Artiqov Zaylobiddin Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda noan’anaviy mashqlar yordamidan foydalanish uslubiyati”, Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3712.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komil Dexqonovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich  biologiya fanlari doktori (DSc) professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi belbog‘li kurashchilarning noan’anaviy mashqlar yordamida texnik usullarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda sportchining antropometrik hamda usulni bajarish uchun zaruriy jismoniy sifatni uyg‘unlik darajasi bo‘yicha o‘z vazn toifasiga nisbatan past bo‘yli kurashchilar uchun belbog‘ni teskari ushlab o‘ngdan chapga qaytarib tashlash kabi model tavsifini ishlab chiqish hisobiga texnik mahoratni oshirish yo‘llari takomillashtirilgan;
belbog‘li kurashda texnik usullarni mukammal o‘zlashtirish uchun belbog‘ni teskari ushlab o‘ngdan chapga qaytarib tashlashda kurashchilar maxsus cho‘zmasini o‘ng elkadan tortib kiftlash amalini bajarish hisobiga noan’anaviy mashqlarni qo‘llash metodikasi takomillashtirigan;
belbog‘li kurashchilarning musobaqa faoliyatida qo‘llaniladigan murakkab hujum harakatlar ijrosini ta’minlovchi texnik harakatlar samaradorligi yuqori egiluvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan kichik va katta amplitudali mashqlarni kiritish hisobiga himoyadan hujumga o‘tish imkoniyati oshirilgan;
belbog‘li kurashda ikki tizza yordamida ko‘tarib o‘ng tomonga qaytarib tashlash texnik usulini  har bir fazani rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘z vazniga teng sherikni belbog‘idan ushlagan holatda tizzaga tushib bellashish noan’anaviy mashqni kiritish hisobiga o‘rgatish uslubiyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Belbog‘li kurashchilarda noan’anaviy mashqlar yordamidan texnik usullarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan  o‘tkazilgan tajribalar asosida:
belbog‘li kurash turida texnik tayyorgarligi jarayonida jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligini rivojlanishini o‘rganish tajribasi hamda mazkur ta’limdagi o‘ziga xoslik, pedagogik ta’limotning belbog‘li kurashidagi texnik tayyorgarlikda jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligi mashg‘ulotlarini olimpiya zahiralari ta’limidagi o‘rni “Sport pedagogik mahoratini oshirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-083 raqamli guvohnoma). Natijada Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kurash ixtisosligi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarining o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga “ikki tizza yordamida ko‘tarib o‘ng tomonga qaytarib tashlash” usulini bajarish samaradorligi 14-15,5% ga oshirilgan;
belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda noan’anaviy mashqlar yordamidan foydalanish uslubiyati texnik xatti harakatlarni ro‘yxatga olish va tahlil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub kurashchilarining texnik tayyorgarligini doimiy ravishda monitoring qilish va raqobatbardosh faoliyatining individual modellik hussusiyatlarini aniqlashda sport pedagogik mahoratini oshirish mashg‘ulotlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-apreldagi 04-01/04/20/3921-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tajribada ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida belbog‘li kurash ixtisosligi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarining o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga “belbog‘ni teskari ushlab o‘ngdan chapga qaytarib tashlash” usulini oʻrgatish samaradorligi 14,5-15%ga oshirishga erishilgan.
belbog‘li kurashchilarini texnik tayyorgarlik usullari va mashqlarini aniq bajara olishi, muhitning o‘ziga xos holatlarida malakali sportchining tayyorgarlik mashg‘ulotlaridagi izlanishlarni amalga oshirish shart-sharoitlarini yaratilishi, kurash turlarida texnik-taktik tayyorgarlik sohasida an’anaviy va xorijiy ta’lim tajribasidan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlarni yuqori darajadagi jismoniy ta’lim orqali tashkil qilinishi, yuqori malakali sport ko‘rsatkichlariga erishgan kurashchilarning texnik tayyorgarligi jarayonining komponentlari hamda kurashdagi texnik tayyorgarlik sohasi, ta’lim jarayonini “Sport pedagogik mahoratini oshirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘iga asosan 418-083 raqamli guvohnoma) Natijada ushbu ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda 17,21-19,03% ga, 14,11-16,10% ga va 14,5-15% gacha o‘sgan;
zamonaviy ta’lim jarayonida belbog‘li kurashchilarda texnik tayyorgarlikning sport pedagogik mahoratini oshirish mashg‘ulotlari, shuningdek, jismoniy tarbiya darslarida sport kurash turi bilan shug‘ulanuvchilarning qobiliyatlarini tayyorgarlik mashg‘ulotlarini rivojlantirish qonuniyatlari – avlodlar uzviyligi tizimida o‘zining ishtirokini anglashiga hamda belbog‘li kurashchilarda texnik tayyorgarlikning jismoniy tarbiya tayyorgarlik mashg‘ulotlari va an’analarini o‘zlashtirilishi tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-apreldagi 04-01/04/20/3921-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Belbog‘li kurash federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kurash ixtisosligi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarining o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga “ko‘krakdan oshirib tashlash” hamda “belbog‘ni teskari ushlab o‘ngdan chapga qaytarib tashlash” usullarini bajarish samaradorligi 12-13,5%ga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish