Barotova Muxiba Orifovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekona paralingvistik vositalarning tizimiy tadqiqi”, 10.00.01 – o‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2813.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbeklar nutqiy muloqotida ishlatiluvchi noverbal vositalarning tizimiy tadqiqini amalga oshirish, jumladan, ularning qamrov doirasi va statistikasini aniqlash, ma’no xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paralingvistik vositalar nafaqat jonli muloqotning, balki shaxsning ruhiy, individual, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy va madaniy, gender xususiyatlarini o‘zida aks ettira oladigan nutq komponenti ekanligi antroposentrik yo‘nalishda dalillangan;
kinetik noverbal birliklar orasida mavjud bo‘lgan tana a’zolari nomlari asosidagi paralingvizmlarning tizimiy tahlili amalga oshirilib, u orqali bosh va bosh uzvi nomlari ishtirokidagi paralingvizmlar; “bo‘yin” leksemasi ishtirokidagi paralingvistik vositalar; tananing o‘rta qism a’zolari ishtirokidagi paralingvistik vositalar, tananing pastki qism a’zo nomlari ishtirokidagi paralingvistik vositalar, birdan ortiq a’zo nomlari asosida shakllangan paralingvizmlar statistikasi aniqlangan;
o‘zbekona paralingvistik vositalarning sistemaga solinishi asosida jonli muloqot jarayonida sof harakatni ifodalab kelishi, yashirin maqsadni anglatishi, shuningdek, ijobiy va salbiy mazmunni ifodalashga xizmat qilishi hamda bajarilishiga ko‘ra bevosita so‘zlovchi tomonidan amalga oshirilishi yoki tinglovchiga ma’lum darajada ta’sir qilinishi, teginishi natijasida yuzaga kelishi mumkinligi isbotlangan;
nasriy asarlardan keltirilgan misollarda nolisoniy interferensiya (xorijiy aksent) hodisasining yuzaga kelishi, muloqot jarayonida noverbal vositalardan: parallel qo‘llanadigan imo-ishoralar// tana va uning uzvlari harakati (kinetika)// fonatsiya// ekstralingvistika// gaptika// olfaktika aks etishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekona paralingvistik vositalarning tizimiy tadqiqi mavzusida Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
paralingvistik vositalar nafaqat jonli muloqotning, balki shaxsning ruhiy, individual, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy va madaniy, gender xususiyatlarini o‘zida aks ettira oladigan nutq komponenti ekanligini antroposentrik yo‘nalishda dalillash asosida aniqlangan xulosalardan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2019-2022-yy) foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 16- dekabrdagi 01/4-3494-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbekona paralingvistik vositalarining qayd etilgan xususiyatlari loyihaning mukammallashuviga xizmat qilgan;
kinetik noverbal birliklar orasida mavjud bo‘lgan tana a’zolari nomlari asosidagi paralingvizmlarning tizimiy tahlili amalga oshirilib, u orqali bosh va bosh uzvi nomlari ishtirokidagi paralingvizmlar; “bo‘yin” leksemasi ishtirokidagi paralingvistik vositalar; tananing o‘rta qism a’zolari ishtirokidagi paralingvistik vositalar; tananing pastki qism a’zo nomlari ishtirokidagi paralingvistik vositalar; birdan ortiq a’zo nomlari asosida shakllangan paralingvizmlar aniqlangan ilmiy xulosalardan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi fundamental loyihada (2013-2015-yy) foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 30-noyabrdagi 482/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tahlilga tortilgan paralingvistik vositalar haqidagi nazariy bilimlarning yangi ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbekona paralingvistik vositalarning sistemaga solinishi asosida jonli muloqot jarayonida sof harakatni ifodalab kelishi, yashirin maqsadni anglatishi, shuningdek, ijobiy va salbiy mazmunni ifodalashga xizmat qilishi hamda bajarilishiga ko‘ra bevosita so‘zlovchi tomonidan amalga oshirilishi yoki tinglovchiga ma’lum darajada ta’sir qilinishi, teginishi natijasida yuzaga kelishi mumkinligi isbotlangan amaliy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining 2022-yil 28-noyabrdagi 1-312-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.