Qarshiev Jamshid Murotalievichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sun’iy intellekt tizimlari yordamida malaka oshirish ta’limi tinglovchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3371.
Ilmiy rahbar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sun’iy intellekt tizimlari orqali malaka oshirish ta’limi tinglovchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sun’iy intellekt tizimlari yordamida malaka oshirish ta’limi tinglovchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish modeli vazifaviy, rivojlantiruvchi komponent (motivatsion, kognitiv, tashkiliy faoliyat, shaxsiy)lar, tashkiliy jarayon, o‘quv-biluv jarayoni hamda natijaviy bloklarning tarkibiy qismlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish ta’limi tinglovchilari kognitiv kompetentligini sun’iy intellekt tizimlari yordamida rivojlantirishning axborot ta’lim muhiti mazmuni andragogik va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar sintezi bilan birga tarmoqli loyihalash hamda modellashtirish funksiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish ta’limi tinglovchilari kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar  mazmuniga sun’iy intellekt tizimlari (CogniFit, Knewton, Cognii, Google Assistant, Google docs) ni singdirish asosida takomillashtirilgan.
tinglovchilar kognitiv kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘qituvchilar kasbiy rivojlanishining yangi tarkibiy qismi sifatida sun’iy intellekt tizimlari didaktik imkoniyatlarini analitik tahlil etish orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sun’iy intellekt tizimlari yordamida malaka oshirish ta’limi tinglovchilari kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlariga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
tinglovchilar kognitiv kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘qituvchilar kasbiy rivojlanishining yangi tarkibiy qismi sifatida sun’iy intellekt tizimlari didaktik imkoniyatlarini analitik tahlil etish orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Uzlyuksiz kasbiy ta’lim” maxsus (https://onlinedu.uz/) elektron platformasi uzlyuksiz malaka oshirish kurslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 04-02/3-510-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini uzlyuksiz rivojlantirish samaradorligi oshgan;
sun’iy intellekt tizimlari yordamida malaka oshirish ta’limi tinglovchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish modelini vazifaviy, rivojlantiruvchi komponentlar, tashkiliy jarayon, o‘quv-biluv jarayoni hamda natijaviy bloklarning tarkibiy qismlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 28-iyundagi 193-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan informatika va axborot texnologiyalari o‘qituvchilarining malaka oshirish ta’limi jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 04-02/3-510-son  ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarining malakasini oshirish kurslari o‘quv–metodik ta’minotining ahamiyatlilik darajasini oshirishga erishilgan;
sun’iy intellekt tizimlari yordamida malaka oshirish ta’limi tinglovchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish modelini vazifaviy, rivojlantiruvchi komponent (motivatsion, kognitiv, tashkiliy faoliyat, shaxsiy)lar, tashkiliy jarayon, o‘quv-biluv jarayoni hamda natijaviy bloklarning tarkibiy qismlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid amaliy taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarni o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy tadqiqot institutining 2021-yil 19-avgustdagi 01–82–sonli buyrug‘iga binoan “Axborot jamiyatida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt” mavzusidagi malaka oshirish modulining o‘quv-metodik ta’minotini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 04-02/3-510-son  ma’lumotnomasi). Natijada, “Axborot jamiyatida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt” mavzusida tashkil etilgan malaka oshirish kursi tinglovchilarining axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt  tizimlari haqidagi kognitiv bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish ta’limi tinglovchilari kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar  mazmuniga sun’iy intellekt tizimlari (CogniFit, Knewton, Cognii, Google Assistant, Google docs) ni singdirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar  Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 236-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish va malaka oshirish ta’limi uchun “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va mediasavodxonlik” o‘quv moduli mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 04-02/3-510-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish va malaka oshirish ta’limi sifati ko‘rsatgichlarini oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish