Bakaev Shaxriyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar faoliyatiningtashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.07. – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura. (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1066.
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Mo‘minov Bexzod Abduvaxobovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlar faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklifva tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’muriy sudlar faoliyatiga davlat organlari tomonidan turli xildagi ta’sirlarning oldini olish hamda bunday sudlarning joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan mustaqilligini to‘liq ta’minlash maqsadida tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarini tashkil qilish zarurligi asoslab berilgan;
ma’muriy sudlarning vakolatlarini kengaytirib, ularning faoliyatini “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirilishini belgilash hamda bu yo‘nalishdagi faoliyatni samarali amalga oshirish uchun uni tashkiliy jihatdan ta’minlash zarurligi asoslab berilgan;
ma’muriy sudlarning vakolatlarini kengaytirib, davlat organlari yoki ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa idoralar ma’muriy sudlarning qarorlari ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlamagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga sud jarimasini qo‘llash tartibini joriy etish hamda bu yo‘nalishdagi faoliyatni samarali amalga oshirish uchun uni tashkiliy jihatdan ta’minlash zarurati asoslantirilgan;
ma’muriy sudlar faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda uni samarali tashkil etish uchun eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmlarini joriy etish zarurati asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tuman (shahar) ma’muriy sudlarini tugatish hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlarni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi“Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirishva odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6034-son Farmonining 1-bandida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 2 martdagi 08/UM-201-21-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ma’muriy sudlar faoliyatiga davlat organlari tomonidan turli xildagi ta’sirlarning oldini olishga, bunday sudlarning joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ma’muriy sudlar faoliyatini “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirilishini belgilash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–107-son Qarorining 2-bandida hamda O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 26 apreldagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-833-son Qonunining 6-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 9 iyundagi 10-2-1551-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023 yil 2 maydagi 04/1-10/1795-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizm fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqaro va tadbirkorlarning haqiqiy himoyachisiga aylantirishga xizmat qilgan;
davlat organlari yoki ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa idoralar ma’muriy sudlarning qarorlari ijrosini ixtiyoriy ravishda ta’minlamagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga sud jarimasini qo‘llash tartibini joriy etish haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–107-son Qarorining 2-bandida hamda O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 26 apreldagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-833-son Qonunining 6-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 9 iyundagi 10-2-1551-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yil 17 oktyabrdagi 08/805-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat organlari yoki ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa idoralar faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga hamda ma’muriy sudlarning ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish jarayonidagi vakolatlarini xalqaro standartlarni inobatga olgan holda kengaytirishga xizmat qilgan;
ma’muriy sudlar faoliyatiga huquqi buzilgan fuqaro – arizachining xohishiga ko‘ra eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi
“Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturining 5-bandida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yil 17 oktyabrdagi 08/805-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi yoki tashkiloti ishtirokidagi ishlarni ko‘rish jarayonida ma’muriy sudlarning mustaqilligini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish