Jumaeva Dilnoza Baxshulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “O‘zbek nutqiy muloqotida antroponimlarning pragmatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2160.
Ilmiy rahbar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nutqiy muloqotida antroponimlarning pragmatik xususiyatlarining nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida antroponimlarning kontekstual qo‘llanilishi, antroponimik murojaat birliklarining ijtimoiy mansublik, kasb, lavozim, unvon, suhbatdoshlarning tanish-notanishligi, uning xarakteri, yoshi, jinsi, yashash joyi bilan bog‘liqligi ijtimoiy-pragmatik va lingvokulturologik aspektda asoslab berilgan;
murojaat ko‘rinishidagi kishi nomlari shaxslararo muloqot jarayonidagi nafaqat atash/nomlash/farqlash (nominativ va kommunikativ), balki apellyativ milliy etnografik xarakter kasb etishi, nutqiy informatsiya, tagma’no kabi xususiyatlari lingvistik dalillangan;
nutqiy akt jarayonida antroponimlar so‘zlovchining adresatga bo‘lgan munosabatining perlokutivligi illokusiyaga bog‘liqligi, har bir kishi ismi ortida pragmatik ma’no/presuppozisiya mavjudligi isbotlangan;
bolalar antroponimikasining shakllanishida atrofidagi odamlarning nutqi, bolalar submadaniyati, bolalar adabiyoti, og‘zaki xalq ijodiyoti, bolalar animatsion filmlari, shuningdek, bolaning o‘z nutqiy ijodiy faoliyatiga bog‘liq ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida nutqiy muloqot antroponimlarning pragmatik xususiyatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilida antroponimlarning kontekstual qo‘llanilishi, antroponimik murojaat birliklarining ijtimoiy mansublik, kasb, lavozim, unvon, suhbatdoshlarning tanish-notanishligi, uning xarakteri, yoshi, jinsi, yashash joyi bilan bog‘liqligi kabi xulosalardan PZ-20170927147 raqamli “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy loyihada (2017-2020 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 01/4-74-son ma’lumotnomasi). Natijada oila, qon-qarindoshchilik sohadagi murojaat-ismlar tipologiyasi ijtimoiy, lingvomadaniy, psixolingvistik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan;
murojaat ko‘rinishidagi kishi nomlari shaxslararo muloqot jarayonidagi nafaqat atash/nomlash/farqlash (nominativ va kommunikativ), balki apellyativ milliy etnografik xarakter kasb etishi, nutqiy informatsiya, tagma’no kabi xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy natija va tahlillaridan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tili korpusini yaratish” fundamental loyihasida (2020-2023 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 01/4-75-son ma’lumotnomasi). Natijada konnotativ ma’noga ega bo‘lmagan neytral hamda so‘zlovchiga murojaat qilish, jalb etish, undash munosabati kabilar zaruriy ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
nutqiy akt jarayonida antroponimlar so‘zlovchining adresatga bo‘lgan munosabatining perlokutivligi illokusiyaga bog‘liqligi, kishi ismi ortida pragmatik ma’no/presuppozisiya mavjudligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashining “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, “Ijtimoiy makonda axborotdan foydalanish madaniyati”, “Inson qadri har narsadan ulug‘”, “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashining 2023-yil 17-fevraldagi 01-08/47-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida presuppozisiyaga ishora qiluvchi antroponimlar aniqlangan;
nutqiy akt jarayonida antroponimlar so‘zlovchining adresatga bo‘lgan munosabatining perlokutivligi illokusiyaga bog‘liqligi kabi ilmiy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Islohotlar amalda”, “Kelajak yoshlari”, “Inson qadri” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-fevraldagi 01-04/38-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar antroponimikasining shakllanishida atrofidagi odamlarning nutqi, va uning nutqiy ijodiy faoliyati haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.