi 12-bandini ishlab chiqishda inobatga olingan (Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 23-fevraldagi 06/1-05/620-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi sud muhokamasi davrida dalillarni to‘plash va mustahkamlash jarayonining tashqi ta’sirlarsiz va obektiv amal qilishiga xizmat qilgan.