Tyan Natalya Viktorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “German-skif leksik izoglosslari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil82.
Ilmiy rahbar: Imyaminova Shuxratxon Salijanovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi V.I. Abaev etimologik lug‘atining birinchi jildi materiali bo‘yicha german-skif leksik izoglosslarini aniqlash orqali ularni zamonaviy nemis tilida aks ettirishni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta german-skif aloqalariga oid “Osetin tilining tarixiy-etimologik lug‘ati” materiali asosida german-osetin qad.nem egida “sixmola” – oset. asojnæ “sixmola”, nem. acht “sakkiz” – oset. ast “sakkiz”, ingl. chamber “bufalo” – oset. æmbaj “tengdosh” kabi leksik parallellarining o‘ziga xos xususiyatlari dalillangan;
german va osetin tillari leksik fondining o‘zaro tarixiy aloqalar mezoni hamda uning ikki davrga, ya’ni ko‘rib chiqilayotgan aloqa davrlarining eng qadimiysi – qadimgi evropaliklar va skiflar o‘rtasidagi (taxminan miloddan avvalgi III-II ming yilliklar) hamda keyinchalik germanlar va skiflar o‘rtasidagi aloqalar (eramizning boshi – milodiy IV asr) davrlariga bo‘linishi asoslangan;
V.I.Abaev tomonidan tavsiya etilgan ba’zi german parallellariga oid holatlar har qanday aloqa davrlari bilan aniq bog‘lanib bo‘lmasligi yoki ulardan umuman biron bir aloqaning dalil sifatida foydalanish mumkin emasligi sababli ularning osetin so‘zlariga parallell ekanligiga shubhalar mavjudligi asoslangan;
german-skif til aloqalari jarayonidagi nem. Hanf ’kanop’, occa ’sixmola’, qad.nem. fel(a)wa ’tol, tol daraxti’, qad.nem. hōla ’chov churrasi’, germ. *span – 5 ta leksik birliklar bilan bog‘liq birinchi davr hamda got. *alut, ingl. ale ’el’ – oset. ælūton ’maxsus pivo tayyorlash’, inglsaks. spīr ’boshoq, barg‘ – va oset. æfsīr ’boshoq’, qad.nem. path ’yo‘l, so‘qmoq’ – oset. fætæg ’yetakchi, sardor’ – 3 ta leksik birliklar bilan bog‘liq ikkinchi davrlar isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. German-skif leksik izoglosslari tadqiqi jarayonida olingan nazariy ishlanmalar va amaliy natijalar asosida:
birinchi marta german-skif aloqalariga oid “Osetin tilining tarixiy-etimologik lug‘ati” materiali asosida german-osetin qad.nem egida “sixmola” – oset. asojnæ “sixmola”, nem. acht “sakkiz” – oset. ast “sakkiz”, ingl. chamber “bufalo” – oset. æmbaj “tengdosh” kabi leksik parallellarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda german va osetin tillari leksik fondining o‘zaro tarixiy aloqalar mezoni hamda uning ikki davrga, ya’ni ko‘rib chiqilayotgan aloqa davrlarining eng qadimiysi – qadimgi evropaliklar va skiflar o‘rtasidagi (taxminan miloddan avvalgi III-II ming yilliklar) hamda keyinchalik germanlar va skiflar o‘rtasidagi aloqalar (eramizning boshi – milodiy IV asr) davrlariga bo‘linishiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023 yillarda bajarilgan F3-201912258- raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univesitetining 2023 yil 03 apreldagi 03/1-672-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asarlarni va maqolalarni o‘zbek tilidan xorijiy tillarga yoki xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida tarjima sifatini oshirishga erishilgan;
V.I.Abaev tomonidan tavsiya etilgan ba’zi german parallellariga oid holatlar har qanday aloqa davrlari bilan aniq bog‘lanib bo‘lmasligi yoki ulardan umuman biron bir aloqaning dalil sifatida foydalanish mumkin emasligi sababli ularning osetin so‘zlariga parallell ekanligiga shubhalar mavjudligiga xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetining ta’lim jarayonida foydalangan (Oliy ta’lim rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023 yil 29 martdagi 02/01-01-47-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur fanlarning ilmiy materialini boyitishga erishilgan;
german-skif til aloqalari jarayonidagi nem. Hanf ’kanop’, occa ’sixmola’, qad.nem. fel(a)wa ’tol, tol daraxti’, qad.nem. hōla ’chov churrasi’, germ. *span – 5 ta leksik birliklar bilan bog‘liq birinchi davr hamda got. *alut, ingl. ale ’el’ – oset. ælūton ’maxsus pivo tayyorlash’, inglsaks. spīr ’boshoq, barg‘ – va oset. æfsīr ’boshoq’, qad.nem. path ’yo‘l, so‘qmoq’ – oset. fætæg ’yetakchi, sardor’ – 3 ta leksik birliklar bilan bog‘liq ikkinchi davrlarga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanalining “Hamma uchun” va “Taqdimot” ko‘rsatuvlarining ssenariyanini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyaning 2023 yil 23 yanvardagi 06-28-122-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishining ilmiy natijalari o‘zining umumiy ilmiy va madaniy-ma’rifiy ahamiyati bilan teleko‘rsatuvlarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan.