Israilova Saera Tashpulat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillari ertak duskursida “sinov” konsepti verballashuvining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil858.
Ilmiy rahbar: O‘sarov Ibrohimjon Ko‘rpashaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oʻzbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Shamsematova Barno Rixsivaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida “sinov-shart” konseptining lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ertakning janr hamda uslubiy xususiyatlari, ertak va boshqa adabiy janrlar o‘rtasidagi farq, sehrli ertaklarning xalq, kundalik, hayvonot, sarguzasht, tarixiy va adabiy kabi turlari, ularning xalqchil uslubda yaratilishi, turli stilistik vositalarga ega bo‘lishi kabi stilistik va milliy mentalitetni namoyon etishi, xalqning hayot turmush tarzini aks ettirishi kabi lingvomadaniy xususiyatlari dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida sehrli ertaklarning matni shakllantiruvchi tarkibiy qismlari, ertaklar tilida so‘z yasash va so‘z o‘yinini hosil qilish usullari, prefiks, suffiks va umumiy so‘z boyligini shakllantirishning juft, takror usullari, g‘ayrioddiy atoqli nomlar sehrli ertaklardagi obrazlarning xususiyatlarini aks ettirishi kabi leksik-semantik xususiyatlari asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillari sehrli ertaklaridagi “sinov-shart” konseptining sinovchi va sinaluvchi toifalarga asoslanishi, bunda sinaluvchi bosh qahramon, sinovchi esa salbiy yoki ijobiy obraz bo‘lishi, “sinov” manosi esa sinovchi hamda sinaluvchi shaxsning ishtirokida sinash obekti orqali amalga oshirilishi, bunda sinaluvchi qahramon g‘olib bo‘lishi va o‘z maqsadi bo‘lgan taxt, boylik yoxud sevgilisiga erishishi kabi leksik-semantik jihatlari isbotlangan;
ingliz va o‘zbek sehrli ertaklarida “sehr” konseptining sehrgar, sehrgarlik buyumlari leksik-tematik guruhlari tasnifi hamda ingliz tilidagi sehrli ertaklarda ko‘proq uy-joy sharoitini, flora va faunani bildiruvchi milliy o‘ziga xos birliklarning, o‘zbek tilidagi sehrli ertaklarda esa ko‘proq kiyim-kechakni, oziq-ovqatni bildiruvchi milliy o‘ziga xos birliklarning mavjudligi kabi lingvomadaniy xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari sehrli ertaklarida “sinov-shart” konseptlarining lingvomadaniy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ertakning janr hamda uslubiy xususiyatlari, ertak va boshqa adabiy janrlar o‘rtasidagi farq, sehrli ertaklarning xalq, kundalik, hayvonot, sarguzasht, tarixiy va adabiy kabi turlari, ularning xalqchil uslubda yaratilishi, turli stilistik vositalarga ega bo‘lishi kabi stilistik va milliy mentalitetni namoyon etishi, xalqning hayot turmush tarzini aks ettirishi kabi lingvomadaniy xususiyatlariga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan Erasmus+ dasturining Project N598340-EPP-12018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) loyhasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 04/44-2796-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnlar katalog va qo‘llanmalarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida sehrli ertaklarning matni shakllantiruvchi tarkibiy qismlari, ertaklar tilida so‘z yasash va so‘z o‘yinini hosil qilish usullari, prefiks, suffiks va umumiy so‘z boyligini shakllantirishning juft, takror usullari, g‘ayrioddiy atoqli nomlar sehrli ertaklardagi obrazlarning xususiyatlarini aks ettirishi kabi leksik-semantik xususiyatlariga oid xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2017-2019 yillarda bajarilgan PZ-201709134-sonli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tilini o‘rganish baholash sifatining shakl va tamoyillariga zamonaviy yondashuv” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 04/11-2798-son ma’lumotnomasi). Natijada taqdim etilgan materiallar chet tilini o‘rganishda intralingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sirida diskurs va stilistik vositalarni qo‘llanish usullarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishda asos bo‘lgan;
ingliz va o‘zbek tillari sehrli ertaklaridagi “sinov-shart” konseptining sinovchi va sinaluvchi toifalarga asoslanishi, bunda sinaluvchi bosh qahramon, sinovchi esa salbiy yoki ijobiy obraz bo‘lishi, “sinov” manosi esa sinovchi hamda sinaluvchi shaxsning ishtirokida sinash obekti orqali amalga oshirilishi, bunda sinaluvchi qahramon g‘olib bo‘lishi va o‘z maqsadi bo‘lgan taxt, boylik yoxud sevgilisiga erishishi kabi leksik-semantik jihatlariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda bajarilgan Erasmus+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqoralashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 18 iyundagi 1316/30-02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjamashunoslik sohalaridagi bilmini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va halqoralashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek sehrli ertaklarida “sehr” konseptining sehrgar, sehrgarlik buyumlari leksik-tematik guruhlari tasnifi hamda ingliz tilidagi sehrli ertaklarda ko‘proq uy-joy sharoitini, flora va faunani bildiruvchi milliy o‘ziga xos birliklarning, o‘zbek tilidagi sehrli ertaklarda esa ko‘proq kiyim-kechakni, oziq-ovqatni bildiruvchi milliy o‘ziga xos birliklarning mavjudligi kabi lingvomadaniy xususiyatlariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2011-2014 yillarda bajarilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 19 iyundagi 1321/30-02-01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning kommunikativ-bilim ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan katalog yaratilgan;
ingliz va o‘zbek sehrli ertaklarida “sehr” konseptining sehrgar, sehrgarlik buyumlari leksik-tematik guruhlari tasnifi hamda ingliz tilidagi sehrli ertaklarda ko‘proq uy-joy sharoitini, flora va faunani bildiruvchi milliy o‘ziga xos birliklarning, o‘zbek tilidagi sehrli ertaklarda esa ko‘proq kiyim-kechakni, oziq-ovqatni bildiruvchi milliy o‘ziga xos birliklarning mavjudligi kabi lingvomadaniy xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Assalom O‘zbekiston”, “Ijod mahsuli”, “Ibratga yo‘g‘rilgan umr” va “Qalb gavhari” ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 2021 yil 3 iyundagi 01-14-947-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom O‘zbekiston”, “Ijod mahsuli”, “Ibratga yo‘g‘rilgan umr” va “Qalb gavhari” ko‘rsatuvlari senariylarini takomillashtirishga erishilgan.