Turahodjaeva Mohidil Obidjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili o‘simlikshunoslik leksemalarining struktur-semantik xususiyatlari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil891.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
 Rasmiy opponentlar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smlikshunoslik leksikasining struktur-semantik, derivatsion xususiyatlarini tahlil etish orqali  motivatsion-nominativ  qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida o‘simlik nomlari semantik, nominatsion-motivatsion jihatdan ilmiy o‘rganilgan va shu asosida o‘simlikshunoslik leksemalarining xalq seleksiyasidagi nominatsion xususiyatlari hamda o‘ziga xosliklari isbotlangan;
ingliz tilida o‘simlik nomlarining asosida morfem tarkibi hamda o‘simlikshunoslik qatlamining semantik belgilari, derivatsion xususiyatlari asosida asosida adektiv suffiksal morfemalarning ma’nolari, suffikslar muvofiqligi, prefiksal morfemalar tarjimasi kabi bir necha struktur modellari dalillangan;
ingliz tilida xalq seleksiyasiga oid yasama va qo‘shma o‘simlik nomlarining geografik joylashuviga ko‘ra, shakl-shamoyil xususiyatlariga ko‘ra, qo‘llanilish doirasiga ko‘ra, ranggiga ko‘ra, etilish vaqtiga ko‘ra, ta’miga ko‘ra, hajmiga ko‘ra, miqdoriga ko‘ra, hayot shakliga ko‘ra, hidiga ko‘ra kabi 13 turga oid motivatsion asoslari dalillangan;
ingliz, rus va o‘zbek tillarida  mavjud  o‘simlikshunoslik leksemalariga oid ilmiy tadqiqotlar sharhlanib, tilshunoslikda o‘simlikshunoslik leksemalarining  o‘rni va tadqiqot yo‘nalishlari asoslangan.     
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili o‘simlikshunoslik leksemalarining struktur-semantik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillarida  mavjud  o‘simlikshunoslik leksemalariga oid ilmiy tadqiqotlar sharhlanib, tilshunoslikda o‘simlikshunoslik leksemalarining  o‘rni hamda ingliz tilida o‘simlik nomlari semantik, nominatsion-motivatsion jihatdan ilmiy o‘rganilgan va shu asosida o‘simlikshunoslik leksemalarining xalq seleksiyasidagi nominatsion xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida 2021 yilda bajarilgan Uzb-Ind-2021-84-raqamli “O‘zbekiston va Hindistondagi o‘simlik genetik resurslarini boyitish va tadqiqotchilar ilmiy salohiyatini oshirish” mavzusidagi xalqaro tadqiqot doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 24 dekabrdagi 02/08-09-8591-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy loyiha doirasida dastur, qo‘llanma va ishlanmalar tayyorlashda dissertatsiyadan olingan xulosalarning samaradorligi o‘z isbotini topgan;
ingliz tilida o‘simlik nomlarining asosida morfem tarkibi hamda o‘simlikshunoslik qatlamining semantik belgilari, derivatsion xususiyatlari asosida asosida adektiv suffiksal morfemalarning ma’nolari, suffikslar muvofiqligi, prefiksal morfemalar tarjimasi kabi bir necha struktur modellariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida  2014-2015 yillarda bajarilgan  I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli loyihasi doirasida  foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2022 yil 5 apreldagi 574/30.02.01 - son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-komunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratishning ilmiy qimmati boyitilgan;
ingliz tilida xalq seleksiyasiga oid yasama va qo‘shma o‘simlik nomlarining geografik joylashuviga ko‘ra, shakl-shamoyil xususiyatlariga ko‘ra, qo‘llanilish doirasiga ko‘ra, ranggiga ko‘ra, etilish vaqtiga ko‘ra, ta’miga ko‘ra, hajmiga ko‘ra, miqdoriga ko‘ra, hayot shakliga ko‘ra, hidiga ko‘ra kabi 13 turga oid motivatsion asoslariga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» telekanali ijodkorlari tomonidan «Assalom, O‘zbekiston!» ko‘rsatuvi ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 dekabrdagi 01-14-063 - son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarni  ingliz tili o‘simlikshunoslik leksik qatlamining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan va dasturning ilmiy va amaliy hamda mazmuniy qiymati boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish