Yuldasheva Dildora Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4003.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Babaniyazova Nargiza Po‘latovna, pedagogika fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish imkoniyatlari hissiy-irodaviy, motivatsion-qiymatli, kognitiv-kommunikativ, kreativ-faoliyatli komponentlar idientiv-to‘ldiruvchi jihatlariga ta’sir vositalarini faktik aniqlash hamda to‘qimachilik va engil sanoat sohasiga oid terminlar tipologiyasini lingvistik tasniflash mazmuniga proporsional moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish samaradorligi to‘qimachilik va engil sanoat sohasidagi terminlaridan foydalanish izchilligini ta’minlashga qaratilgan o‘z-o‘zini rivojlantirishni loyihalash, mustaqil kasbiy o‘sishni prognoz qilish hamda kasbga tegishli ma’lumotlarni mustaqil qidirish, shaxsiy tajribadan ta’lim manbai sifatida foydalanishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish modeli ko‘p tilli, ko‘p madaniyatli, tarmoqlararo muloqot, mijozni aniqlash, loyihalar va jarayonlarni boshqarish qobiliyatlarini prognostik aniqlash hamda yuqori noaniqlik va vazifa shartlarini tez o‘zgartirish rejimida ishlashga yo‘naltirilgan didaktik mazmunning ko‘p funksional komponentlari integrativ xususiyatlarini maqsadli yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish texnologiyalari to‘qimachilik va engil sanoat sohasidagi terminlardan foydalanish va o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan elektron axborot dasturlarni bosqichma-bosqich kiritish hamda nutq va yozma savodxonlik o‘zaro proporsional bog‘liqligini barqaror hisobga olishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish imkoniyatlari hissiy-irodaviy, motivatsion-qiymatli, kognitiv-kommunikativ, kreativ-faoliyatli komponentlar idientiv-to‘ldiruvchi jihatlariga ta’sir vositalarini faktik aniqlash hamda to‘qimachilik va engil sanoat sohasiga oid terminlar tipologiyasini lingvistik tasniflash mazmuniga proporsional moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar FZ-20160908165532- raqamli “Qoraqolpoq tilini yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabit rivojlantirish mettodikasi” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 02-07-3881/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarning kasbiy kompetensiyasining tarkibiy komponentlarini aniqlash imkoni kengaytirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish samaradorligi to‘qimachilik va engil sanoat sohasidagi terminlaridan foydalanish izchilligini ta’minlashga qaratilgan o‘z-o‘zini rivojlantirishni loyihalash, mustaqil kasbiy o‘sishni prognoz qilish hamda kasbga tegishli ma’lumotlarni mustaqil qidirish, shaxsiy tajribadan ta’lim manbai sifatida foydalanishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “561624-EPP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 02-07-3881/04-son dalolatnomasi). Natijada to‘qimachilik va engil sanoat sohasidagi terminlarni o‘qitishning tamoyillarini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish modeli ko‘p tilli, ko‘p madaniyatli, tarmoqlararo muloqot, mijozni aniqlash, loyihalar va jarayonlarni boshqarish qobiliyatlarini prognostik aniqlash hamda yuqori noaniqlik va vazifa shartlarini tez o‘zgartirish rejimida ishlashga yo‘naltirilgan didaktik mazmunning ko‘p funksional komponentlari integrativ xususiyatlarini maqsadli yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar FZ-20160908165532- raqamli “Qoraqolpoq tilini yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabit rivojlantirish mettodikasi” mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 02-07-3881/04-son dalolatnomasi). Natijada to‘qimachilik va engil sanoat terminlarni o‘qitishning interfaol modelini tamoyillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyalarini sohaviy terminlar asosida takomillashtirish texnologiyalari to‘qimachilik va engil sanoat sohasidagi terminlardan foydalanish va o‘zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan elektron axborot dasturlarni bosqichma-bosqich kiritish hamda nutq va yozma savodxonlik o‘zaro proporsional bog‘liqligini barqaror hisobga olishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “561624-EPP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” nomli xalqaro loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 15-sentyabrdagi 02-07-3881/04-son dalolatnomasi). Natijada to‘qimachilik va engil sanoat terminlarini o‘qitish samarodorlik darajasini oshirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish