Yusupov Jasurbek Melsovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Plagiatga qarshi kurashning fuqarolik-huquqiy shakllari va vositalari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Yu541.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Okyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi plagiatga qarshi kurashishning fuqaroviy-huquqiy shakllarini va vositalarini takomillashtirishdan, intellektual mulk natijalarini himoya qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin etmish yil davomida amal qilishi, hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzok umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin etmish yil davomida amal qilishi, muallifning vafotidan keyin birinchi marta e’lon qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar e’lon qilinganidan keyin etmish yil davomida amal qilishi asoslantirilgan;
zararlar etkazilishi faktidan qat’iy nazar, huquqbuzarlikning xususiyatlari va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorini yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashi asoslantirilgan;
mualliflik shartnomasi – muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risida muallif yoki uning vorisi tomonidan tuziladigan shartnomasi haqidagi taklifi asoslantirilgan;
eshittiruvchi amalga oshiradigan faoliyati turiga ko‘ra o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari, mualliflik shartnomalari, shuningdek, mazkur Qoidalar asosida amalga oshirishga majburligi haqidagi hamda telekommunikatsiya tarmog‘ida taqdim etilgan axborot va intellektual mulk obekti uchun mualliflik huquqlarini buzmaslik ekanligi haqidagi taklifi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Plagiatga qarshi kurashning fuqaroviy-huquqiy shakllari va vositalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning olingan ilmiy natijalari asosida:
mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin etmish yil davomida amal qilishi, hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzok umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin etmish yil davomida amal qilishi, muallifning vafotidan keyin birinchi marta e’lon qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar e’lon qilinganidan keyin etmish yil davomida amal qilishi haqidagi taklif “Mualiflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasi, birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlariga “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muxofazasi yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil 20-avgustdagi O‘RK-709-sonli Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 15-fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mualliflarning asarlarini uzoq muddatli himoya qilishni ta’minlashga olib kelgan;
zararlar etkazilishi faktidan qat’iy nazar, huquqbuzarlikning xususiyatlari va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorini yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashi haqidagi taklif “Mualiflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 65-moddasi, birinchi qismining beshinchi xatboshisiga “Intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021-yil 20-avgustdagi O‘RK-709-sonli Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 15-fevraldagi 10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi huquqbuzarlik xususiyati va huquqbuzarning aybdorlik darajasidan kelib chiqqan xolda tovon to‘lash shaklidagi to‘lov miqdorini belglashga olib kelgan;
mualliflik shartnomasi – muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga o‘tkazish to‘g‘risida muallif yoki uning vorisi tomonidan tuziladigan shartnomasi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2020 yil 30 iyun, 10/20/3275/1194-son) bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning 3 bandida inobatga olingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 8-maydagi 34-8/3042–son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning kiritilishi boshqa talqinlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun mualliflik shartnomasi konsepsiyasini aniqlashtirishga olib kelgan;
eshittiruvchi amalga oshiradigan faoliyati turiga ko‘ra o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari, mualliflik shartnomalari, shuningdek, mazkur Qoidalar asosida amalga oshirishga majburligi haqidagi hamda telekommunikatsiya tarmog‘ida taqdim etilgan axborot va intellektual mulk obekti uchun mualliflik huquqlarini buzmaslik ekanligi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2020 yil 30 iyun, 10/20/3275/1194-son) bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning 304–bandida va 319-bandining “o” – kichik bandida inobatga olingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 8 maydagi 34-8/3042–son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amalga oshirilishi teleradiokompaniya tomonidan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladigan faoliyatga nisbatan chegara qo‘yish imkonini beradi hamda abonentlar va foydalanuvchilarni telekommunikatsiya tarmog‘ida joylashtirilgan axborot va intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mualliflik huquqlarini buzmaslik majburiyatlarini yuklashga olib keladi.